Miraziz, avtotyuning sohasiga qanday kirib keldingiz? Bu sohaning ham o‘ziga xos sir-sinoatlari bor


Lev siz nima bilan shug‘ullanasiz?


Download 26.3 Kb.
bet2/2
Sana14.02.2023
Hajmi26.3 Kb.
#1197670
1   2
Bog'liq
dilfuza opaaaa

Lev siz nima bilan shug‘ullanasiz?
— Men mijozlarni jalb qilish bilan shug‘ullanaman. Shu bilan birga, biz Timur ikkimiz boshqalar ishsiz qolmasligi haqida bosh qotiramiz. Materiallar va tabiiyki, dizayn bilan ham.
Mijozlaringiz ishlaringizdan qoniqish hosil qilmoqdami?
— Ular ishimizdan qanoat hosil qilayotganlarini internetda qoldirilayotgan fikrlaridan ham bilsa bo‘ladi. Qolaversa, mijozning oradan vaqt o‘tib, takroran murojaat qilishi, do‘stlariga tavsiya qilishi bizning ishimiz sifatiga berilgan xolis baho deb o‘ylaymiz.
Aziz bilan birga ko‘p bosqichlardan o‘tdik. Har xil holatlar, tortishib qolgan vaqtlarimiz ham bo‘ldi. Ammo, barcha masalani birgalikda hal qilamiz. Jamoamiz jiddiy yigitlardan tashkil topgan.
Ishni garajdan boshlagan ekansizlar. Xuddi Stiv Jobs kabi. Faoliyatngizni kengaytirib, boshqa davlatlarda ham shoxobchalarni ham ochishni reja qilyapsizlarmi?
— Kelgusida shunday g‘oya rejalashtirilgan. Biroq, hozircha, sir. Muzokaralar olib bormoqdamiz.
Sheriklar bilan muloqotimizni tugatgach, Mirzazizning o‘zini yana suhbatga tortdik. Hayotda ayrim insonlarning tushkunlik natijasida turli ishlarga qo‘l urishi, hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir fikrlarini so‘radik.
— So‘nggi vaqtlarda eshitib qolyapmiz, yoshlar orasida ishi yurishmasa, tushkunlikka tushganidan, umidsiz bo‘lganidan o‘zlariga tan jarohati yetkazish yoxud og‘irroq oqibatlarga qasd qilish hollari uchrab turibdi. Tushkunlikka, tushib, kelajakka yo‘l yopiqdek tuyulgan vaqtlarda inson nima qilishi kerak, qanday maslahatlar bergan bo‘lardingiz?
— Bunaqa holatlarda inson o‘zining kelajagi haqida o‘ylash kerak. Ham u dunyo ham bu dunyodagi rohatni o‘ylash kerak. Qiyinchilikka duch kelganda tushkunlikka tushish irodasiz insonlarda bo‘ladi. Barchamiz insonmiz, hammada har xil vaziyatlar bo‘ladi. Har qanday millioner yoki milliarderlar ham shunday tug‘ilmagan.
Tushkunlikka tushgan inson o‘z ustida ishlashni bilishi kerak. U hayotida o‘zi xohlagan narsalar bo‘lmayotganining sababini bilishi lozim. Masalan, hayotdan o‘ziga kerakli narsani qaytarib olish uchun o‘zi biror narsa berolmayotgandir. Til bo‘yicha desak, uni yetarli o‘rganmagandir. Yoki boshqa biror sohani egallagan bo‘lsa-da, uning ustasi bo‘lmagandir, yetarlicha bilimi va malakasi yo‘qdir.
Sabr birinchi o‘rinda va o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaslik. Alloh taolo ham bir tushkunlik ortidan bir yaxshilik beradi. Qur'on oyatlarida kelgan. To‘g‘ri fikrlab, irodasizlik qilmasdan harakat qilish darkor.
Inson o‘zining qiziqishini, hunar bo‘ladimi, kasbmi, hobbisini topa olishi lozim. Men uchun ushbu ateleda ishlash hobbi. Men hech qachon ishimdan ruhan yoki psixologik charchamayman. Jismoniy charchoq bo‘ladi, lekin kasbimdan, bir ishni qayta va qayta qilayotganim uchun zerikkanim yo‘q. Mijoz istagan narsani qilib bera oldim, qolgan narsa o‘zi keldi menga.
— Yoshlar orasida hunar o‘rganishga negadir qiziqish yo‘q. Birdaniga dasturchi bo‘lib qolgisi, yoki biror ofisda kursini egallab, amaldor bo‘lib qolgisi keladi. Yoshlikda otangiz shu hunarni o‘rgatayotgan vaqtda yoqmagandir, hozir shu hunar qo‘l keldi, qanday xulosaga kelyapsiz?
— Xulosam, albatta, mingdan-ming minnatdorman otamdan shu hunarni o‘rgatganlari uchun. Ha, yoshlik qilib, dangasalik bilan uni qilmayman, buni qilmayman, deb yurgan bo‘lishim mumkin, ammo yillar o‘tib, otam o‘rgatgan tajribalarni Moskvada rus sheriklarim bilan avtoatele ochib, qo‘llab kelmoqdaman.
Nimaga hunar o‘rganish kerak, o‘qishdan tashqari? Menimcha, diqqatni faqat o‘qishga qaratish kerak emas, agar inson o‘zi qiziqqan hunarni topa olsa va o‘rgansa, o‘qish bergan narsadan ko‘proq narsaga ega bo‘lishi mumkin. O‘zimdan misol keltirishim mumkin, o‘qidim ham, lekin diplom kerak ham bo‘lmadi, hunar esa, qayerga yoki qaysi davlatga borishingizdan qat'i nazar siz bilan birga.
P.S.: Umuman, avtoatele salonlarni tikishdan tashqari, avtomobillarga turli xizmatlarni ko‘rsatadi. Xususan, mijoz buyurtmasiga ko‘ra, kuzov ishlari, shu jumladan, polirovka, keramika bilan himoyalash ishlari bajariladi.

Download 26.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling