Psixodiagnostik metodikalarning psixometrik asoslari


Test qismlari ishonchliligi –


Download 42.49 Kb.
bet2/4
Sana23.02.2023
Hajmi42.49 Kb.
#1225006
1   2   3   4
Bog'liq
psixodiagnostik metodikalarning psix

Test qismlari ishonchliligi – metodikani ikki qismga (odatda juft va toq topshiriqlarga ) ajratib, ushbu qismlar o`rtasidagi korrelyatciyani hisoblash orqali aniqlanadi (Pirson, Spirmen formulalari yordamida).

Ishonchlilkni tekshirish ko`p sonly (200) , reprezentativ tanlanmada
otkazilishi zarur. Ishonchlilik testing muhim xarakteristikasi, lekin alohida olinganda qimmatga ega emas. Ishonchlilik validlikka erishish uchun zarur.
Validlikning bir qator turlari farqlanadi:


Mazmuniy validlik – test bilan tadqiq qilinayotgan xarakteristikaning o`zaro mosligini ifodalaydi.
Joriy validlik – natijalar bilan parallel tarzda qo`llangan mezonlarning mosligi. (Tekshiruv o`tkazilayotgan vaqtdagi o`zlashtirish, mahsuldotlik bilan testni bajarish natijalari).
Prognostik validlik – test natijalari bilan ma`lum vaqt oralig`dan so`nggi mezonlar o`rtasidagi moslik. Bunda mezonlar sifatida masalan, maktabdagi o`zlashtirish, mehnat mahsuldorligi ko`rsatkichlari chiqishi mumkin.
Konstruktiv validlik – test bilan o rganilayotgan belgi o`rtasidagi moslik (natijalarni boshqa testlar natijalari bilan taqqoslash.
Metodikalar isonchlilil darajasi bir qator sabablarga bog`liq. Tadqiqot natijalari aniqligini pasaytiruvchi bir qator omillarni keltirib o`tish mumkin.


TADQIQOT NATIJALARI ANIQLIGINI PASAYTIRUVCHI
OMILLAR

  • Diagnoz qilinayotgan sifatning stabil, barqaror emasligi.

  • Diagnostik metodikalarning takomillashmagani(ko`rsatma xato tuzilgan,topshiriqlar xarakteri jihatidan turlichaligi, tekshiriluvchiga metodikani taqdim etish bo`yicha ko`rsatmaning noaniqligi).

  • Tadqiqot vaziyatining o`zgarishi (kunning har xil vaqtida tekshiruv o`tkazilishi,xonanig turlicha yoritilishi, begona shovqinlarning mavjudligi).

  • Eksperimentator xulq-atvor manerasining o`zgarishi, topshiriqni bajarishni turlicha stimullashtirish.

  • Tekshiriluvchi funktsinal holatidagi o`zgarishlar.

  • Natijalarni interpretachiya qilish va baholashdagi sub`ektivlik.

Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligini oshirishning yo`llaridan biri standartlashtirish , metodika o`tkazish protcedurasi va uning natijalarini baholashning yagona talablarini ishlab chiqishdir.

Download 42.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling