Psixodiagnostik metodikalarning psixometrik asoslari


Download 42.49 Kb.
bet1/4
Sana23.02.2023
Hajmi42.49 Kb.
#1225006
  1   2   3   4
Bog'liq
psixodiagnostik metodikalarning psix


PSIXODIAGNOSTIK METODIKALARNING PSIXOMETRIK ASOSLARI
Reja
1.Psixodiagnostik metodikalarga qo`yiladigan talablar:
a)Validlik va uning turlari;
b)Ishonchlilik psixodiagnostik metodikalarning muhim psixometrik ko`rsatkichi sifatida.
2.Standartlashtirish.
Psixodiagnostik metodikalar qo`llanilishidan oldin yuqori sifat va samaradorligini ko`rsatuvchi mezonlar asosida tekshiruvdan o`tkazilishi lozim. Psixodiagnostik metodikalarni baholashning asosiy mezonlari sifatida ishonchlilik va validlik olinishi mumkin.
Validlik – metodika yordamida olingan ma`lumotlarning metodikaning nimani aniglashga qaratilganligi, ya`ni metodika mohiyati bilan mosligi.
Ishonchlilik – psixogiagnostik metodikaning sifati bo`lib, natijalar barqarorligi va takrorlanishini ko`rsatuvchi mezon. Metodikaning ishonchliligi natijalar barqarorligi va takrorlanishini ko`rsatuvchi mezon hisoblanadi.
Mashhur amerikalik testolog olim Anna Anastazi agar bola hafta boshida intellect testi bo`yicha 110 ga teng ko`rsatkichga ega bo`lib, hafta oxirida bu ko`rsatkich 80 ga teng bo`lsa, bunday metodikaga ishonch bilan qarash mumkin emasligi haqida ta`kidlagan. Isonchli metidikalarni o`tkazish o`xshash natijani ko`rsatishi zarur. Biroz o`zgarish kuzatilishi mumkin, lekin ular unchalik ahamiyatli bo`lmasligi kerak.
L.F.Burlachuk ishonchlilikning bir necha turlarini ajratib ko`rsatadi.

  • Retest Ishonchlilik - ayni bir testni ayni bir sinaluvchilarda bir xil sharoitlarda qayta o`tkazib, ikkala tekshiruv asosida olingan natijalar o`rtasida korrelyatciya ( bog`liqlik) o`rnatish. Bunda sinaluvchilar topshiriqni yodda olib qolish mumkinligini hisobga olib, kamida biro y intervalda o`tkazish maqsadga muvofiq. 0,7 ga teng korrelyatcia koeffitcenti retest ishonchlilik uchun qoniqarli ko`rsatkich hisoblanadi.

  • Parallel shakllar ishonchliligi - metodika ekvivalentini yaratish va uni ayni bir xil sinaluvchilarda o`tkazib, olingan natijalar korrelyatcion bog`lanishlar o`rnatish.

Ishonchlilikni aniqlashning ushbu shaklini keng qo`llashga to`sqinlik qiluvchi asosiy muammo – bu ikki turdagi topshiriqlar to`plamini tayyorlash zarurligi bo`lib, ularning ekvivalentliligini isbotlash juda murakkab hisoblanadi.


  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling