Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishda xalqaro tajribadan foydalanish


Turizm mahalliy aholi hayotiga ijobiy hamda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin


Download 43.19 Kb.
bet7/11
Sana04.04.2023
Hajmi43.19 Kb.
#1324851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mintaqaviy turizm resurslarini rivojlantirishda xalqaro tajribadan

Turizm mahalliy aholi hayotiga ijobiy hamda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ijobiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • ish o‘rinlarini yaralishi;

  • daromadni ko‘payishi, mahalliy aholini yashash darajasini oshishi ;

  • urbanizasiya jarayonini tezlashishi, shaharcha xizmat, infrastruktura, madaniyat tashkilotlarini rivojlanishi;

  • ijtimoiy va madaniy jarayonlarin tezlashishi;

  • mahalliy madaniyat o‘choqlarning yaralishi, xalq ijodiyoti, an’analari, rusumlarini rivojlanishi;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga talabni oshishi;

  • mahalliy madaniy yodgorliklarni tiklanishi va muhofazasi;

  • tabiiy komplekslarni kengayishi;

  • mintaqa jozibadorligini oshishi;

  • mahalliy madaniy hayotni jonlanishi;


Salbiy xususiyatlari quyidagilar:

    • malakasiz mehnat ulushining o‘sishi;

    • umumjamiyat normasini buzulishi oshishi (ichkilik, fohishabozlik, bezorilik);

    • oila “eroziyasi” (oilaviy ajralishlar, yoshlarni hayotga yengil qarashi);

    • mahalliy aholi va turistlar o‘rtasidagi kelshmovchiliklar va boshqalar.

Yevropa mamlakatlaridagi turistik markazlar
Shveytsariya
XIX asrdan boshlab chet el aristokratlari, ayniqsa, Buyuk Britaniyaliklar Shveytsariyaning ko‘p sonli manzarali ko‘l-qirg‘oqlarida dam olganlar. Jeneva ko’liga bo’lgan 1-turistik guruhni 1863 yilda Tomas Kuk kompaniyasi tashkil qilgan. Bu yerda ilk bor inglizlar alpinizm, shuningdek, tog’li kurortlarda dam olishni tashviq qildilar.
1870 yilda Alpga temir yo’l o’tkazilishi munosabati bilan turizm yanada rivojlandi. Shveytsariyada Sankt-Morits, Avstriyada Bad Ishl deb nomlangan mashhur sog’lomlashtirish kurortlari qurildi. Alpda yozgi turizm XX asrning 20-yillarigacha davom etdi, ya’ni 1924 yil Shamonida (Fransiya) dastlabki qishki olimpiada o’yinlarini o’tkazishga yetakchilik qildi. Ushbu davrda Shveytsariya (tog’ chang’isi) sport uchun trassani faol ravishda o’tkaza boshladi. Ikkinchi Jahon urushigacha aksariyat turistlar Britaniya orollari orqali kelar edi. Iіtisodiy inqiroz hamda Ikkinchi Jahon urushi natijalari Shveytsariyaning turistik biznesiga juda katta zarar yetkazdi. Ammo shunga qaramay Shveytsariya yana yangi turizm markazlarini qura boshladi.
80-yillarda Shveytsariyada turizm sohasi u qadar rivojlanmadi, chunki bu soha mehmonxona va boshqa yashash joylaridagi o’z normasini modernizatsiya, ya’ni zamonaviylashtirdi. Ammo, modernizatsiyaning sust o’tkazilishi oqibatida mijozlarning hozirgi zamon talablarini bajarishga ulgurolmay qoldi. Bundan tashqari, qishning isish haqida"3 qorning kech va kam yog’ishi, qatlamning namligi bir qator yangi muammolarni yaratdi. Shunga qaramasdan, qishki sport turida o’sish bo‘ldi. Bu esa, mehmonxonalar sektoriga mehmonlarni yil davomida joylashtirish va bir oyga 3 millionga yaqin kishini qabul qilish yo’li bilan biznesni saqlash imkonini berdi. Ammo, o‘z-o‘ziga xizmat qilish sektorida faqat gavjum sezonlardagina ish ko‘payardi. 90-yillarning boshlarida Shveytsariyada yozgi turizm o‘z mavqeini yo‘qotishiga qaramasdan, asosan ishning ko‘p bo‘lishi ushbu davrga to‘g‘ri keldi. 57% turistlarning dam olishi yozgi oylarga to‘g‘ri keladi. Shveytsariya turizm statistikasi turli hududlarda joylashgan. U turistlar haqida to‘plangan axborotlarga tayanadi. Chunki Shveytsariya chegaraga keluvchilar haqida statistik ma’lumotlar to‘playdi. Bu esa uni baholashga qiyinchilik tug‘diradi. Mehmonxona sektoriga 60% ga yaqin chet el mehmonlari to‘g‘ri keladi. Shu paytda ichki turizmning 62%i esa (taxminan 2 mln kishi) o‘z-o‘zini boshqarish sektorida joylashadi. Mehmonxona sektori mehmonlarni joylashtirishda katta ahamiyatga ega, ammo turistik sayohat kunlari miqdori turistik zonalarda bir xil taqsimlanmaydi. Masalan, tog’ kurortlarining mavqei baland, undan keyingina ko‘llar, katta shaharlar va hokazolar turadi. O‘zining geografik holati va o‘ziga xos bo‘lgan turistik resurslarga ko‘ra, Shveytsariya shimol hamda janubiy mamlakatlardan ham mehmonlar qabul qiladi. Mamlakat uchun Germaniya ulkan turistik bozor hisoblanadi. Undan keyin Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya, AQSH, Yaponiya, Ispaniya, Avstriya turadi.
Shveytsariya bir kunlik va tranzit mehmonlar bozoriga ega. Ularning taxminan 1/3 qismini Germaniya, 2-2/3 qismini Italiya, 1/5 qismini Fransiya mehmonlari tashkil qiladi. 80-yillarning o‘rtalaridan boshlab boshqa valyutaga nisbatan Shveytsar franki qadrining oshishi hamda mahsulot va xizmatlar narxlarining oshishi munosabati bilan chet el mehmonlarining Shveytsariyaga sayohatlari birmuncha kamaydi.
Shveytsariya Xalqaro turizmining pasayishi, O‘rta Yer dengizi mamlakatlari bilan raqobatiga ham ta’sir qildi. Xalqaro turizm Shveytsariya iqtisodida juda katta ahamiyatga ega. Bu soha 1 yilda 13 milliard Shveytsar franki miqdorida daromad keltiradi. Bu mamlakatga 8% foyda keltirib, shu bilan birga aholining 14%ini ish bilan ta’minlaydi, deganidir. Shveytsariya xalqi ham sayohatni yoqtiradi. Sayohatlarning 60%i O‘rta Yer dengizi mamlakatida o‘tkaziladi. Shu bilan birga turistlar taxminan 10 milliard Shveytsariya frankini chet mamlakatlarda sarflaydilar. Shunday qilib, Xalqaro turizmdan keladigan foyda 3 milliard Shveytsariya frankini tashkil qiladi. Mamlakatda turizm faol tarzda o‘rganilmoqda.
Bundan tashqari turizm rivojlanishi mamlakatning davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, chunki u tog‘lik rayonlarda qishloq xo‘jaligiga yagona iqtisodiy muqobil kuch hisoblanadi.
Shu bilan birga, turizm davlat rahbariyati uchun muammo ham tug‘diradi, chunki sayyohlarning yurtga ko‘plab tashrifi Alpning go‘zal tabiatiga ta’sir qilib, mahalliy aholiga noіulaylik tug‘diradi.

Download 43.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling