Mirzaliyev anvarjonning


(“Kuntug`mish“ dostoni tahliliga bag`ishlangan konferensiya darsi ishlanmasi)


Download 142.5 Kb.
bet2/2
Sana28.10.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1728548
1   2
Bog'liq
Mirzaliyev anvarjonning

(“Kuntug`mish“ dostoni tahliliga bag`ishlangan konferensiya darsi ishlanmasi)
Darsning maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: Xalq og`zaki ijodi va dostonchilik maktablari haqida ma`lumot berish, “Kuntug`mish” dostoni mazmunini o`rganish, dostonning badiiy xususiyatlarini o`rganish;

  2. Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sodiqlik, mehr-oqibat ruhida tarbiyalash;

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvcilarning mustaqil fikrlash ko`nikmasini rivojlantirish.

Dars turi: konfernsiya, mustahkamlash.
Darsning usuli: interfaol, guruhlar bilan ishlash
Darsning jihozi: darslik, rasmlar, AKT vositalari
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Sinf xonasini bayramona jihozlash. O`quvchilarni guruhlarga ajratish.
O`quvchilar “Baxshilar”, “Folklorshunoslar”, “Tilshunoslar”guruhlariga bo`linadilar.O`qituvchi darsni kirish so`zi bilan boshlaydi.
_Assalomu alaykum o`quvchilar! Xalq og`zaki ijodi azal-azaldan xalqimizning eng sevimli hamrohi bo`lib kelgan. Onalarimizning yoqimli allalari bilan dunyoni tanigan bo`lsak, buvijonlarimiz ertaklari bizni yaxshiliklar, ezguliklar, hayotning ajabtovur go`zalliklari tomon yetaklagan. Xalq dostonlari esa xalqimiz tarixini, turmush tarzini, urf-odatlarini, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi oynadir. Bugun “Kuntug`mish” dostoni tahlili misolida buning yaqqol guvohi bo`lamiz.O`quvchilarimiz guruhlarga bo`linib ushbu dostonni tadqiq etishgan.Darsimizni guruh o`quvchilari bilan tanishishdan boshlaymiz. Har bir guruh a`zolari guruh nomlarini izohlaydilar va bugungi mashg`ulotda oldilariga qo`ygan maqsad bilan yig`ilganlarni tanishtiradilar. Birinchi navbatni “Baxshilar” guruhiga beramiz.
_Xalq dostonlarini ijro etuvchi shoirlar “xalq baxshilari” deb atalgan. Biz bugun “Kuntug`mish” dostonining qisqacha mazmuni bilan sizlarni tanishtirmoqchimiz.Shuning uchun xuddi Ergash Jumanbulbul o`g`li, Fozil Yo`ldosh o`g`li, Tilla kampir, Islom shoir kabi mashhur baxshilarga havas qilib guruhimizni “Xalq Baxshilar” guruhi deb nomladik.
_Xalq og`zaki ijodini xalq orasidagi yuzlab ijod ahlidan yozib olib, saralab o`rganish, tadqiq etish , ularni kitob holida yana xalqqa qaytarish,kelgusi avlodlarga yetkazish oson ish emas.Ana shunday zahmatkash olimlar –folklorshunoslardir.Biz ularning mehnatlari samarasi o`laroq xilma-xil ertaklar, xalq dostonlarini o`qib o`rganmoqdamiz. Mahmud Zaripov, Xodi Zaripov, Muzayyana Alaviya kabi folklorshunos olimlarimiz izidan borish orzusida guruhimizni “Folklorshunoslar” guruhi deb nomladik. Bugungi maqsadimiz “Kuntug`mish”dostoni haqidagi izlanishlarimizni e`tiboringizga havola etish.
Har bir badiiy asar alohida san`at asari. Asarning badiiyligi uning tili va badiiy san`atlarninig mohirona qo`llanishidadir. Tilshunos olimlarimiz bu borada asarni tadqiq etadilar va baho beradilar.Biz ham “Kuntug`mish dostonining tili va badiiy xususiyatlari” borasidagi ayrim izlanishlarimizni taqdim etmoqchimiz. Shu sabab guruhimizni “Tilshunoslar”guruhi deb nomladik.
Guruhlar taqdimoti tugagach, o`qituvchi yangi mavzu bayoni yuzasidan navbatni birinchi guruhga beradi.
Magnitafon tasmasidan do`mbira sadosi eshittiriladi. Sahnaga baxshi qiyofasidagi o`quvchi kirib keladi. U “Kuntug`mish” dostonini qisqa hikoya qiladi. Sinf taxtasida doston qahramonlari nomi yozilgan ko`rgazma ilinadi.
Doston qahramonlari
Bosh qahramonlar: Kuntug`mish, Xolbeka, Mohiboy, Gurkiboy
Dostondagi epizodik qahramonlar:Avliyoyi Qoraxon, Buvraxon, Tohir va Shoir vazir, Cho`ponlar, Olim sayyod, Bahragul, Qosim, Zamonqul, Azbarxo`ja, Qushnoch. Ekranda quyidagi slayd namoyish etiladi.
Guruh a’zolaridan Kuntug`mishning ilm-u hunarda kamolotga erishganini,ishq yo`lida juda ko`p mashaqqatlar chekkanini so`zlab beradi. Sahnaga Kuntug`mish timsolidagi o`quvchi chiqadi:
Nog`ay yurti-o`sgan joyim,
Ko`kka chiqar qilgan ohim,
Qoraxon der qiblagohim,
Otam elga sulton bo`ldi.
No`g`aydadir mamlakatim
Qayrilib sindi qanotim,
Kuntug`mish der mening otim,
To`ra nomi nishon bo`ldi.
O’quvchilar Xolbeka haqida so`zlaydi.Xolbekaning dor ostidagi iltijosidan Xolbeka siymosidagi o`quvchi qiz parcha o`qiydi:
Qaladin qalampir yuklar qalachi,
Durdonadan anbar tog`ning og`ochi,
Analhaq deb Mansur senga osildi,
Assalom alaykum, dorning og`ochi.
Shonaman taralar qizlarning sochi,
Madad qiling Bobo Zangi podachi,
Analhaq deb Mansur senga osildi,
Assalom alaykum, dorning o`g`ocni.
Baxshi bola Kuntug`mish va Xolbekaning farzandlari Gurkiboy va Mohiboy haqida so`zlar ekan, xiyonatkor do`st Azbarxo`janing qilmishlariga alohida to`xtaydi. U tufayli doston qahramonlari boshiga tushgan ko`rgiliklar hikoya qilinadi. Gurkiboyning mulahazali va aqlli yigitligi, Mohiboyning quv va sho`xligi ta`kidlanadi, Doston so`nggida Kuntug`mish va Xolbeka farzandlari bilan topishib, murod-u maqsadlariga erishganliklari tinglovcilarga bayon etiladi.
O`qituvchi:
-Xalq dostonlariga xos xususiyatlardan biri ularda qiziqarli voqealarning hikoya qilinishi, qahramonlarning sarguzastlari yaxshilik bilan tugashidir. “Kuntug`mish” dostoni misolida buning guvohi bo`ldingiz. Endi navbatni “Folklorshunoslar” guruhiga beraniz.
Ikkinchi guruh a`zolari “Xalq dostonlari va ularning xususiyatlari”, “Kuntug`mish” dostonining yaratilish tarixi”, “Kuntug`mish timsoliga tavsif”, “Xolbeka timsoliga tavsif”, “Gurkiboy-mulohazali yigit”,”Mohiboy-mard yigit”, “Azbarxo`ja xitonatkor do`st timsoli” kabi kichik-kichik mavzularda ma`ruzalar taqdim etadilar. Taqdimotda qahramonlar tavsifi keltirilgan ko`rgazmalardan fo`ydalanadilar.
O`qituvchi “Folklorshunoslar “ taqdimotini yakunlaydi. “Kuntug`mish”dostoni xalq baxshilarining ijodiy salohiyatini baholash mezoni bo`lgani uchun ham juda ko`p baxshilar tomonidan mahorat bilan ijro etilganligiga to`xtaladi. Ayniqsa, Ergash Jumanbulbul o`g`li, Bekmurod Jo`raboy o`g`li, Nurmon Abduvoy o`g`li, Egamberdi Ollomuroddan yozib olingan variantlari mashhur ekanligi, darslikda Ergash Jumanbulbul o`g`li og`zidan yozib olingan nusxasi keltirilganligini ta`kidlaydi.
Navbat “Tilshunoslar” guruhi a`zolariga beriladi.Ular dostonning tili badiiy xususiyatlari haqida taqdimot namoyish etishadi.
Namoyishda quyidagi ko`rgazmalardan foydalanishadi:
“Kuntug`mish” dostonida qo`llangan badiiy san`atlardan namunalar
Talmeh:Shonaman taralar qizlarning sochi,
Madad qiling Bobo Zangi podachi,
Analhaq deb Mansur senga osildi,
Assalom alaykum, dorning o`g`ogochi...
Mubolag`a: Sen muncha bo`lib purxun, ko`z yoshing oqar Jayhun,
Yo Laylimisan Majnun, qaydin kelasan,ayg`il.
Saj: Qoraxon qarasa, qog`ozda bir qiz turibdi qaqqayib: qoshini kerib, labini burib, chikka bel bo`lib, shirin qilib kulib, taraqqos boylab, suqsurday bo`ylab, tovusday taranib, bellari buralib turibdi.
Kinoya:Kuntug`mish ikki o`g`liga buyurdi:”Mening “dostimdan”ochlaringni olinglar.
Dostonda qo`llangan hikmatli so`z va xalq maqollari
“Yaxshilarning yuzin ko`rsang jannatdir,Yomon odam qilgan ishi minnatdir”, “Kamlikning kamoli bor, manmanlikning zavoli”,”G`aribning ko`nglini ovlamoq savob”,”Zarning qadrini zargar bilar har yerda”, “Musofirchilikda yo zar yarar,yo zo`r yarar kuningga”, “Xon g`azabi-Xudo g`zabi”.
O`qituvchi o`quvchilarning taqdimotini izohlar bilan to`ldirishi mumkin.
Taqdimot yakunida test o`tkazilib, “Bumerang” usulida g`olib guruh aniqlanadi. Mehmonlar guruhlarni rag`batlantirishga taklif etiladi.
Uyga vazifa:”Kuntug`mish va Xolbeka timsollariga tavsif” mavzusida insho yozish.
Iyun oyida viloyat xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlashva ularning malakasini oshirish institutida “Mahorat maktablari” faoliyati samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari:
Muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkazildi. Anjumanning Til va adabiyot ta`limi sho`basida ham nihoyatda dolzarb va qiziqarli ma`ruzalar tinglandi. Bugungi kunda ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari oldiga qo`yilgan vazifalar, adabiyot ta`limidagi ilg`or tajribalar haqida do`stona suhbat qurildi.Ayniqsa, umumiy o`rta ta`lim maktablari adabiyot darslarida mahalliy ijodkorlar hayoti va ijodini o`rganish, ularning ijodiy merosidan o`quvchilarni boxabar etish va shu orqali o`quvchilar qalbida milliy g`urur, vatanparvarlik, ajdodlar xotirasiga hurmat tuyg`ularini tarbiyalash
Taklifi o`rtaga tashlandi. Darhaqiqat, O`zbekistonning jannatmonand tabiati, turfa tabiatli tanti xalqi, yurt ishqi qanchadan qancha she`rsevar qalblarning qo`liga qalam tutqazgan. Ular orasida el og`ziga tushgan va tushmagan ijod ahllari bor. Maktabda o`tkaziladigan Adabiyot to`garagi mashg`ulotlarida ana shunday ijodkorlar haqida ma`lumotlar berish to`garak rejalariga kiritilishi kerak, deb o`ylaymiz.
Namangan azaldan shoirlar yurti. Bu zamindan juda ko`plab mashhur so`z san`atkorlari yetishib chiqqan. Bizning zamondoshlarimiz orasida ham o`zbek adabiyotida o`ziga xos iz qoldirgan ijodkorlar ham talaygina. Ulardan biri iste`dodli shoir, Namangan bulbuli-Habib Sa`dulladir.O`zbekiston xalq shoiri Habib Sa`dulla Said Ahmad, Erkin Vohidov, Abdulla Oripo v,Shukur Xolmirzayev, O`tkir Hoshimov kabi zamonamizning zabardast ijodkorlari bilan yelkama-yelka turib ijod qildi. Uning o`ndan ortiq she`riy to`plamlari va dostonlari, hamkorlikda yaratilgan sahna asarlari muxlislar qalbidan mustahkam o`rin olgan. Shoir she`riyati hayotiyligi, purhikmat xulosalarga boyligi bilan kishini o`ziga jalb qiladi.Masalan, “Zargar” she`rini mutolaa qilaylik:
Qay oltin buyumga tashlasam nazar,
Zargar san`atini ko`raman har gal.
Zargar zahmatidan olmishdir sayqal,
Ko`zim qamashtirib yaltirovchi zar.
Do`stim, sen oltindan ming bor bebaho,
Inson degan noming gavhardan qimmat.
Senga sayqal berib, berib ko`rk-jilo
Qimmating oshirgan zargar, bu- mehnat.
Shu zargar o`tida pishib – toblanib,
Hur hayot ko`rkiga bo`lmasang bezak,
Qani, ayt-chi,
Sening oltinliging kim uchun kerak?!
Shoirning Vatan mavzusidagi she`rlari ham o`ziga xos. Shoirning nazarida Vatan bu- oddiy tuproq, go`zal bog`-rog`lar, bag`riga boylik yashirgan tog`lar, tubida javohir saqlagan daryolar,poyida yastangan baxmal o`tloqlar emas. Balki:
Vatan muqaddas, deb kuylaganimda,
Seni o`ylagayman, ey qodir inson!
Dunyo tarixidan so`ylaganimda,
Sen bilan namoyon bu ko`hna jahon.
Menga nechun kerak bu cheksiz dunyo,
Nechun menga bog`-rog`, javohir-u zar.
Gung tog`lar – oddiy tosh,
Tuproq – xor tuproq
Sening muhabbating tushmasa agar.
Shoir dostonlarida esa, ijodkor o`zi ta`kidlaganidek, “urushlarning qabohati va tinchlikning qadr – qimmati haqidagi o`ylari” o`z ifodasini topgan. Biz ana shunday iste`dodli shoir va el nazariga tushgan ijodkor merosi haqidagi ma`lumotlar adabiyot darsliklaridan joy olishini juda-juda istar edik.
Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling