Mintaqaviy turizm resurslari, mohiyati, ahamiyati


Turistik resurslarni baholashni turizmdagi ahamiyati


Download 46.43 Kb.
bet9/11
Sana05.05.2023
Hajmi46.43 Kb.
#1426753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
abbos

Turistik resurslarni baholashni turizmdagi ahamiyati
Turistik resurslar turli tabiiy, madaniy – tarixiy, hamda ijtimoiy – iqtisodiy obektlar ko‘rinishida bo‘lib, turistik xizmatlar ko‘rsatishga asos bo‘la oladigan resurslarga aytiladi. Undan tashqari, turistik resurslar turistik mahsulotlar yaratishga asos bo‘ladigan tabiiy hamda, insonlar tomonidan yaratilgan obektlar majmuasidan iborat.
V.S.Bogolyubov va V.P.Orlovskayalar (Yekonomika turizma. M.2005,151b.) turistik resurslarda alohida ajralib turuvchi qo‘yidagi asosiy belgilarni ajratishgan:

  • Qo‘laylik (jozibadorlik);

  • Iqlimiy sharoit;

  • O‘rganganlik darajasi;

  • Sayyohlik ahamiyati;

  • Manzara va ekologik xususiyatlari;

  • Ijtimoiy – demografik xususiyatlari;

  • Potensial zahirasi;

  • Foydalanish imkoniyati va boshqalar.

Turistik resurslardan sog‘lomlashtirish, turistik, sport va tanishuv maqsadida foydalaniladi. Undan tashqari turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin: tabiiy va infrastrukturali. Turistik biznesni rivojlanishida yuqoridagi ikki guruhni ham ahamiyati yuqori. Har qanday yuqori turistik resurs potensialidan, kommunikasiya, aloqa vositalari, xizmat ko‘rsatish sohalarisiz foydalanib bo‘lmaydi.
Har bir hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm faoliyatida foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo‘ladi. Bu resurslarni turizmni tashkil etish asosi desak bo‘ladi. Lekin, har bir hududning resurs salohiyati resurslarning miqdor va sifat jihatiga ko‘ra farq qiladi. Shu sababli turistik resurslarni har jihatdan o‘rganish, baholash, umuman olganda turizm faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini tahlil etish ma’lum mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbolini belgilaydi. Shu sababdan mavjud turistik resurslardan turizm faoliyatida foydalanishda ularni har jihatdan baholash o‘ta muhimdir. Turistik resurslarni baholash bo‘yicha ham turli yondoshuvlar mavjud. Turistik resurslarning iqtisodiy bahosi bevosita resurs turiga, uning sifatiga, joylashuviga, foydalanish texnologiyasiga hamda atrof – muhit holatiga bog‘liq. Bunda ularni baholash asosiy o‘rinni egallaydi. Baholash orqaligina ulardan foydalanish, muhofaza qilish me’yorini o‘rnatish mumkin.

Download 46.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling