Mintaqaviy turizm resurslari, mohiyati, ahamiyati
Download 46.43 Kb.
|
abbos
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rekreatsiya sifatida foydalanish turiga ko‘ra
- Resurslarning tugashi darajasiga ko‘ra
- O‘zi qayta tiklanishi va o‘sishi imkoniyatiga ko‘ra
Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o‘rinni rekreatsiya resurslari egallaydi, ular mamlakat aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda noyob tabiat yodgorliklari asosiy turistik obektlar hisoblanadi. Noyob tabiat yodgorliklari, bu – muhofaza qilinadigan obekt turlaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda tabiiy obektlarni muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg‘ol qilinadigan qo‘riqxonalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Shuning uchun kichikroq maydonlardagi tabiiy obektlar «tabiat yodgorliklari» deb e’lon qilinadi va muhofaza ostiga olinadi. «Tabiat yodgorliklari» terminini dastlab A.Gumbolt taklif qilgan. O‘tgan asrimizning boshlaridayoq Yevropada tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish boshlangan edi. Tabiat yodgorliklari tabiatning o‘zgarishi va unda sodir bo‘layotgan jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Tabiat yodgorliklari ilmiy – tarixiy va madaniy – estetik ahamiyatga ega. Umumiy harakteriga ko‘ra, tabiat yodgorliklari geologik – geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo‘linadi. Geologik – geomorfologik yodgorliklarga nodir geologik tog‘ jinslari, karst voronkalari, relef shakllari, g‘orlar, issiq suvli mineral buloqlar kiradi. Mamlakatimizdagi Kilsi (Qirqtog‘da), Qorlug‘ (Ko‘hitang tog‘ida), Hazratidovut (Zirabuloq tog‘ida), Amir Temur g‘orlari, Zarafshon tizmasidagi karstlarni misol keltirish mumkin. Botanik yodgorliklarga yuz yillik daraxtlar, yo‘qolib ketayotgan relikt o‘simliklar kiradi. Bu yodgorliklarga Surxondaryo viloyatidagi, Urgut tumanidagi ming yillik chinorlarni kiritish mumkin. Download 46.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling