1. Berilgan savollarni va javob variantlarini tez ko‘z yugurtirib o‘qib chiqing.
2. Qismga berilgan ko‘rsatma va savollarga qarab dialog mazmunini oldindan taxmin qilishga harakat qiling.
Birinchi marta eshitish davomida:
1. Esda tuting: gaplar dialog yoki monologda ma’lumot yangrashi tartibida berilgan.
2. Bir savolning javobini eshitib bo‘lishingiz bilanoq keyingi savolga diqqatingizni
jamlang.
3. Yodda tuting: dialog yoki monologda yangragan so‘zlarni o‘z ichiga olgan variant har doim ham to‘g‘ri javob bo‘lavermaydi. Dialog yoki monologda berilgan ma’lumot to‘g‘ri javobda odatda perefraza qilingan (boshqa so‘zlar bilan berilgan) bo‘ladi.
Ikkinchi marta eshitish davomida:Javoblaringizni tekshirib oling.
Namuna
Dialogda eshitamiz:
Carol: Hello, my name’s Carol Dickinson and I’m the Director here at the Liskeard Adult Education Centre. It’s lovely to see so many of you here this evening, and I’m hoping to give you as much information as I can about we do here.
Q12. Carol wants to …
A) work out the new timetable.
B) make a list of courses.
C) talk about the Centre. = to give you ... information ... about we do here.
“O‘QISH” BO‘LIMI
5 qism / 30 savol / 75 daqiqa
Bo‘limni bajarish bo‘yicha umumiy tavsiyalar:
- Berilgan ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘qing.
- Matn va savollar turiga qarab, matn bilan ishlash texnikalarini (ko‘z yugurtirib oqish va konkret ma’lumotni qidirib o‘qish) ishlating. Ular Sizga vaqtdan unumli foydalanishga yordam beradi. Esda tuting: savollarga javob berish uchun butun matnni mayda detallarigacha tushunish shart emas. Faqat ayrim o‘rinlardagina matndagi ba’zi gaplarni to‘liq tushunish lozim bo‘lishi mumkin.
- Kalit so‘zlarning tagiga chizishga harakat qiling.
- Matnda har bir so‘zni tushunishga harakat qilmang. So‘ralayotgan ma’lumotga
diqqatingizni jamlang. Notanish so‘zlarning ma’nosini, agar ular savolga javob berish uchun muhim bo‘lsa, kontekstdan topishga harakat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |