Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishda xalqaro tajribadan foydalanish
Italiya Italiyada turizm sanoatining rivojlanish tarixi 100 yildan oshgan
Download 43.19 Kb.
|
Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishda xalqaro tajribadan
Italiya
Italiyada turizm sanoatining rivojlanish tarixi 100 yildan oshgan. Ushbu davr ichida mamlakat dunyoning asosiy turistik markazlaridan biriga aylandi. 1991 yilda O’rta Yer dengiziga keluvchi turistlar miqdorining 36%i Italiyaga to’g’ri kelar edi. 1983 yilda turizm sohasi va mehmonxona sanoatini rivojlantirish maqsadida turizmni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha asosiy qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda Hududlarda turizmni boshqarish organlari va ularning ish tartibi ko’rsatilgan. Mehmonxona xo’jaliklari klassifikatsiyasida transport va turistik byuroga turizm faoliyati bilan shug‘ullanishga asos bo‘luvchi shartlar, davlat tomonidan turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari, turistik sohada professionallar faoliyatining nazorati ko‘rsatib o‘tilgan. Italiyaning asosiy turistik resurslari: tog‘lar, ko‘llar va madaniy boyliklari, birinchi navbatda, mahalliy turistlarni emas, balki chet elliklarni jalb qiladi. Chet ellik mehmonlarning ushbu mamlakatga kelish sabablarining 45%i mamlakatning tarixiy yodgorliklarini ko‘rish, 43%i iqlimi, 27%i tabiati, 30%ga yaqini esa yuqoridagilarning barchasidan bahramand bo‘lish tashkil etadi. Italiyada xalqaro turizm asosan shimolda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Masalan: 1990 yilda umumiy hisobga nisbatan chet elliklarning ushbu mamlakatda o‘tkazgan turistik kunlarining 57%i shimolga to‘g‘ri keladi. Chet ellik mehmonlarni qabul qilish bo‘yicha 1-o‘rinda Venetto shahri turadi. U keluvchilarning 20%ini qabul qiladi. Undan keyin Toskana va Alto-Adidje shaharlari turadi. Ularning har biri chet ellik mehmonlarning 13%ini qabul qiladi. Mahalliy turistlar (39 million kishiga yaqin) dam olish kunlarini o‘z viloyatlari kurortlarida o‘tkazishga harakat qiladi. Buning sabablaridan biri quyoshli Fransiyadagidek, bu yerda avtomobil yo‘llarining rivojlanmaganligidir. Shuningdek, yozgi mavsumning yaxshi va mo‘tadil kelishi shimoliy viloyatlar aholisini dengizga yaqin joylarda dam olishga undaydi. Shunday qilib Italiyaning Emiliya-Romanya, Venetto va Toskana viloyatlari aholisining dengizga chiqish imkoniyatlari bor. Lombardiya viloyatida esa qishki sport turlari rivojlangan. Shu sababli ushbu viloyatlarning har qaysisi ichki turistlarning 10% ini qabul qilish imkoniga ega. Turistlarning ko’plab kelishi asosan yozning iyul va avgust oylariga to’g’ri keladi. Bu holat dengiz bo’yi kurortlari uchun anchagina muammo tug’diradi. Chunki, mehmonxonalar fondi u qadar katta emas. Mehmonxonalarning asosiy qismi shimol va sharq tomonda joylashgan. Bu huddudda esa mehmonxonalarning 46,1% igina joylashgan xolos. Mehmonxonalarning aksariyati Trentino-Alto-Adidje viloyatlarida joylashgan. Ular 18,5%ni tashkil qiladi. Italiyaning markaziy qismida, ya’ni qirg’oq bo’yi tumanlarida asosan lager shaharchalar tarqalgan. Mamlakat janubida esa mehmonxona o‘rinlarining yetishmasligi sababli turar joylar ijaraga beriladi. Ammo, turistlarning rejasiz va nazoratsiz joylashuvining ko‘payib borishi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 1980 yillarda Yevropa hamjamiyati Italiyaning janubiy hududi – Medzodjornoda turizm infratizimini rivojlantirish bo‘yicha umumiy miqdori 34,9 million ekyu bo‘lgan qimmatbaho loyihani amalga oshira boshladi. Ushbu loyihaning maqsadi turizm sanoatini rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, emmigratsiyani to‘xtatish hamda qoloq bo‘lgan mahalliy iqtisodga investitsiyalarni jalb qilish. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida yana qo‘shimcha 65 ming nomer tashkil qilindi, har yili Italiya mehmonxonalarida hamda boshqa yashash joylarida 60 millionga yaqin turist to‘xtaydi. Shulardan 35%i chet elliklardan iborat. Chet ellik va mahalliy turistlar o‘z turistik kunlarini ko‘proq uch yulduzli mehmonxonalarda o‘tkazadilar (Bu ko‘rsatkich 1996 yil 85,2 million turistik kunni tashkil qiladi). Italiyada mehmonxonalar toifalarga bo‘linadi. Toifalar esa yulduzlar soniga qarab belgilanadi. Bundan tashqari qo‘shimcha joylashuv imkoniyatlari katta bir tarmoqni hosil qiladi. Ularga keluvchilar, turistik qishloqlar, dam olish maskanlari, yoshlar maskanlari va hokazolar kiradi. 1997 yilda Italiyada 35 870 ta mehmonxona mavjud edi. Ularning har birida o‘rtacha hisobda 49 tadan o‘rin, 27 tasida faqat yashash xonalari va 25 tasi vannali xonalardan iborat edi. 1 yulduzli mehmonxonalar esa 30,6% ni tashkil qilar edi (Ularda 15,1% ini yashash xonalari va 14,2% ini o‘rinlar tashkil qilar edi). Boshqa mehmonxonalarda ko‘rsatkichlar quyidagicha (% hisobida): 2 yulduzlilar – 32,4 (25 va 24,4), 3 yulduzli – 30 (42,3 va 44), 4 yulduzli – 6,2 (16,3 va 16,4), 5 yulduzli – 0,3 (0,8 va 0,8). Italiyada mehmonxonada yashash va ovqatlanish narxi geografik zona, fasl, mehmonxona toifasi va boshqa omillarga bog‘liq. Shu bilan birga ushbu narx tur mahsulotning umumiy hisobidan 60-65%ini tashkil qiladi. Italiyaga keluvchi turistlarning aksariyati quyoshli mamlakat Shveytsariyadan keladilar. qolgan turistlar Germaniya, Fransiya, Avstriyadan keladilar. Ammo, ularning yarmidan ko‘pini bir kunlik mehmonlar yoki tranzit passajirlar tashkil qiladi. Germaniyalik turistlar nafaqat soni bo‘yicha ko‘pchilikni tashkil qiladi, balki, ular xatto ushbu mamlakatda dam olishi davomiyligi bo‘yicha ham yetakchilik qiladilar. Ammo, shuni ham inobatga olish kerakki, boshqa mamlakat turistlari, ya’ni Amerika va yaponiyaliklar ushbu davlatda umumiy hisobda 1 hafta turadilar. Lekin mana shu qisqa fursat ichida, ular 3 ta madaniy markaz – Rim, Florensiya va Venetsiyani ziyorat qilishga ulguradilar. Bu esa ularning aniq sayohat kunlarini hisoblashga qiyinchilik tug‘diradi. Avstriyalik turistlarning yarmidan ko‘pi dam olish soatlarini Adriatino qirg‘oqlarida, chorak qismi shahar va 10%i esa tog‘larda o‘tkazadilar. Fransuzlar ko‘proq shahar kezadilar. 25%i esa dengiz yonida dam olishni xush ko‘radilar. Mamlakatda xalqaro turizmni rivojlantirishda turizm bo‘yicha milliy boshqarma (ENIT) katta ahamiyatga ega. Bu boshqarma chet mamlakatlarda ham o‘z vakolatxonalariga ega. Ayrim mamlakatlarda u o‘z faoliyatini "Alitaliya" davlat aviakompaniyasi va boshqa firmalar orqali amalga oshiradi. ENITning vazifasiga xalqaro turistik bozor, konventurasini o‘rganish, reklama tadbirlarini o‘tkazish va chet mamlakatlarda o‘z davlatiga nisbatan turistlar oqimini ko‘paytirish kiradi. Oxirgi yillarda Italiya xalqaro turizmida susayish sezilmoqda, ammo sharqiy Yevropadan turistlar oqimi aksincha ko‘paydi. Italiyaliklar kamdan-kam hollarda o‘z ta’tillarini chet davlatlarda o‘tkazadilar. Italiyaning turli xil turistik resurslari ularga yurt ichida o‘z ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi, ammo shunga qaramasdan iqtisodiyotning o‘sishi hamda valyuta nazoratining soddalashtirilishi so‘nggi yillarda chet ellarga chiqishni rivojlantirishga turtki berdi. Masalan, 1991 yilda chet davlatlarga 14,7 million Italiyalik chiqqani kuzatildi. Ular aksariyat hollardagiqin bo‘lgan mamlakatlarga sayohat qiladilar. Keyingi yillarda chetga chiqish turizmining o‘sishi Italiya kurortlari ishini osonlashtirdi. Shu bilan birgalikda, Italiyaning tarixiy, madaniy yodgorliklari hali juda ko‘p vaqtlar chet ellik mehmonlarni o‘ziga jalb qilishi shubhasiz. Shuning uchun ularni asrash va turist oqimlarini turizm markazlariga yo‘naltirishni boshqarish muhim vazifalardan biridir. Download 43.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling