Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан
Ma`ruza №8. Fosforit rudalarini boyitish texnologiyasi
Download 0.68 Mb.
|
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси
Ma`ruza №8. Fosforit rudalarini boyitish texnologiyasi
Reja: Fosforit rudasi konlari Fosforit rudalarining kimyoviy va mineralogik tarkibi Fosforit rudalarini boyitish usullari 1. O`zbyokiston Respublikasi fosforit o`g’itlarini ko`p iste`mol qiladigan mamlakat hisoblanadi. Etishmovchilikni bartaraf etish yoki kamaytirish uchun fosforit xom ashyolarini qazib olishni ko`paytirishning istiqboli qazilayotgan konlardagi rudalarni qazib olish imkoniyatlarini oshirish va past navli nokonditsion rudalarni boyitish yo`li bilan ishlab chiqarishga jalb qilish bilan belgilanadi. O`zbyokiston Respublikasi Markaziy Qizilqum hududidagi Daug’istov, Jaroy, Sardara va boshqa maydonlarida donador fosforitlarning bir nechta konlari aniqlangan. Donador fosforitlarining qidirilgan zaxiralari fosfor angidridi bo`yicha (R2O5) 1,5 mlrd. t miqdorida aniqlangan. SHu joy tarkibida bo`lgan Jaroy-Sardara koni fosforit rudalari ayniqsa katta qiziqish uyg’otadi. Bu konlarni rudalarida foydali komponent R2O5 bir tyokis joylashmagan. Hozirgi vaqtda rudalari tarkibida R2O5 miqdori 17-18% dan ortiq bo`lgan uchastkalar qayta ishlanmoqda, R2O5 miqdori 17% dan kam bo`lgan uchastkalar esa o`zlashtirilmayapti, qaysiki ularning kontsentratini 25-28% gacha boyitish zarur. Bunda boyitishning oqilona texnologiyasi mavjud emas. Markaziy Qizilqum past navli fosforit rudalarini ratsional boyitish texnologiyasini yaratish, fosforli o`g’itlar ishlab chiqarishda nafaqat Respublikamiz qishloq xo`jaligi ehtiyojini, balki jahon bozorida bu mahsulotlarga bo`lgan ehtiyojni ham qondirish muammosini echish imkoniyatini beradi. Markaziy Qizilqum fosforit rudalari tarkibidagi karbonatli minerallar yuqori miqdorda bo`lishi bilan tavsiflanib, ular namunalarda 50% dan oshishi mumkin. 2. Fosforit rudalari tavsifini aniqlash uchun, ularning tarkibini kimyoviy, mineralogik, fazali va spektral tahlillar yordamida o`rganildi, ularning natijalari 11,12-jadvallarda keltirilgan va fosforitlarning difraktogrammalari va termograviogrammalari suratga olindi. Quyidagi 1 va 2 jadvallardan ko`rinib turibdiki, rudaning foydali komponenti – fosfat donalari asosan umurtqasizlarning fosfatlangan organik qoldiqlari, asosan foraminifer chig’anoqlaridan tashkil topgan. Ko`p hollarda bunday fosfat donalarining o`lchami (muhim texnologik tavsifi) 0,03-0,05mm dan 0,3mm gacha bo`ladi. Undan tashqari, o`lchami 0,01mm dan 0,1-1sm gacha bo`lgan umurtqalilarning fosfatli suyak detritlari (tishlari, umurtqalari) ham mavjud. Ikkinchi, kam tarqalgan fosfat birikmalarining ko`rinishi–o`lchami 0,7mm gacha bo`lgan oolitlar. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling