Минимал конфигурацияли нейрон тўрларини синтез қилишда, синфлаш масаласида аломатлар фазосини танлаш


Download 6.81 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi6.81 Kb.
#1557681
Bog'liq
y79T2pCdmNAj6U0pvhwMxJZkilzTOFcTs6khMbTI (2)

TOSHKENT SHAHAR XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

“MUTAFAKKIR AJDODLARIMIZNING TARBIYAGA OID QARASHLARI”


Ma‘ruzachi: Toshbekova Mohira Xasanovna

REJA:

  • Abu Ali ibn Sinoning ta’limiy-axloqiy qarashlari.
  • 2. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yassaviy va Bahovuddin Naqshbandning qarashlarida jamiyatda inson tarbiyasining o‘rni.

    3. Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy va Abdulla Avloniyning qarashlarida tarbiya masalalari.

Abu Ali ibn Sino

Bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:

  • bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
  • ta’limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish;
  • o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.

Axloqiy tarbiya inson uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega

Bolaga do‘q qilma yomon, bo‘lma qo‘pol,

Uyqu qochar, qo‘rqar, axir bo‘lur battol,

Yumshoq beshik bo‘lsin o‘rni uxlaganda,

Qonong‘ulik tushib tursin misli tunday.

Uyg‘oq chog‘i yorig‘likdan ayirmagil,

Yulduz-samo ko‘rsun bola shodlanur dil.

Rang-tuslarni ko‘rsat unga turli-tuman

Kunduz kuni, etmoq ersang ko‘zni ravshan.

Gar istasang, o‘rgatmoqqa so‘zu kamol,

Erkalatib ovoz chiqar har xil muqom.


Bolaning ahloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak.

Har bir axloqiy xislatning ta’rifi:

Har bir axloqiy xislatning ta’rifi:

  • mo‘tadillik - tan uchun zaruriy oziq va xulq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;
  • sahiylik - yordamga muhtoj kishilarga ko‘maklashuvchi insoniy quvvat;
  • g‘azab - biror ishni bajarishda jasurlik;
  • kamtarlik - xudbin ishlar bilan shug‘ullanishdan to‘xtatuvchi kuch.

Muhammad al-Xorazmiy

Bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilishi haqida fikr bayon etgan:

  • sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish haqiqiy bilimning muhim tomonini namoyon etdi;
  • birinchilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi;
  • matematik g‘oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo‘lishini asosladi.

Alisher Navoiy

Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik.

“Ahloq shaxsning og‘ir baqolig‘ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir”.

“…ilm o‘rganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo‘lishini ta’minlashga hissa qo‘shishdir…”.

Yusuf Xos Hojib

Qutadg‘u bilig - baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta’lim.

Ma’rifatli kishilarni qadrlash kerak, chunki ular mash’al kabi yo‘lni yoritib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, yaxshi-yomonni farq etishni o‘rgatadi. Shuning uchun olimlarni hurmat etish kerak. Agar johillar mansab va amalga ega bo‘lsa, ular egallagan to‘rni poygak deb biladi.

Dunyoda inson bilim va zakovati tufayli orzu-tilaklarga, ulug‘likka erishishi mumkin. Lekin shunday bilim va zakovatning qadriga faqat xuddi o‘zlariga o‘xshagan donolar va zakovatlilar yetadi, johil va telbalar bunday xislatlarga ega emas.

Qutadg‘u bilig asarida…

…..insoniylik, rostgo‘ylik, to‘g‘rilik, soflik, mehr-muhabbat, vafo, shafqat, muruvvat, insof, adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirinso‘zlik, saxovat, mardlik, himmatlilik, tavoze, hurmat va ehtirom, tadbirkorlik fazilatlari ifodalanadi. Aql zakovat, halollik, ezgulik kabi xislatlar ulug‘lanadi, ularga yolg‘onchilik, noinsoflik, fisqu fasod, bevafolik, mehrsizlik, dag‘allik, qo‘pollik, baxillik, nomardlik, quvlik, hurmatsizlik, nodonlik, johillik, haromxo‘rlik, ochko‘zlik kabi xislatlarni qiyoslab, ezgu xislatlarning yaxshi oqibatlari va salbiy xususiyatlarning yomon oqibatlarini misollar vositasida ishonarli qilib bayon etadi.

Abdulla Avloniy

“Agar bir kishi yoshligidan nafsi buzilib, tarbiyasiz bo‘lib o‘sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turib yulduzlarga qo‘l uzutmak kabidur”.

“… so‘z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o‘lchab ko‘rsatadurg‘on tarozisidir. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so‘zlagan so‘zidan bilurlar…”.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


rasmiy veb-sayti
http://www.tashedu.uz
maxsus rasmiy telegram kanal
t.me/TashEdu
Download 6.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling