Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана
“UMUMIY PSIXODIAGNOSTIKA” kursi bo’yicha
Download 333.4 Kb. Pdf ko'rish
|
7767 1041 29.Психология
“UMUMIY PSIXODIAGNOSTIKA” kursi bo’yicha:
Psixodiagnostika tushunchasi. Psixodiagnostika fanining predmeti tuzilishi va vazifalari. Psixodiagnostika qo‘llaniladigan sohalar: ta’lim tibbiyot, kasbiy faoliyat. Ilmiy psixodiagnostikaga qo‘yiladigan metodologik talablar. Eksperimental psixologiya fanining maqsadi va vazifalari. Psixodiagnostika va 8 eksperimental psixologiyaning psixologik tadqiqotlar sohasi sifatida shakllanguncha bo‘lgan davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyotidan lavhalar (Qadimgi Xitoy, Yunoniston, Bobil va boshqa davlatlarda kundalik hayot ehtiyojlari ta’sirida ilk psixodiagnostik va ekspremental tekshiruvlarning o‘tkazilishi, o‘rta asr faylasuf va yozuvchilari asarlarida psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaga doir qarashlarning ifodalanishi), psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri (XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Galton F., Kettell Dj., Bine A., Ebbingauz G., Goddard G., Gudinaf F., Gezell A., Vudvorts R., Olport G., Rorshax G. va boshqalarning qarashlari. XX asrning 20-30- yillarida testologiyadagi inqiroz. XX asrning 30 yillaridan hozirga qadar psixodiagnostik bilimlarni rivojlanishi: Raven Dj., Veksler D., Rozensveyg S., Ayzenk G., Lyusher M., Kettell R., Kelli Dj., Rotter Dj.). Dastlabki eksperimental laboratoriyalarning ochilishi. Sobiq ittifoqda psixodiagnostika va ekspremental psixologaya fanining taqdiri, O‘zbekistonda eksperimental laboratoriyalarning ochilishi. Y.Shvansar bo‘yicha psixodiagnostik metodlar klassifikatsiyasi. V.K.Gayde va V.P.Zaxarov bo‘yicha psixodiagnostik metodlar klassifikatsiyasi. A.A.Bodalev, V.V.Stolin bo‘yicha psixodiagnostik metodlar klassifikatsiyasi. Psixodiagnostikaga nominativ va ideografik yondashuvlar. Diagnostikaga ob’ektiv, sub’ektiv va proektiv yondashuvlar. Psixologik test tushunchasi. O‘lchov predmeti, test topshiriqlarining tavsifiga, berilgan topshiriq shakliga, sinaluvchilar soni, topshiriqlarning bajarilish tezligiga ko‘ra test turlari. Psixologik testlarga qo‘yiladigan standart talablar: boshqarishga, stimul material, kalit va shablonlarga qo‘yiladigan talablar. Topshiriq miqdorining xususiyatlari. Topshiriqlarni ishlab chiqish. Pilotaj tadqiqotlar. Topshiriqlar tahlili. Validlik – psixodiagnostik metodikalarning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida validlikning asosiy turlari va ularni aniqlash usullari. Ishonchlilik – psixodiagnostik metodikalarning muhim psixiometrik ko‘rsatkichi sifatida. Psixodiagnostik metodikani va tekshiruv natijalarini standartlashtirish muammosi. Faktorli tahlil. Chastotalar taqsimlanishi, taqsimot tavsifi statistikasi, o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni grafik taqdimoti, diagramma, korrelyatsiya koeffitsenti, asosiy effektlar, o‘zaro ta’sir, statistik xulosalarni chiqarish metodlari, parametrik va noparamatrik mezonlar, ahamiyatlilik darajasi haqida tasavvurlarni hosil qilish. Natijalarni interpretatsiya qilishda kompyuterlardan foydalanish Intellekt tushunchasi va intellektual testlar. Intellektula testlarni qo‘llash sohasi. Intellektual testlar xarakteristikasi. Intellektual testlar klassifikatsiyasi: monometrik testlar va testlar batareiyasi. Intellekt psixodiagnostikasi tarixi. F. Galton testi. A. Bine shkalasi. G.I.Rossolimoning psixik jarayonlarni miqdoriy tadqiq qilish metodlari. A.A.Lyublinskayaning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy taraqqiyotini o‘lchash shkalasi. Zamonaviy intellektual testlar: D.Veksler metodikasi, MATT, R.Kettelning madaniy-mustaqil testi, G. Ayzenkning intellektual testi, R. Amtxauerning intellekt strukturasi testi. Shaxs va shaxs so‘rovnomalari tushunchasi. Shaxs so‘rovnomalari turlari, savol shakllari va natijalarni taqdim qilish. Shaxs so‘rovnomalarning ishonchlilik darajasi. Shaxs so‘rovnomalarini tahlil qilishga yondashuvlar: relevant tanlov, empirik mezonlarga 9 bog‘liqlik, faktorli tahlil va shaxs nazariyalari. Shaxs so‘rovnomalari qo‘llaniladigan sohalar. R.Kettelning ko‘pfaktorli shaxs so‘rovnomasi (bolalar va kattalar varianti). G. Shmishekning so‘rovnomasi. Shaxsni tadqiq qilishning standartlashtirilgan ko‘pfaktorli metodi. (SMIL). Proektiv metodikalar tarixi. Proeksiya psixologik fenomen sifatida. Shaxs diagnostikasiga proektiv yondashuvning nazariy asoslari. Proektiv metodika tushunchasi. Proektiv metodikalar klassifikatsiyasi: assotsiativ metodlar. Mustaqil, tobe, idora qilsa bo‘ladigan, tasodifiy o‘zgaruvchilar, randomizatsiya, aralashuvchi omillar, ichki validlikka xavf soluvchi omillar: fon, etilish, saralash, o‘lim, testlash, statistik regressiya tushunchalari. Eksprementda o‘tkaziladigan mustaqil va tobe o‘zgaruvchilarni tanlash, mustaqil o‘zgaruvchini aniqlash, mustaqil o‘zgaruvchini tanlash, tobe o‘zgaruvchini tanlash: operatsional tushuncha, validlik, ishonchlilik, bevosita kuzatsa bo‘ladigan tobe o‘zgaruvchilar, bilvosita ta’sir o‘tkazadigan tobe o‘zgaruvchilar hamda salbiy va ijobiy ko‘rsatkichlar. Bitta o‘zgaruvchili eksperimentlar, faktorli loyihalar, birlashib ketuvchi eksperimentlar. Guruhlararo eksperimentlar: yutuqlari va kamchiliklari, guruh ichida o‘tkaziladigan eksperimentlar: amaliy ustunligi, statistik ustunligi, kamchiliklari. Kvazieksperimentlar, bir ishtirokchidan iborat eksperimentlar Download 333.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling