Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
6.4.Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi Mazkur darsning asosiy vazifasi geografiya predmetlari uchun xos bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirishdir. Mazkur ko’nikmalar nazariy bi‐ limlarni o’zlashtirishga, mustahkamlashga va amalda qo’llashga imkon beradi. Ko’p xollarda mazkur darslarni bilimlarni mustahkamlash va geog‐rafik ko’nikmalarni shallantirish darsi ham deb ataladi. O’qitishni sifatini oshirishdagi vazifalarni kuyilishi va yechilishi munosabati bilan hamda o’quvchilarni amaliy faoliyatga bo’lgan e’tiborni ortishi bilan mazkur dars‐lar turini ahamiti yanada ortadi. Bunday darslarda o’quvchilar faoliyatini asosiy shakli bo’lib amaliy ishlarni bajarish hisoblanadi. Mazkur amaliy ishlarni bajarish davomida o’quvchilarda geografik ko’nikmalar shaklla‐nadi. Ushbu darslarda o’quvchilarni nazariy va amaliy faoliyati bir‐biri bilan chambarchas bog’langan. Shuning uchun geografik ko’nikmalarning katta qismi yangi bilimlarni olish jarayonida shakllatiriladi. Ayrim amaliy ishlar mazkur darslarda bajariladi, masalan, geografik koordinatalarni aniqlash, masshtab turlari bilan ishlash, Turon tekisligi bo’ylab o’tkazilgan tabiiy geografik kesmani tahlil qilish. Ayrim amaliy ishlarni yangi mavzuni o’rganib bo’lgandan keyin bajarish mumkin. Bunda olingan bilim va ko’nikmalar mustahkamlanadi. Masalan, o’quvchilarni iqtisodiy diagram‐malar bilan ishlash ko’nikmalarini darsni mustahkamlash bosqichida olib borish mumkin. Amaliy mashg’ulotlarni uyga vazifani tekshirish jarayoni‐da xam o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar ma’lum bir qolip asosida ishlashadi. Ya’ni ma’lum bir qolip asosida daryoga, dengizga yoki ko’llar‐ga ta’rif berish, ayrim davlatlarni iqtisodiy geografik ta’rifini tuzish va h.k. Amaliy ishlar ikki turga bo’linadi: o’qitadigan (o’rgatadigan); yaku‐ niy. O’rgatuvchi (mashq qildiradigan) amaliy ishlarning maqsadi o’quv‐ 85 chilarni ma’lum bir geografik topshiriqni bajarishga o’rgatishdir. Masalan, geografik kordinatalarni aniqlash, kartada masofani masshtab orqali aniqlash; daryo suv sarfini hisoblash; xududni tabiiy geografik tavsifini tuzish; demografik ko’rsatgichlarni hisoblash; iqtisodiy geografik tavsif‐larni tuzish. Demak, o’rgantuvchi amaliy ishlarda turli ko’nikmalar shakllantiriladi, tegishli bilimlar mustahkamlanadi. Qator o’rgatuvchi amaliy ishlardan so’ng yakuniy amaliy ish o’tka‐ ziladi. Uning maqsadi olingan bilim va shakllantirilgan ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasini tekshirishdir. Masalan, Chirchiq Oxangaron o’lka‐sini tabiiy geografik tavsifini tuzishi ko’nikmalari shakllantrilgandan so’ng O’zbekistonnni boshqa tabiiy geografik o’lkalarini o’qituvchilar amaliy mashg’ulot darslarida mustaqil o’rganishlari mumkin. Buning uchun o’qituvchi tabiiy geografik o’lkalarni o’rganish texnologiyasini modul tizimini ishlab chiqishi mumkin. Xar bir tabiiy geografik rayon uchta quyidagi modullarga bo’linadi: tabiiy geografik rayonni geografik joylashishi va chegaralari; yer yuzasini tuzilishi, geoglogik sharoiti va foydali qazilmalari; ichki suvlari, tuprog’i o’simligi va hayvonot dunyosi. Mazkur modullar yanada mayda modul‐larga bo’linadi. Masalan, ikkinchi modulni quyidagi modulchalarga bo’li‐shimiz mumkin: rayonning relefi; rayonning geologik tuzilishi; rayonning foydali qazilmalari. O’quvchilar bilim va ko’nikmalarni yaxshi o’zlashti‐rishlari uchun mazkur modullarni yanada maydaroq qismlarga bo’lish mumkin. Masalan, foydali qazilmalar modulini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: yoqilg’i energitika foydali qazilmalari; metalli foydali qazilmalar; nometall foydali qazilmalar. Demak, yakuniy amaliy ishlar geografik voqea va xodisa xamda ob’ektlarni tavsifiga bag’ishlanar ekan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida barcha xalq xo’jaligi tarmoqlarini yoki ayrim davlatlarni modul texnologiyasidan foydalanib o’rganish mumkin (3‐rasm). Demak, yakuniy amaliy ishlar geografik voqea va xodisa xamda ob’ektlarni tavsifiga bag’ishlanar ekan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida hamma xalq xo’jaligi tarmoqlarini yoki ayrim davlatlarni modul texnologiyasidan foydalanib o’rganish mumkin. Masalan, jahon sanoatini o’rganishda uni quyidagi modullarga bo’lib o’rganish mumkin: metal‐lurgiya sanoati; mashinasozlik; yengil sanoat; qurilish xom ashyosi sanoati; oziq‐ovqat sanoati; va h.k. ular o’z navbatida yana maydaroq modullarga bo’linib ketishadi. Masalan, mashinasozlikni yana quyidagi 86 modulchalarga bo’lib yuborish mumkin: avtomobilsozlik; stanoksozlik; podshipnik ishlab chiqarish; teplovozsozlik; samalyotsozlik; ekskovatorsozlik; vagonsozlik; qishloq xo’jaligi mashinasozligi; kemasozlik; va h.k. Geografik ko’nikma va malakalarni shakillantirish darsi quyidagi qismlarga bo’linadi: ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni qo’yish; o’quvchi‐ larni o’quv vositalari bilan tanishtirish (darslik, karta, jadvallar, diag‐ rammalar). Ular amaliy mashg’ulotlarni bajarishda zarur bo’ladi; o’quv ishlari usullarini o’zlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berish; amaliy ishlarni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berish; bajarilgan amaliy ishlar natijalarini rasmiylashtirish; qilingan ishlarni yakunlash; uyga vazifa berish va uni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berish. Amaliy ishlar bajarishni samaradorligi ishni aniq tashkil qilishga bog’liq: qiyoslash; solishtirish; oddiy hisob ‐kitoblarni bajarish; ma’lum reja yoki qolip asosida geografik voqea va hodisalarni tavsifini tuzish; bog’‐liqliklarni aniqlash; karta bilan ishlash va h.k. 3‐rasm 87 Geografik ko’nikma va malakalarni shakillantirish darsida faqat yakuniy amaliy ishlar bajariladi. Bunday darslar quyidagi tashkiliy qismlardan iborat: darsni maqsadini qo’yish; yangi bilimlarni tushuntirish jarayonida o’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilish; darsni mantiqiy qismlari bo’yicha yakunlash va mustahkamlash; olingin bilim va ko’nik‐malarni amalda qo’llash; uyga vazifa berish. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling