Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
Tabiiy geografiya kurslari o’quvchilarga Yer qobiqlari to’g’risida,
ular orasidagi aloqalar haqida, har bir materik,okeanning tabiati, O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiati haqida ma’lumotlar beradi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslari o’quvchilarga O’zbekiston va jaxon iqtisodining asosiy xususiyatlari xaqida bilimlar beradi. Akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida “Amaliy geografiya” kursi o’tiladi. Mazukr kurs geografiya fanining amaliy tomonlarini ochib beradi va quyidagi qismlardan iborat: 1. Birinchi bo’lim: amaliy geografiyaning maqsadi va vazifalari; amaliy geografik tadqiqotlar; tabiiy geografik jarayonlar; jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri; tabiat komplekslari va ularning barqarorligi; geografik baholash; geografik bashorat; atrof – muhit monitoringi; geografik ekologik ekspertiza ishlari; ekologik muammolar va ularning yechimi; ishlab chiqarishning texniki – iqtisodiy asoslari. 2. Ikkinchi bo’lim: geosiyosat asoslari: O’zbekistonning geosiyosiy o’rni va kelajagi; hozirgi zamonning geosiyosiy muammolari. Oliy geografiya ta’limida mutaxasislik fanlari o’rganiladi. Yordamchi maktablarda geografiya ta’limining tuzilishi quydagi qismlardan iboart: ‐VI sinf – tabiiy geografiya (boshlang’ich kurs); ‐VII sinf – materiklar va okeanlar geografiyasi; ‐VII sinf – O’rta Osiyo va O’zbekiston geografiyasi; Yordamchi maktablardagi geografiya kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri ularning soddalashtirilganidadir. O’zbekiston mustaqillikka erishgach har bir fan bo’yicha davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi. Davlat ta’lim standarti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining raisi tomonidan 1999 yil 16 avgustda tasdiqlangan. SHundan so’ng geografiya ta’limi bo’yicha davlat ta’lim standartiga sharx ishlab chiqildi.Mazkur sharx ikki qismdan iborat: ‐ “Ta’lim mazmunining majburiy minimumlari”; ‐ “Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar”; Ta’lim mazmunining majburiy minimumi 6 yo’nalish bo’yicha ishlab chiqildi. 1. Geografiyaning nazariy asoslari. 2. Geografiyaning tadqiqot metodlari. 3. Tabiiy va sotsial iqtisodiy ob’ektlar. 4. Xodisalar va jarayonlar 36 5. Olamni idrok etishning moddiy va ma’naviy madaniyatda ifodalanishi. 6. Xudud geografik tavsifining tuzilishi. Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar quydagi ko’rsatkich orqali aniqlanadi: 1. Ayta (ko’rsata) olishi 2. Aniqlay (o’lchay) olishi 3. Tasvirlay olishi 4. Tushuntira olishi 5. Bashorat qila olishi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling