Ómir qáwipsizligi páni haqqinda tu`sinik. (2 saat)
Ózbekistan hám sirt el mamleketler nizaminda terrorizmge qarsi gures maselesinińhuquqiy tartibga solinishi
Download 0.67 Mb.
|
mir q wipsizligi p ni haqqinda tu`sinik. (2 saat)
Ózbekistan hám sirt el mamleketler nizaminda terrorizmge qarsi gures maselesinińhuquqiy tartibga solinishi.
Ózbekiston Respublikasi Prezidenti İslom Abduǵaniyevich Karimov II chaqiriq Oliy Majlisning uchinchi sessiyasida sózlagan nutqida “Bizning yurtimiz bugungi kunda ёn atrofimizda vujudga kelgan vaziyatdan foydalanib ózining uzoqqa móljallangan ёvuz maqsadlarini amalga oshirishga urinaёtgan turli ekstremistik aqidaparastlik markazlarining ǵarazli intilishlari qaratilgan hududga aylanib qolmoqda” tákidlagan edi. Bu “Terrorizmga qarshi kurash tóǵrisidagi” qonun loyihasini ishlab chiqishga asosiy turtki bólgan edi. Qonun loyihasida terrorizmga qarshi kurashning tamoyillarini belgilashda “BMT VIII kongresining jinoyatchilikni ogohlantirish va huquqbuzarlar bilan munosabatda bólish bóyicha materiallardagi” davlatlarning jinoyat qonunchiligia tegishli qonunlarning óxshashligini támilashga kómaklashish, garchi shu bilan birga davlatlar órtasida nizolar kelib chiqishi mumkinligini ogohlantirishi uchun milliy qonunchilikning haddan ortiq kengayib ketishini oldini olishga amal qilish mazmunidagi tavsiyalari inobatga olindi. Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bólib asosiy vazifalari etib shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini táminlash, davlat suverenteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat. Qonun “Umumiy qoidalar”, “Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari”, “Terrorchikka qarshi operatsiyaning ótkazilishi”, “Terrorchilik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash” va “Jabrlangan shaxslarning Ijtimoiy reabilitatsiyasi” hamda “Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etaёtgan shaxslarning huquqiy va ijtimoiy hioyasi” deb nomlanuvchi 5 bólim va 31 moddadan iborat. Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning ózini-ózi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar kómaklashishlari zarurligi 6-moddada belgilab qóyilgan. Terrorizmga qarshi kurashish, Ózbekiston Resbublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati, İchki İshlar Vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qilish qómitasi, Davlat bojxona qómitasi, Mudofaa hamda Favqulotda Vaziyatar Vazirligi amalga oshiradi (8-modda). Jumladan Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi favqulotda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish, terrorchilar harakat qilaёtgan zonada joylashgan alohida, muhim, toifalangan va boshqa obyektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar davlat qómitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Terrorizm bilan kurashish sohasidagi hozirgi bosqichdagi hamkorlik bir necha ё’nalishlarda amalga oshirilmoqda alohida qayd etish kerakki Ózbekiston Respublikasi dunёning kóplab davlatlari bilan terrorizm, ekstremizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish tóǵrisidagi shrtnomalarni imzolagan. 2000-yil aprel oyida Ózbekiston, Qozoǵiston, Qirǵiziston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuvida “Terrorizm, siёsiy, diniy ekstremizm, milatlararo jinoyatchilik va tomonlar xavfsizligi, hamda barqarorligiga tahdid soluvchi xavflar bilan kurashishda hamkorlikdagi harakatlar tóǵrisidagi” shartnomani imzoladilar. 2001-yil iyun oyidagi Shanxay hamkorlik tshkiloti davlat rahbarlari sammitida (bu uchrashuvda Ózbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozoǵiston va Tojikiston bilan birgalikda mazkur obróli tashkilotning tasischisi bólib qoldi) Shanxay hamkorlik tashkilotining tuzish haqidagi Dekloratsiya, shuningdek Terrorizm, ayirmaachilik va ekstremizm bilan kurashish tóǵrisidagi konvensiya qabul qilindi. Terrorizm bilan kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik tóǵrisida gap borganda Ózbekiston tashabbusi bilan tuzilgan “6+2guruhi” deb nomlangan guruhni ham eslash kerak. Shu órinda Preziddentimiz İslom Karimovning 2001-yil 11-sentabridagi voqealardan sóng baёnotidagi ayrim fikrlarni keltiramiz “Bugun biz butun insoniyatga tahdid solib turgan bu illatga barham berish borasidagi kurashdan hech qanday davlat chetda qolmasligi tabiiy. Jahondagi yuzdan ortiq davlatning mazkur masla bóyicha óz fikri qat’iy pozitsiyasini baёn qilgani ham haqiqatni tasdiqlaydi. Bugun terrorizmga qarshi tashkil qilinaёtgan koalitsiyasi safiga ózining siёsiy tuzumi va qarashlaridan qat’iy nazar turli davlatlar, shu jumladan barcha yetakchi arab va musulmon jamoatlari qóshilaёtgani e’tiborga sazovordir. Bunday kuchlar va davlatlarni birlashtiraёtgan xalqaro hamjamiyatning qatiyatligi tobora mustahkamlanib bu kurash xalqaro tus olib borishiga hech qanday shubha qolmayapti. Gap shundaki terrorizm tahdid mavhum tushuncha emas, balki xalqaro terrorizmning óz oldiga qóygan siёsiy maqsadlariga erishish uchun jahondagi mavjud tartibni beqarorlashtirish, xalqaro, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka tajovvuz qilish orqali reja va niyatlarini amalga oshirish ё’lidagi harakatlardir. Bu narsa milliy huquq va xalqaro meёrlarning buzilishiga tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar deb tavsiflanishi kerakligini bildiradi. Mana nima uchun xalqaro terrorizm va uning tahdidiga qarshi harakat faqat harbiy, siёsiy va maxsus xususiyatli choralar bilangina emas, balki terrorizm bilan kurashishda huquq doirasida, amaldagi milliy qonunchilik, xalqaro huquq me’ёrlari asosida olib borish kerakligini talab qiladi. Shuning uchun ham surishtiruv va tergov idoralarining zimmmasiga bu turdagi oqim partiyalarning Óbekiston Respublikasida faoliyat kórsatishiga ё’l qóymaslik chorasini kórish, bu borada tezkor-tergov tadbirlarini ótkazish, málumotlarini tahlil qilib, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart sharoitlarni sinchikovlik bilan tóla, har tomonlama órganish, bartaraf etish, jinoiy uyushma ázolaridan jinoyatlarni sodir etishdagi ishtirokini aniqlash masuliyatini yuklaydi. Buning uchun esa “Hizbchilar” va ularga óxshash diniy ekstremistik oqimlar domiga tushib qolganlarga qarshi jamoatchilik fikrini shkllantirish ayniqsa mahallalar, fuqarolarning ózini-ózi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ishlashni kuchaytirish kerak. Prezidentimiz İslom Karimov bu oqimning barqarorlikka tahdid solaёtgani tóǵrisida gapirib, xalqimizning tabiatiga mutlaqo ёt bólgan siёsiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa ёvuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi, tarqalishi, tinchlik va osoyishtalikka xavf tuǵdirishini odamlar ongiga chuqur singdirib tákidlagani bejiz emas. Tergov idoralari tomonidan aniqlanishicha mustaqillik yillarida Ózbekistondan 10dan ortiq siёsiy-diniy ekstremistik oqimlar va harakatlar noqonuniy ravishda faoliyat kórsatgan. Jumladan: “Hizb ut-tahrir”, “Akromiylar”, “Tablih”, “Uzun soqol”, “Vahhobiylar”, “Adolat” uyushmasi, “İslom lashkarlari”, “Tavba”, “Nur”. Ularning bázilari tóǵrisida tergov idoralarid mavjud bólgan málumotlrga suyanib qisqacha tóxtalib ótamiz. “Akromiylar” guruhi 50-yillarda Farǵona vodiysida vujudga kelgan. Oqim tashkilotchisining nomi “Mulla Akrom” nomi bilan boǵlıq, ularning ǵoyasi Allohni tan olish, Payǵambarni, ota-onani, har qanday davlat boshqaruvini rad etib faqat oqim sardoriga itoat qilish. “Adolat” uyushmasi 1991-yilning boshida Namangan viloyatida faoliyat kórsatgan, ular viloyatdagi dinga e’tiqod qiluvchi qishloq aholisini óziga jalb qilib ularni huquqni muhofaza qiluvchi idora hodimlariga qarshi qilib qóygan. Dunёdagi eng xavfli terrorchi ekstremistik guruhlar róyxatida rasman AQSH davlat departamenti tomonidan kiritilgan “Ózbekiston İslom harakati” vatangadolar jinoiy uyshmasi ham bor. Bu jinoiy uyushma tashkilotlari J.Hojiyev, T.Ёldoshevlar hisoblanadi. Uning tarkibida minglab jangarilar, ёllangan ajnabiy jinoyatchlar mavjud. “Hizb ut-tahrir” boshqa norasmiy diniy tashkilotlardan farqi shuki u hujumni avvalo fikrga qaratadi, yani fikriy kurash olib borib ǵoyaviy inqilobga erishadi. Mafkuraviy tásirni kuchaytirish uchun ózlarining nomaqbul kurash ёllarini 3 bosqichdan iborat deb hisoblaydilar. Birinchisi, tushuntirish ishlarini olib borish orqali ongi tólıq shakllanmagan ёshlarni tuzoqqa ilintirish, huquq tartibot idoralari, hokimliklardagi tashqi tásirga beriluvhi hodimlar bilan aloqani mustaxkamlash, yani ularni óz domiga tortish. İkkinchisi, fikriy kurash orqali ommani oёqqa turǵazish, yani odamlar ongiga salbiy ǵoyalarni zóraki singdirish. Uchinchisi, manqurdga aylangan ekstremistik kuchlarni hukumatga qarshi qóyish, begunoh kishilarni qonini tókish. Din niqobi ostida terrorchilik ёli bilan hokimiyatni egallash. Shaxslarga diniy mafkura, ǵoya qarashlar asta sekinlik bilan, uni órtacha 3 oydn 1,5 yilgacha bólgan vaqt mobaynida singdirish, ularni barqarorligini,3 oydn 1,5 yilgacha bólgan vaqt mobaynida singdirish, ularni barqarorligini, uushqoqligini táminlashdan iborat. Hozirgi vaqtda diniy ekstremizmni keng ёyilishiga ёshlarimizning ongini zaharlab ularga turli xildagi kitoblar, varaqalar tarqatib terrorizmning yanada avj olishiga olib kelmoqda. Ulrning tásiriga tushib qolgan ёshlarimiz bu balodan qutula olmay, natijada óz yurtlariga xiёnat qilib, ularga qóshilib vatanlarini yakson qilish uchun harakat qilmoqdalar. Referatda terrorizm va diny ekstremizmning tarixidan avj olib kelaёtgan davrigacha batafsil ёritilgan. Bu bilimlardan habardor bólgan har qanday inson ongida terrorizmga qarshi immunitet hosil bólishi tabiiy hol. Dinni niqob qilib olib Ózbekiston nomini bulǵashga harakat qilaёtgan, ёshlar ongini zaharlashga urinaёtgan 10ga yaqin diniy ekstremistik guruhlar haqida yetarlicha málumotlar berilgan. Ёshlarni ogohlikka chorlash uchun yaqin ótmishda bólib ótgan terroristik harakatlar ham bejiz eslab ótilmagan. Millatchilik, ayirmachilik kabi etik ziddiyatlar ham bu ǵarazli niyatli kimsalar uchun ayni muddao, urush olovini ёqish uchun bir chóǵ bólib xizmat qilishi mumkin, shuning uchun bu muammolar ham chetlab ótilmaganligi ayni muddao. Bu harakatlarga qarshi kurash choralari, va amalgam oshirilaёtgan ishlar ham aniq ravshan ёritilgan. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling