Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/169
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#244028
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   169
Bog'liq
Амалий география ўқитиш усуллари

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


37 
 
III‐BOB. O’QITISH METODLARI VA ULARNI TANLASH 
  
O’qitish  metodlarini  mazmunan,  mohiyati  va  vazifasi  haqida  juda 
ko’p  fikrlar  mavjud.  Ularni  umumlashtirib  ifoda  qilinganda  o’qitish 
metodiga  quyidagicha  ta’rif  berish  mumkin:  o’qitish  metodi  deb  ta’lim 
maqsad‐lariga 
eririshish 
uchun 
o’qituvchi 
va 
o’quvchilarning 
birgalikdagi faoliyatigaytiladi. 
O’quv jarayonida o’qituvchining maqsadi bilim berish, O’quvchilar‐
ning  maqsadi  bilim  olishdir.  Mazkur  maqsadlarga  erishish  uchun 
pedagogikada qator o’qitish metodlari ishlab chiqilgan. 
 
3.1.O’qitish metodlarini sinflashtirish 
O’qitish  metodlari  juda  ko’p  belgilar  asosida  sinflashtirilgan. 
Shuning  uchun  o’qitish  metodlarini  sinflashtirishni  qator  variantlari 
mavjud. 
Dastlab  o’qitish  metodlarini  sinflashtirish  nemis  olimi  Oberlender 
tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur sinflashtirish XX‐ asrning 30‐yillari‐
gacha foydalanildi. 
Oberlender 
geografiya 
o’qitish 
metodlarini 
qo’yidagicha 
sinflashtirgan: 
‐  analitik  metodlar.Avval    Yer  bir  butun  ob’ekt  sifatida  o’rganiladi, 
so’ngra  uning  ayrim  qismlari  o’rganiladi.  Masalan,  «Materiklar  va 
okeanlar  tabiiy  geografiyasida  avval  Yerning  umumiy  xususiyatlari  va 
qonunyatlari  ochib  beriladi.  So’ngra  alohida  materik  va  okeanlarning 
tabiiy geografik xususiyatlari o’rganiladi; 
‐ sintetik metodlar. Avval alohida joylar o’rganiladi, so’ngra Yer bir 
butun o’rganiladi; 
‐ konstruktiv metodlar. Bunda o’quvchi karta chizish davomida yer 
yuzasi relefi haqida bilimlarni egallaydi; 
‐  bog’lovchi  metodlar.  Bunday  metodlar  bilan  ishlanganda  o’rgani‐
layotgan xodisalar o’rtasidagi aloqa va bog’liqliklarni o’rganishga  katta 
e’tibor  beriladi;  masalan,  balandga  chiqqan  sari  harorat  va  bosimni 
pasayishi va  x.k; 
‐  guruhlashtiruvchi  metodlar.  Bir  xil  geografik  xodisalarni 
qiyoslashga  asoslangan.  Masalan,  daryolarning  to’yinishi,  yog’inlarni 
taqsimlanishi, sanoatni ayrim tarmoqlarini joylanishi va h.k.: 
Keyinchalik ushbu metodlar boshqa olimlar tomonidan takomillash‐
tira boshlanadi. D.D. Semenov, E.Yu. Petri, A.S. Sokolov, V.P. Budanov, 


38 
 
S.P.  Arjanov  tomonidan  qayta  ishlab  chiqildi.  S.P.  Arjanov  geografiya 
o’qitish  usullariini  quyidagi  guruhlarga  bo’ladi:  analitik,  sintetik, 
kontsen‐trik, 
assotsiyalashtiruvchi, 
guruhlashtiruvchi, 
taqqoslash, 
tajriba, o’zaro aloqa, evristik, sintetik‐genetik, tajriba. 
Xalq  komissariatining  1934  yil  15  may  «Geografiyani  boshlang’ich 
va  o’rta  maktablarida  o’qitish  haqida»  qaroridan  so’ng  mavjud  o’qitish 
metodlari qattiq tanqid ostiga olindi. 
«O’qitish  metodi»  degan  tushunchani  yangi  mazmuni  va  mohiyati 
ishlab  chiqildi.  V.G.  Erdeli  tomonidan  geografiya  o’qitish  metodlarini 
ikki  guruhga  bo’lish  tavsiya  etildi:  barcha  fanlarda  qo’llaniladigan 
metodlar;  faqat  geografiya  fanida  qo’llaniladigan  metodlar  (masalan, 
karta bilan ishlash metodlari). 
A.A  Polovinkin  1938  yili  «Tabiiy  geografiya  metodikasi»  nomli 
darsligida  quyidagi  metodlarni  ajratadi:  og’zaki  bayon,  kartografik, 
diapozitiv; plastilin; darslik va globus bilan ishlash; ekskursiya va tajriba 
metodlari.  V.P.  Budanov  1939  yil  «Tabiiy  geografiyani  o’qitish 
metodikasi»  nomli  kitobida  o’qitish  metodikasiga  quyidagicha  ta’rif 
beradi:  «O’quvchilarni  yangi  bilim  va  ko’nikmalarni  o’zlashtirishini 
o’qituvchi tomonidan boshqarilishi». V.P. Budanov quyidagi metodlarni 
ajratadi:    jonli  so’z;  darslik  bilan  ishlash,  globus  va  karta  bilan  ishlash, 
ko’rgazmali,  kuzatish  va  tajriba.  XX  asrning  50–yillaridan  so’ng  ushbu 
muammo 
N.N. 
Baranskiy, 
A.V.Darineskiy, 
V.A. 
Juchkevich, 
V.A.Korinskaya O. Mo’mi‐novlar tomonidan rivojlantirildi. 
SHuni  ta’kidlab  o’tish  joizki,  har  doim  turli  davrlarda  o’qitish 
metodlarini  sinflashtirish  bitta  yagona  qoida  asosida  olib  borildi,  ya’ni 
bilish  manbalariga  asosan.  Shuning  uchun  hozirgi  davrda  geografiya 
o’qitish metoddikasida metodlarni bilish manbalariga ko’ra sinflashtirish 
keng  tarqalgan. Suhbat, ma’ruza, kartalar bilan ishlash, kuzatish, tajriba, 
darslik  bilan  ishlash,  statistik  ma’lumotlar  bilan  ishlash  metodlari 
umumta’lim  maktablarida  u  yoki  bu  shaklda  keng  qo’llanilamoqda. 
Oxirgi  davrlarda  o’qitish  metodlarini  ishlab  chiqish  kuchayib  ketdi. 
Geografiya  o’qitish  metodlarini  bilish  manbalariga  ko’ra  sinflashtirish 
tanqid  ostiga  olina  boshlandi,  chunki  ushbu  metodlar  asosan  tashqi 
belgilarga  qarab,  o’quvchilarni  o’quv  faoliyatini  hisobga  olgan  holda 
sinflashtirilgan. 
Endi  geografiya  o’qitish  metodlarini  metodologik  asosini  ko’rib 
chiqamiz.  Falsafa  fanida  «metod»  tushunchasiga  qo’yidagicha  ta’rif 
beriladi;  «Borliqni  amaliy  va  nazariy  o’rganish».  Ushbu  ta’rifni  asosan 


39 
 
ilmiy  va  o’quv  tomonlari  turlicha,  shuning  uchun  ushbu  ta’rifni 
to’g’ridan  to’g’ri  o’quv  jarayoniga  qo’llab  bo’lmaydi,  chunki  ularni 
maqsadlari  va  faoliyat  shakllari  turlicha.  Ammo  ularning  umumiy 
tomonlari ham bor. Ularning eng umumiy tomoni fan ham, o’qitish ham 
bilish  jarayoni  hisoblanadi.  Ilmiy  bilishda  ob’ekt  bo’lib  borliq,  sub’ekt 
bo’lib  tatqiqotchi  (olim)  hisoblanadi.  O’qitish  jarayonida  ob’ekt  bo’lib 
o’quv  predmetining  mazmuni,  sub’ekt  bo’lib  o’quvchilar  hisoblanadi. 
Ikkala  sharoitda  ham  alohida  o’rinni  sub’ektning  faoliyati  egallaydi. 
Mana  shu  narsa  o’qitish  metodini  falsafiy  ta’rifini  o’quv  jarayoniga 
qo’llashga imkon beradi. 
Endi  o’qituvchi  bilan  o’quvchining  maqsadlarini  aniqlab  olishimiz 
lozim. 
O’qituvchining o’qitish maqsadlari qo’yidagilardan iborat: 
‐ o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni egallashini ta’minlash; 
‐ o’quvchilarni ongini rivojlanishini ta’minlash; 
‐  egallangan  bilim  va  ko’nikmalar  asosida  o’quvchilarni 
shakllanishini ta’minlash, ya’ni ularni tarbiyalash. 
O’qitish  (o’quvchi)ning  metodi  bitta  maqsadga  yo’naltirilgan,  ya’ni 
bilim  va  ko’nikmalarni  egallash.  Demak,  o’quvchilarning  maqsadi, 
o’qituvchilarning  o’qitish  metodining  asosini  tashkil  qiladi.  O’qituvchi 
o’quv  jarayonini  boshqaribgina  qolmasdan  balki  mana  shu  jarayonning 
ichida  bo’lmog’i    lozim,  ya’niy  o’quvchilarni  bilim  va  ko’nikmalarni 
egallashida  bir  paytning  o’zida    ham  boshqaruvchi  ham  yordam 
beruvchi  bo’lishi  zarur.  Bularni  barchasi  o’qitish  metodlariga 
qo’yidagicha  ta’rif  berishga  imkon  beradi:  «O’quv  mazmunini 
o’zlashtirishga  imkon  bera‐digan  o’qituvchi  va  o’quvchilarning 
birgalikdagi faoliyatidir». 
Metod doimo o’quv mazmuniga mos kelishi lozim. Maktab geogra‐
fiyasida  esa  geografiya  o’qitish  metodlari  so’zsiz  geografiya  fanining 
bilish  metodlariga  mos  kelishi  kerak.  O’qituvchi  va  o’quvchining 
faoliyatiga  quyidagilar  kiradi:  kartografik  ma’lumotlar  va  qo’llanmalar 
bilan  ishlash usullari; kuzatish va tajriba o’tkazish; statistik ma’lumotlar 
bilan  ishlash;  turli  xil  chizmalar  bilan  ishlash;  iqtisodiy  hisob  ‐  kitoblar. 
Demak,  o’qi‐tuvchi  va  o’quvchining  faoliyati  o’qitish  metodini  tashkil 
qilar ekan. 
Hozirgi 
vaqtda 
geografiya 
ta’limida 
o’qitish 
metodlarini 
qo’yidagicha sinflashtirish keng tarqalgan: 
I.Bilim olishning asosiy manbalariga ko’ra 


40 
 
1.O’qitishning og’zaki usullari; 
2.Kartografik qo’llanmalar bilan ishlash; 
3.Ko’rgazmali qo’llanmalar bilan ishlash; 
4.Kuzatish va tajriba metodlari; 
5.Statistik ma’lumotlar bilan ishlash; 
6.Darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash; 
7.Amaliy metodlar; 
8.Zamonaviy axbarot texnologiyalaridan foydalanish; 
9.Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish; 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling