Ómir qáwipsizligi páni haqqinda tu`sinik. (2 saat)
Ózbekison Respublikasining terrorizmga qarshi kurash toǵrisidagi qonuni
Download 0.67 Mb.
|
mir q wipsizligi p ni haqqinda tu`sinik. (2 saat)
Ózbekison Respublikasining terrorizmga qarshi kurash toǵrisidagi qonuni.(uz-var)
Terrorizmning paydo bólishi. Terrorizm muammosi XX asrning oxiri, ayniqsa uning sónggi 10 yilida xalqaro jamoatchilikni qattiq tashvishga solib qóydi Terrorizm bu – málum siёsiy maqsadlarga erishishga ё’naltirilgan, tinchlikka, fuqarolar xavfsiligiga va haёtiga zóravonlik ishlatish, ёki, uni qóllash xavf xatarini tuǵdiradi. 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan Ózbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash tóǵrisidagi” qonunida terrorizmga “Xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, dalatning suverentini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy siёsiy beqarorlashtirish, aholini qórqitish maqsadida davlat organlarini xalqaro tashkilotlarni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy va yuridik shaxsning biror bir faoliyatini amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zórlik, kuch ishlatish, shaxs ёki mol-mulkka xavf tuǵdiruvchi boshqa qilimishlar, ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek terrorlichilik tashkilotlarining mavjud bólishini, ishlab turishini, moliyalashtirishni táminlashga, terrorchilik harakatlarini tayёrlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga, ularning faoliyatida ishtirok etaёtgan shaxslarga bevosita ёki bilvosita har qanday mablaǵ-vositalar va resurslar berish, ёki yiǵishga, boshqa xizmatlar kórsatishga qaratilga faoliyat” tarzida tárif berladi. Terrorizm insoniyat jamiyati rivojlanishinig kapitalizmgacha bólgan davri. Buyuk fransuz inqilobi bilan bevosita boǵlıq bólgan feodolizmdan kapitalizmgacha ótish davri, bir qator Yevropa davlatlarida monarxiya tuzumi bilan kurashish, shuningdek, burju demokratiyasi qaror topish davrining tarixiy, ijtimoiy-siёsiy hodisasi sifatida órganish kerak. XX asrning 60-yillaridan boshlab, terrorizmning eng daxshatli turi avj oldi. Bu diniy ekstremizmdir. Bu dinni niqob qilib olib, ózlaricha islom davlatini tuzamiz deb, odamlarga tásir ótkazish turli qóporuvchilik haraktlarini olib borishdir. Diniy ekstremizm nima, u qanday paydo bóldi degan savol tuǵiladi. Bu savollarga Ózbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abduǵanievich Karimov xulosalaridan javob topamiz: “Jamiyat haёtining bir qismi bólgan din, ijtimoiy haёtning boshqa sohalari bilan muqarrar ravishda munosabatda bólgan. Ularga tásir kórsatgan va ózi ham boshqa sohalarning tásiriga duch kelgan. Hozir mavjud bólib turgan diniy tartiblarning kópchiligi ijtimoiy-iqtisodiy, siёsiy burilishlar, tangliklar davrida shakllanganligi bejiz emas. Shu tariqa din insoniyat tarixining turli davrlarida siёsat bilan ozmi kópmi ochiq oydin munosabatg kirishgan. Kópincha undan siёsiy va bázan bir taraflama, tor maqsadlarda foydalanib kelingan. Afsuski insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bólgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunёdkor kuch sifatida emas balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm(óta ketgan mutaasiblik) sifatida foydalanganligini kórsatuvchi misollar kóp. fanatizmning óziga xos xususiyati va kórinishlari avvalambor óz dinini haqiqiyligiga óta qattiq ishonish, bishqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bólishdan iboratdir. Aynan fanatizm illatiga ё’lıqqan odamlar ёki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik tólqinini keltirib chiqarishga qodir bóladilar. Ustiga-ustak ommaviylik unsuri muayyan bir xatti-haraktlar uchun shaxsiy javobgarlik hisini ё’qotib yuboradi, harakatga “omma”, “xalq” harakati tusini beradi. Ózining shak-shubhasiz haqligiga, haqiqatni faqat ózi bilishiga ishonch hisi sóngi choralarga – zóravonlik harakatlariga moyilligi bilan ajralib turadigan diniy ekstremizmning paydo bólishiga zamin yaratadi. Adolat yuzasidan shuni e’tirof etish kerakki, diniy fanatizmning “otilib chiqishga” sof diniy ziddiyatlardan kóra kóproq ijtimoiy, siёsiy va iqtisodiy muammlrning hal qilinmagaligi sabab bóladi. Diniy fanatizmni alanga oldirish orqali hokimiyatga intilish, aldangan ávomning kór-kórona ǵazabidan ózining qora niyatlari ё’lida foydalanish siёsiy ёki shaxsiy manfaatlarga erishishni din bilan niqoblash hudojóylikni ashaddiy haqorat qilishdir. Islom ekstremizmi bugungi kunda yagona mafkuraga ega bólgan turli tuman ё’nalishdagi oqimlarning mushtarakligini ózida namoёn etadi. Bu borada misollar kóp: Misrdagi “Al-Jamoa”, “Musulmon birodarlar”, yaqin sharqda “Hámas”, “Xizbi Alloh”, “Al-Jihod” va faol harakat qilaёtgan qator boshqa tashkilotlar Filippindagi(Mindanao oroli) “Abu Sayёr” guruhi va nihoyat Afǵonistondagi “Tolibon” harakati va u yerda panoh topgan “Ózbekiston Islom Harakati” jangarilari va hokazolar. Hozirgi vaqtda diniy ekstremizmni keng ёyilishiga ёshlarimizning ongini zaharlab ularga turli xildagi kitoblar, varaqalar tarqatib terrorizmning yanda avj olishiga olib kelmoqda. Ulrning tásiriga tushib qolgan ёshlarimiz bu balodan qutula olmay, natijada óz yurtlariga xiёnat qilib, ularga qóshilib vatanlarini yakson qilish uchun harakat qilmoqdalar”. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling