Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishda xalqaro tajribadan foydalanish
Download 43.19 Kb.
|
Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishda xalqaro tajribadan
Germaniya
1990 yil Germaniyada ichki va xalqaro turistlar tomonidan o‘tkazilgan turistik kunlar taxminan 255 mln. ni tashkil qilar edi (Ushbu ma’lumotlar g‘arbiy Germaniyaga oid). Chet mamlakatlarga sayohat qiluvchilar soni oshganligi sababli ichki turizmning o‘sishi keyingi paytlarda susaydi. Germaniyaliklar otel yoki boshqa mehmonxona tipidagi binolarda to‘xtashni xush ko‘radilar. Shu paytgacha o‘z-o‘zini boshqaruv sektorida joylashish ham o‘z mavqeiga ega edi. Ularning ko‘p qismi Bovariyada joylashgan. 1990 yillarda Sharqiy Germaniyada Xalqaro turizm sohasining dunyo standartlariga yaxshi javob bera olmasligi aniqlandi. Shu sababli u yerlarda turizm yaxshi rivojlana olmadi. g‘arbiy Germaniya bilan birlashuviga qadar esa ko‘p mamlakatlardan turistlar qa. 1990 yilda turistlar bu yerlarga turli maqsadlar bilan kelar edi. Dam oluvchilar qismi katta emas, bu esa (sayohatning qimmatga tushishi) milliy valyuta – marka kursining balandligi va turmush tarzining yuqoriligidan dalolatdir. Mamlakat hududida NATO qo‘shinlari joylashganligi sababli qarindosh va do‘stlarning qatnovi ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ayniqsa, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveytsariya va Yaponiya kabi mamlakatlardan ish yuzasi bo‘yicha qatnovchilar ko‘p edi. Bunga Gannover, Gamburg, Dyusseldorf, Shtutgart, Myunxen va boshqa shaharlarda o‘tkaziladigan ko‘plab xalqaro savdo ko‘rgazmalari va konferensiyalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Germaniya Alp, Fransiya va O‘rta Yer dengizi yo‘nalishlarida strategik chorraha hisoblanadi. Shu sababli mamlakatda juda ko‘p tranzit sayohatchilar bo‘ladi. Ularning ayrimlari bu mamlakatda tunash uchun ham qolmaydi. Germaniyaga Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan, qo‘shni Polsha mamlakatlaridan bir kunlik mehmonlar ko‘plab tashrif buyuradi. g‘arbiy Germaniyaning chetga chiqish turizmi o‘sib bormoqda (ta’tilini chet mamlakatlarda o‘tkazayotgan germaniyaliklar soni yildan-yilga o‘sib bormoqda). Germaniyaliklar amerikaliklardan so‘ng ta’til davrida ko‘p pul sarflash bo‘yicha 2-o‘rinda turadi. 1991 yilda ularning xarajatlari butun dunyo turistlari xarajatining 13%ini tashkil qildi. Ko‘pgina Yevropa mamlakatlarining turistik sohalari Germaniya bozorlari bilan chambarchas bog‘liq. Germaniyaliklarning ta’tilini o‘tkazadigan asosiy joyi O‘rta Yer dengizi bo‘lib qolmoqda. Italiya ekologik holatining yomonlashganligi tufayli turizm sohasida o‘z mavqeini yo‘qotdi. Shu sababli 80-yillarning oxirida germaniyaliklar Ispaniyada dam olishga ko‘proq e’tibor bera boshladilar (1985-1989 yillarda Italiyaga germaniyaliklarning kelishi 20%ga qisqardi). Germaniyaliklarning boshqa Alp mamlakatlari – Shveytsariya va Avstriyaga sayohati 18,4%ni, Skandinaviya mamlakatlariga sayohati esa 5,1%ni tashkil qiladi. Germaniyaning birlashishi sobiq Yugoslaviyaning parchalanishi, "Cho‘ldagi bo‘ron urushi" va boshqa siyosiy voqealar, shuningdek, iqtisodiy inqiroz mamlakatdan chetga chiqish turizmi modeliga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ispaniya, Portugaliya, Turkiya (1991 yildan keyin) va Kipr davlatlariga chiqish, shuningdek, uzoq sayohatlar miqdori ham oshdi. Ularning o‘sishi hatto 1990-91 yilgi iqtisodiy inqiroz davrida ham saqlanib qoldi. Bunday sayohatlarning aksariyati (milliy valyuta kursining doimiy ravishda o‘zgarib turishiga qaramasdan) AQShga to‘g‘ri keladi. Germaniya bozori uchun 2-o‘rinda Uzoq Sharq turadi. Germaniyaliklarning ayniqsa, Yaponiya, Singapur, Gongkong kabi mamlakatlarga qiziqishi katta. Aksariyat germaniyalik turistlar Tailandda dam oladilar. Ayniqsa, Shri-lanka, Keniya germaniyaliklar uchun turistik markaz hisoblanadi. 1990 yillarga qadar Germaniyaning sharqiy va qarbiy qismlari alohida turistik zona sifatida faoliyat ko‘rsatar edi. Sharqiy Germaniya ham boshqa Sharqiy Yevropa mamlakatlaridek yaxshi tashkil qilingan ichki turistik bozorga ega edi. Ammo uning xalqaro turizmi chegaralangan. Bu chegaralashdan faqat sotsialistik lager mamlakatlarigina mustasno edi. Agar 1990 yilda Sharqiy germaniyaliklarning faqat 25%igina chet davlatlarga chiqqan bo‘lsa, 1991 yilda ularning soni 45%ga yetdi. g‘arbiy Germaniya urush davridan keyin g‘arbiy Yevropa turistik oqimlariga kiritilgan edi. Ammo 90-yillarning boshida g‘arbiy Germaniyaning chet davlatlarga chiqish turizmi iqtisodning yomonlashuvi tufayli qisqardi. Ammo Germaniya birlashgandan keyin bu ko‘rsatkich mamlakatning Sharqiy qismi bilan kompensatsiya qilindi. g‘arb bilan Sharqning birlashuvi Germaniyada Yevropa mamlakatlari uchun turizmning yangi modelini tashkil qilishga imkoniyat yaratdi. Ichki turizmning yangi modeli kelajakda xalqaro turizm modeliga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Xulosa Hozirgi kunda turizmning jahon xo‘jaligida hissasi yil sayin oshib, makroiqtisodiy tarmoqlar qatorida rivojlanib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “...turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. Hukumat oldidagi eng muhim vazifalardan biri – joriy yilda yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga yetkazishdan iborat. Ma’lumki, qator nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari 2020 yilda O‘zbekistonni sayohatga albatta borish tavsiya etilgan mamlakatlar qatoriga kiritdi. Biz bunday imkoniyatdan unumli foydalanishimiz kerak. Katta salohiyatga ega bo‘lgan ziyorat va tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirish zarur”. BMT jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda dunyo bo‘ylab amalga oshirilgan xalqaro turistik sayohatlar soni 1,5 mlrd. tashkil etdi. Xalqaro turizmning o‘sishi ketma-ket o‘ninchi yil davom etmoqda. O‘tgan yilga nisbatan 4% o‘sish va 2020 yilga rejalashtirilgan bir xil o‘sish turizm jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan va barqaror tarmoqlaridan biriga aylanganini ko‘rsatadi. Xalqaro turistik sayohatlar soni ATOR bo‘yicha 4% ga oshdi. Fransiya hamon jahon turizmining yetakchisi. Mamlakat 90,2 million mehmonni qabul qildi6. Dunyodagi eng ko‘p tashrif buyurgan mamlakatlar, 90,2 million sayyohlar – Fransiya; 83,8 million sayyohlar – Ispaniya; 78,7 million sayyohlar – AQSh; 67,5 million sayyohlar – Xitoy; 64,6 million sayyohlar – Italiya; 52,5 million sayyohlar – Turkiya; 44,9 million sayyohlar – Meksika; 39.4 million sayyohlar - Germaniya davlatlari Download 43.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling