Mintaqaviy iqisodiyot 2-kurs talabasi ortig’aliyeva farangiz


Download 15.2 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi15.2 Kb.
#194807
Bog'liq
investitsiya oraliq farangiz(1)


MINTAQAVIY IQISODIYOT 2-KURS TALABASI ORTIG’ALIYEVA FARANGIZ

18-VARIANT

1.Moliyalashtirish manbalari bo’yicha investitsiya turlari.

2.O’zbekistonda investitsiyalar jalb qilishning hududiy jihatlari.

1.Investitsiya milliy iqtisodiyotda nisbatan yangi termin hisoblanadi. Investitsiya (lotincha investio-o’rash) –iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o’z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga , ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga,innovatsiya , tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli capital qo’yishdir. An’anavi tarzda investitsiya deganda kelgusida ko’zda tutilgan daromadlarni olish maqsadida hozirda aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish tushuniladi.

Moliyalashtirish manbalari bo’yicha investitsiya turlari 2 ga bo’linadi;



  1. Markazlashgan

  2. Markazlashmagan

Ularning tavsiflanishi;

Markazlashgan investitsiyalarga;

-budjet mablag’lari- budjetga kelib tushadigan va budjetdagi mablag’lar

-suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg’armasi

-jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi

-tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi

-O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar ga ajratiladi.

Markazlashmagan investitsiyalarga;

-korxona mablag’lari

-aholi mablag’lari

-to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar

-tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag’lari

2.O’zbekistonda investitsiyalar jalb qilishning hududiy jihatlari.

Hudud iqtisodiyotida investitsion faollikni oshirishda va jalb qilish da quyidagi tadbirlar yordam beradi: viloyatga va shaharga xorijiy investitsiyalarning oqib kelishini rag’batlantirish asosida ularni yangi loyihalarga jalb etish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yo’naltirish sohasida qo’shma korxonalar tashkil qilish; O’zbekiston iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning barcha shakllarini faol jalb qilishda mamlakatning hududiy va tarmoq tizimini takomillashtirish nuqtai nazardan investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillarni muvofiqlashtirgan holda qulay investitsiya muhitini yaratish; chet el investitsiyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tovar eksport qilishni ko’paytiruvchi korxonalar uchun imtiyozlarni yanada kengaytirish; investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish texnologiyalarini, global bilimlarni olish, soliqlarni tartibga solish rolini takomillashtirish.



Asossiy kapitalga o’zlashtirilganinvestitsiyalarda mintaqalarning ulushi




Mintaqalar

2000-yil ulushi

2019-yil ulushi

1

Toshkent sh

24.5

21.7

2

Qashqadaryo

16.7

12.5

3

Toshkent v

8.1

10.4

4

Farg’ona

7.0

4.4

5

Navoiy

6.2

9.0

6

Samarqand

5.7

5.2

7

Namangan

5.6

6.2

8

Andijon

4.9

3.8

9

Qoraqalpog’iston

4.8

4.5

10

Buxoro

4.2

5.3

11

Surxondaryo

3.7

6.0

12

Xorazm

3.5

2.6

13

Jizzax

2.3

4.0

14

Sirdaryo

2.3

3.0

Jadvaldan ko’rinib turibdiki 2000-yilda Toshkent shahri, Qashqadaryo, Toshkent viloyati va Farg’onaning ulushi respublikaning yuqori darajasiga to’g’ri kelmoqda . 2019-yilda esa Farg’ona viloyatining ulushi pasayib Navoiy viloyatining ulushi ortmoqda.Qoraqalpog’iston, Samarqand Buxoro viloyatlarinig ulushi o’rta darajalarga to’g’ri kelmoqda.Andijon viloyatining ulushi o’rta darajadan past darajaga tushmoqa, Surxondaryo viloyati esa quyi darajadan o’rta darajaga chiqmoqda, qolgan Xorazm Jizzax Sirdaryo viloyatlari esa hali hamon respublikadagi ulushi pastligicha qolmoqda
Download 15.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling