Sirtqi ta'lim O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-kurs talabasi nurmatova farangiz operatsion sistemasning boshqa turlari. Android operatsion tizimi
Download 0.55 Mb.
|
Sonli texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi.
- Linux operatsion (amaliy) tizimi.
- UNIX operatsion (amaliy) tizimi.
- UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi.
- Windows operatsion (amaliy) tizimi.
- Android mobil operatsion tizimi.
Sirtqi ta'lim O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-kurs talabasi NURMATOVA FARANGIZOperatsion sistemasning boshqa turlari. Android operatsion tizimi.Operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar - MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi.Microsoft kompaniyasi tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM - uyg‘un kompyuterlar uchun standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi bo‘lib, u ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarni qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi.Linux operatsion (amaliy) tizimi.O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo‘llanadi.UNIX operatsion (amaliy) tizimi.Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim. Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini/ bajaruvchi modul joylashtirilgan.UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi.UNIXWare tizimi birinchi navbatda NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda ishlaydi. UNIXWare ko‘pmasalali, ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.Windows operatsion (amaliy) tizimi.Microsoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali ishlash imkoni ega bo‘ladi. Dunyoda 90% ga yaqin kompyuterlar Windowsoperatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.Android mobil operatsion tizimi.Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.Android ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008-yilning 23-sentabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni (T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish etilgan) boʻldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android OT ostida moslamalar chiqarish soʻrovlari paydo boʻldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3-versiyasi (Honeycomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham Android yoqib qoldi. Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda oʻzining „Google Nexus“ qurilmalarini Android OT ostida chiqara boshladi. Aynan shu qurilmalar birinchi boʻlib yangi versiyalarda chiqdi.Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling