Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана


“UMUMIY PSIXODIAGNOSTIKA” kursi bo’yicha


Download 333.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana06.11.2023
Hajmi333.4 Kb.
#1750603
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7767 1041 29.Психология

“UMUMIY PSIXODIAGNOSTIKA” kursi bo’yicha: 
Psixodiagnostika tushunchasi. Psixodiagnostika fanining predmeti tuzilishi va 
vazifalari. Psixodiagnostika qo‘llaniladigan sohalar: ta’lim tibbiyot, kasbiy 
faoliyat. 
Ilmiy 
psixodiagnostikaga 
qo‘yiladigan 
metodologik 
talablar. 
Eksperimental psixologiya fanining maqsadi va vazifalari. Psixodiagnostika va 



eksperimental 
psixologiyaning 
psixologik 
tadqiqotlar 
sohasi 
sifatida 
shakllanguncha bo‘lgan davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyotidan 
lavhalar (Qadimgi Xitoy, Yunoniston, Bobil va boshqa davlatlarda kundalik hayot 
ehtiyojlari ta’sirida ilk psixodiagnostik va ekspremental tekshiruvlarning 
o‘tkazilishi, o‘rta asr faylasuf va yozuvchilari asarlarida psixodiagnostika va 
eksperimental psixologiyaga doir qarashlarning ifodalanishi), psixodiagnostikaning 
psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri (XIX asrning oxiri 
va XX asrning boshlarida Galton F., Kettell Dj., Bine A., Ebbingauz G., Goddard 
G., Gudinaf F., Gezell A., Vudvorts R., Olport G., Rorshax G. va boshqalarning 
qarashlari. XX asrning 20-30- yillarida testologiyadagi inqiroz. XX asrning 30 
yillaridan hozirga qadar psixodiagnostik bilimlarni rivojlanishi: Raven Dj., Veksler 
D., Rozensveyg S., Ayzenk G., Lyusher M., Kettell R., Kelli Dj., Rotter Dj.). 
Dastlabki 
eksperimental 
laboratoriyalarning 
ochilishi. 
Sobiq 
ittifoqda 
psixodiagnostika va ekspremental psixologaya fanining taqdiri, O‘zbekistonda 
eksperimental laboratoriyalarning ochilishi. Y.Shvansar bo‘yicha psixodiagnostik 
metodlar klassifikatsiyasi. V.K.Gayde va V.P.Zaxarov bo‘yicha psixodiagnostik 
metodlar klassifikatsiyasi. A.A.Bodalev, V.V.Stolin bo‘yicha psixodiagnostik 
metodlar 
klassifikatsiyasi. 
Psixodiagnostikaga 
nominativ 
va 
ideografik 
yondashuvlar. Diagnostikaga ob’ektiv, sub’ektiv va proektiv yondashuvlar. 
Psixologik test tushunchasi. O‘lchov predmeti, test topshiriqlarining tavsifiga, 
berilgan topshiriq shakliga, sinaluvchilar soni, topshiriqlarning bajarilish tezligiga 
ko‘ra test turlari. Psixologik testlarga qo‘yiladigan standart talablar: boshqarishga, 
stimul material, kalit va shablonlarga qo‘yiladigan talablar. Topshiriq miqdorining 
xususiyatlari. Topshiriqlarni ishlab chiqish. Pilotaj tadqiqotlar. Topshiriqlar tahlili. 
Validlik – psixodiagnostik metodikalarning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida 
validlikning asosiy turlari va ularni aniqlash usullari. Ishonchlilik – 
psixodiagnostik metodikalarning muhim psixiometrik ko‘rsatkichi sifatida. 
Psixodiagnostik metodikani va tekshiruv natijalarini standartlashtirish muammosi. 
Faktorli 
tahlil. 
Chastotalar 
taqsimlanishi, 
taqsimot 
tavsifi 
statistikasi, 
o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni grafik taqdimoti, diagramma
korrelyatsiya koeffitsenti, asosiy effektlar, o‘zaro ta’sir, statistik xulosalarni 
chiqarish metodlari, parametrik va noparamatrik mezonlar, ahamiyatlilik darajasi 
haqida 
tasavvurlarni 
hosil 
qilish. 
Natijalarni 
interpretatsiya 
qilishda 
kompyuterlardan foydalanish 
Intellekt tushunchasi va intellektual testlar. Intellektula testlarni qo‘llash 
sohasi. Intellektual testlar xarakteristikasi. Intellektual testlar klassifikatsiyasi: 
monometrik testlar va testlar batareiyasi. Intellekt psixodiagnostikasi tarixi. F. 
Galton testi. A. Bine shkalasi. G.I.Rossolimoning psixik jarayonlarni miqdoriy 
tadqiq qilish metodlari. A.A.Lyublinskayaning maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarni aqliy taraqqiyotini o‘lchash shkalasi. Zamonaviy intellektual testlar: 
D.Veksler metodikasi, MATT, R.Kettelning madaniy-mustaqil testi, G. 
Ayzenkning intellektual testi, R. Amtxauerning intellekt strukturasi testi. Shaxs va 
shaxs so‘rovnomalari tushunchasi. Shaxs so‘rovnomalari turlari, savol shakllari va 
natijalarni taqdim qilish. Shaxs so‘rovnomalarning ishonchlilik darajasi. Shaxs 
so‘rovnomalarini tahlil qilishga yondashuvlar: relevant tanlov, empirik mezonlarga 



bog‘liqlik, faktorli tahlil va shaxs nazariyalari. Shaxs so‘rovnomalari 
qo‘llaniladigan sohalar. R.Kettelning ko‘pfaktorli shaxs so‘rovnomasi (bolalar va 
kattalar varianti). G. Shmishekning so‘rovnomasi. Shaxsni tadqiq qilishning 
standartlashtirilgan ko‘pfaktorli metodi. (SMIL). Proektiv metodikalar tarixi. 
Proeksiya psixologik fenomen sifatida. Shaxs diagnostikasiga proektiv 
yondashuvning nazariy asoslari. Proektiv metodika tushunchasi. Proektiv 
metodikalar klassifikatsiyasi: assotsiativ metodlar.  
Mustaqil, 
tobe, 
idora 
qilsa 
bo‘ladigan, tasodifiy o‘zgaruvchilar, 
randomizatsiya, aralashuvchi omillar, ichki validlikka xavf soluvchi omillar: fon, 
etilish, saralash, o‘lim, testlash, statistik regressiya tushunchalari. Eksprementda 
o‘tkaziladigan mustaqil va tobe o‘zgaruvchilarni tanlash, mustaqil o‘zgaruvchini 
aniqlash, mustaqil o‘zgaruvchini tanlash, tobe o‘zgaruvchini tanlash: operatsional 
tushuncha, validlik, ishonchlilik, bevosita kuzatsa bo‘ladigan tobe o‘zgaruvchilar, 
bilvosita ta’sir o‘tkazadigan tobe o‘zgaruvchilar hamda salbiy va ijobiy 
ko‘rsatkichlar. Bitta o‘zgaruvchili eksperimentlar, faktorli loyihalar, birlashib 
ketuvchi eksperimentlar. Guruhlararo eksperimentlar: yutuqlari va kamchiliklari, 
guruh ichida o‘tkaziladigan eksperimentlar: amaliy ustunligi, statistik ustunligi, 
kamchiliklari. Kvazieksperimentlar, bir ishtirokchidan iborat eksperimentlar 

Download 333.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling