Mintaqaviy turizm resurslari, mohiyati, ahamiyati


Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatdan baholash


Download 46.43 Kb.
bet10/11
Sana05.05.2023
Hajmi46.43 Kb.
#1426753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
abbos

Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatdan baholash
Turistik – rekreatsiya resurslarini mutaxasislar asosan miqdor va sifat jihatdan baholashni taklif etishgan. Miqdor jihatdan baholashda turistik faoliyatda foydalanish mumkin bo‘lgan turistik resurslar hisobi olinadi hamda baholashda qo‘yidagi hislatlar hisobga olinadi:

  1. Zahira ko‘rsatgichi, ya’ni hududiy rekreatsion tizimning qabul qilish potensiali;

  2. Mavjud resurslarni maydon ko‘rsatgichi, ulardan rekreatsiya maqsadida foydalanish imkoniyati;

  3. Rekreatsiya resurslaridan mavsum sifatida foydalanishning davomiyligi.

Bu bahoni Samarqand viloyati misolida ko‘radigan bo‘lsak, birinchi navbatda viloyatning turistik obektlarini o‘rganishimiz lozim. Quyida Samarqand viloyatning turistik obektlari 3-jadval asosida ko‘rsatilgan.
Jadval 3.
Samarqand viloyatining turistik obektlari



Tumanlar

Turistik obektlar nomi

Samarqand shahri

Ulug‘bek abservatoriyasi, Xo‘ja Doniyor payg‘ambar ziyoratgohi, Ishratxona, Qadimiy Siyob arig‘i, Afrosiyob arxeologik muzeyi va harobalari, Xazrati Xizir masjidi, Shohi – Zinda majmuasi, Bibixonim ansambli, Siyob bozori, Registon ansambli, Al-Motrudiy maqbarasi, Ruhobod maqbarasi, Amir Temur maqbarasi, shahar bosh jome masjidi, O‘lkashunoslik muzeyi, Samarqand bosh tarixiy muzeyi,.
Universitet xiyobonidagi qadimiy chinorlar va boshqa daraxtlar, Alisher Navoiy muzeyi, SamDU arxeologik, zoologik muzeylari, shahar istirohat bog‘lari, shifobaxsh chashma buloqlar, qadimiy mahallalar.

Samarqand tumani

Xo‘ja Ahrori Vali Ziyoratgohi, Mironqul, Sazag‘on, Ohalik Dam Olish Maskanlari, Ohalik tog‘i soyliklaridagi xushmanzara dam olish maskanlari, milliy an’analar, yog‘och o‘ymakorligi, metallga ishlov berish, milliy urf odatlar.

Urgut tumani

Chor chinor, chinorlar va buloqlar, G‘ovsul A’zam ziyoratgohi, Xo‘jabtol ota, Miqqilloq tosh, Teshiktosh, Qaynar, Shirvog‘ota ziyoratgoh va dam olish maskanlari, «Toshqo‘y» tabiiy haykali, Bug‘jamatosh, Toshkelinchak, Go‘rimor tabiiy tosh shakllari, Lev, Qaynarbuloq, Rohatbuloq buloqlari, Omonqo‘ton dam olish maskanlari, Eski davon yo‘llari, taxti Qorachabegim saroyi harobolari va b.

Bulung‘ur tumani

Qadimiy Tuyatortar kanali, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li uy muzeyi, xalq etnografik folklor ansambllari, mahalliy hunarmandchilik va b.

Jomboy tumani

Xolvoyi qishlog‘idagi qadimiy chinorlar, Zarafshon daryosi va uning Oqdaryo va Qoradaryoga ajralishi, Zarafshon qo‘riqxonasi, xalq milliy an’analari va urf-odatlari.

Ishtixon tumani

Qoradaryo sohillari, shayxlar qo‘rg‘oni xalq milliy san’ati, milliy an’analar, urf-odatlar va b.

Kattaqo‘rg‘on tumani

Kattaqo‘rg‘on suv ombori, Andoqiy ziyoratgohi va bulog‘i, «cho‘kkan tuya» shaklidagi tabiiy yodgorliklar va milliy an’analar.

Narpay tumani

Qo‘chqorli ota ziyoratgohi, Qo‘tirbuloq dam olish maskani, shifobaxsh bulog‘i va avliyo baliqlari, Qo‘shtepa ikkita tabiiy tosh tepalik va milliy an’analar.

Nurobod tumani

Xazrati Dovud ziyoratgohi va g‘ori, Tim qishlog‘idagi qadimiy archalar, Qarnobcho‘l ekolandshaftlari, xalq hunarmandchiligi, jumladan jun yigirish, gilam to‘qish, ko‘pkari o‘yinlari, milliy kurash, qadimiy sardobalar va b.

Oqdaryo tumani

Mahdumi A’zam Dahbediy ziyoratgohi, Oqdaryo daryosi sohillari dam olish maskanlari, Miyonqol oroli ekolandshafti, xalq milliy an’analari.

Payariq tumani

Imom Buxoriy masjid majmuasi va ziyoratgohi, Navro‘ztepa, G‘ilmonsoytepa, Oqtepa tabiiy tepaliklari, xalq milliy an’analari va b.

Pastdarg‘om tumani

Qadimiy Darg‘om kanali dam olish maskanlari, milliy an’analar, milliy kurash, ko‘pkari o‘yinlari va b.

Paxtachi tumani

Dobussiya qal’a harobalari, Zarafshon daryosi sohillari dam olish maskanlari, qadimiy sardobalar.

Tayloq tumani

Tayloq ota qo‘rg‘oni ziyoratgohi, jome masjidi, istirohat bog‘i, Bandikushon ziyoratgohi va b.

Qo‘shrabod tumani

Tog‘ oldi dam olish maskanlari, Qaynar avliyo bulog‘i, milliy an’analar, urf-odatlari, mlliy dostonchilik, baxshichilik, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li dostonchilik maktabi va b.

Manba: Soliyev A.S., Usmonov M.R. Turizm geografiyasi. Samarqand: SamDU, – 2005.
Jadvaldan ko‘rish mumkinki, qanchalik hudud turistik obektlarga boy hisoblansa, turistik mahsulotlar turini ko‘paytirish imkoniyati yaraladi. Har bir hudud ma’lum tur turistik resurslarga ega bo‘ladi. Qaysidir hudud tarixiy obidalarga boy hisoblansa, ayrimlari tabiiy turistik obektlarga boy hisoblanadi. Turistik faoliyatda barcha turistik resurslardan bir zaylda foydalanib bo‘lmaydi, chunki obektlarning joylashishidagi qo‘layligi, jozibadorligi turlicha. Shuning uchun turistik resurslarni sifat jihatdan baholash muhim sanaladi. Sifat jihatdan baholashda qo‘yidagi belgilar e’tiborga olinadi: ta’sirchanligi, ulug‘vorligi, joylashuvidagi qulaylik, atrof-muhit holati, tabiiy rekreatsiya resurslarining o‘ziga jalb qilish qobiliyati va boshqalar.
Turistik – rekreatsiya resurslarini mamlakat milliy boyligi sifatida baholash lozim. Yuqoridagi jadvaldan foydalanib, Samarqand viloyati tumanlarini turistik resurslarini sifat jihatdan baholash mumkin.
Agarda shartli ravishda besh balli tizimda baholasak, tabiiy turistik resurslari imkoniyati bo‘yicha Samarqand shahri, Samarqand tumani, Urgut tumani - 5 ballga, Nurobod va Qo‘shrabod tumani - 4 ballga, Pastdarg‘om, Paxtachi va Tayloq tumanlari – 2 ballga teng. Tarixiy obidalar va diniy qadamjoli obektlarga ega hududlar imkoniyati bo‘yicha, Samarqand shahri va tumani – 5 ballga, Payariq va Urgut tumani – 4 ballga, Bulung‘ur va Qo‘shrabod tumanlari – 1 ballga baholash mumkin. Milliy etnografik va madaniy obidalar resurslari bo‘yicha Samarqand shahri va Kattaqo‘rg‘on tumanlari – 5 ballga, Nurobod, Oqdaryo va Urgut tumanlari – 4 ballga, qolgan tumanlarni - 3 ballga baholash mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, Samarqand shahri va tumani, Urgut va Payariq tumanlari turistik resurslarga boy hisoblansa, ayrim tumanlarning turistik resurs imkoniyati kam. Shu jihatdan tumanlarning turistik resurslari potensialini uch kategoriya (yuqori, o‘rtacha, past) asosida baholash ham mumkin. Bu yerda, Samarqand shahri va tumani, Urgut va Payariq tumanlari yuqori kategoriyaga, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Oqdaryo tumanlari o‘rtacha kategoriyaga, qolgan tumanlarni past kategoriyaga kiritish mumkin.
Tabiat komplekslarida tabiiy resurslardan foydalanishda ruxsat berilgan antropogen yukning normalarini hisobga olish lozim. Bu normalarni shakllantirishda biologik va ruhiy jihatdan yondashish lozim. Misol uchun 1ga maydonda nisbatan biologik tuzilishga zarar yetkazmaydigan darajadagi odamlar sonini belgilash mumkin. Dam olish va turizm faoliyatida tabiiy turistik resurslarni sifatini aniqlashdan tashqari, antropogen (madaniy) landshaftlar samaradorligini ham aniqlash lozim.
Tabiiy resurslarni baholashni bir qancha turlari mavjud. Bular: texnologik – rekreatsiya faoliyatining u yoki bu turiga resurslarning funksional yaroqliligi, fiziologik – shinam, qo‘laylik darajasiga ko‘ra, psixologik – estetik xususiyatiga ko‘ra baholanadi. Bu baholashga misol tariqasida qo‘yidagi 4– jadvalni ko‘rsatish mumkin.
Jadval 4.

Download 46.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling