Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана


Download 333.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana06.11.2023
Hajmi333.4 Kb.
#1750603
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7767 1041 29.Психология



 
 
 
 
 



 
Annotatsiya
Dastur 
5A210201-Psixologiya 
(kasbga 
yo‘naltiruv 
psixologiyasi) 
magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5210200 - Psixologiya ta’lim 
yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar 
asosida tuzilgan. 
 
 
TUZUVChILAR: 
 
 
 
 
 
 
N.I.Xalilova – TDPU “Amaliy psixologiya” kafedrasi mudiri, ps.f.n., 
dotsent. 
S.X.Jalilova
– TDPU “Amaliy psixologiya” kafedrasi ps.f.n., dotsent. 
Dastur pedagogika va psixologiya fakultetining 2021-yil 30-iyundagi
11-sonli Kengashida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. 



Kirish 
 
5A210201-Psixologiya (kasbga yo‘naltiruv psixologiyasi) magistratura 
mutaxasisligi bo’yicha o’qishga kiruvchilar uchun test savollari pedagogika oliy 
ta’lim muassasalarining psixologiya (umumiy psixologiya) bakalavriat 
yo’nalishlarida o’qitilgan “Umumiy psixologiya”, “Taraqqiyot psixologiyasi va 
differensial psixologiya”, “Umumiy psixodiagnostika”, “Sotsial psixologiya”,
“Psixokorreksiya” kurslari mazmuni asosida tayyorlangan. 
“Umumiy psixologiya” kursi fanida kasblar va professionalizm 
mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida, malakali psixolog 
nazariyotchi va amaliyotchi va amaliyotchi sifatida, amaliyotchi psixologning 
faoliyat sohalari, amaliyotchi psixolog faoliyatining umumiy masalalari,
psixologning kasbiy o‘zini o‘zi anglashning axloqiy jihatlari, psixologiya tarixi 
faniga kirish, psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi, XVIII-XIX
asrlarda psixologiyani rivojlanishi, XX asrning ikkinchi yarmida yangi 
yo‘nalishlarni yuzaga kelishi, Umumiy psixologiya fanining predmeti, vazifalari, 
metodlari, psixologiya zamonaviy fanlar tizimida, psixika va uning evolyusiyasi, 
faoliyat, shaxs, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy irodaviy sohasi, shaxsning 
individual psixologik xususiyatlariga doir nazariy masalalar o‘rganiladi.
“Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiya” fani taraqqiyot va 
differesial psixologiyasiga kirish, taraqqiyot va differesial psixologiyasini 
shakllanish tarixi, tadqiqot metodlari, fanning asosiy kategoriyalari, rivojlanishning 
turli bosqichlaridagi shaxsning psixologik taraqqiyoti va undagi o‘zgarishlar, 
differensial psixologiya fanining dolzarb muammolari, shaxs individualligini 
asosiy tarkibiy komponentlari, xarakter, temerament, qobiliyat kabi asosiy 
masalalari o‘rganiladi.
“Umumiy psixodiagnostika” fani psixodiagnostika fanining dolzarb 
masalalari, psixodiagnostik metodikalarning mohiyati, qo‘llanilishi va testlarga 
qo‘yiladigan talablar xususida nazariy ma’lumotlar, hamda jahon olimlarining 
psixodiagnostika borasida ilgari surilgan g‘oyalari, shaxs psixologiyasi, intellekt 
psixodiagnostikasi, shaxs individual xususiyatlari, shaxsning emotsional-irodaviy
motivatsion sohalarini o‘rganishga qaratilgan psixodiagnostik metodikalarga doir 
ma’lumotlar o‘rganiladi.
“Sotsial psixologiya” fani shaxs va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarning turli qirralarini yoritishda zarur bo‘lgan nazariy-metodologik va 
uslubiy bazani hosil qilish, zamonaviy ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot 
metodlarini pedagogik va psixologik ish faoliyatida kodlay bilish, ijtimoiy 
psixologiya shug‘ullanadigan fundamental masalalar - muloqot, guruhlar 
psixologiyasi, shaxsning ijtimoiy psixologik sifatlari, uning jamiyatda 
ijtimoiylashuvi 
jarayoni, 
shaxsning 
ijtimoiy 
ustanovkalari, 
shaxslararo 
munosabatlarda namoyon bo‘ladigan holatlar, boshqaruv psixologiyasi asoslari va 
liderlik muammolari, shuningdek konfliktologiya fanining predmeti va ob’ekti, 
konflikt tushunchasining mohiyati, konfliktologiya borasidagi g‘oyalarini 



shakllanishi, konfliktologiya fanining rivojlanishi, konfliktologiya fanining asosiy 
maqsad va vazifalari kabi masalalarga doir materiallar o‘rganiladi.
“Psixokorreksiya” fani psixologik koreksiyaning asosiy masalalari, psixolog 
shaxsiga qo‘yiladigan talablar, psixolog va mijoz o‘rtasidagi munosabat o‘rtasidagi 
psixologik aloqa, psixokorreksiyaning asosiy yo‘nalishlari va metodlari xususida 
ma’lumotlar o‘rganildi.
Mutaxassisliklar bo‘yicha qilinayotgan dasturda - imtihon shakli qilib test 
kiritilishi, savollar soni 50 ta, shundan: 30 mutaxasislik bo‘yicha va 10 ta 
psixologiya va 10 ta pedagogikadan savollar bo‘ladi.

Download 333.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling