Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
VI-BOB. AMALIY GEOGRAFIYA DARSI TURLARI
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1. Kirish darsi.
VI-BOB. AMALIY GEOGRAFIYA DARSI TURLARI
Amaliy geografiya darslari ta’limni tashkil qilishning eng asosiy turlardan hisoblanadi. Geografiya darslari didaktik maqsadlarga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: kirish darsi; yangi mavzuni o’rganish darsi; aralash dars; ma’ruza darsi; takrarlash darsi. 6.1. Kirish darsi. Kirish darsi umumta’lim maktablarida geografiya predmetlarini va yirik mavzularni o’rganishda yo’llanma vazifasini o’taydi. Kirish darsining asosiy maqsadi ma’lum bir kurs va mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar berishdir. Kirish darsi quyidagi qismlardan iborat: o’quv yilini boshida o’tkaziladigan kirish darslari; yirik mavzularni o’rga‐nishdan olidin tashkil qilinadigan kirish darslari; chorak boshlanishida o’tkaziladigan kirish darslari. O’quv yilining boshida birinchi darsda o’qituvchi quyidagi ishlarni bajaradi: ‐ darslik va uning mualliflari bilan tanishtirish; ‐ darslikni tuzilishi bilan tanishtirish (qismlar, boblar, ilovalar, rasmlar, jadvallar); ‐ darslikdan foydalanish tartibi bilan tanishtirish. Toza tutish yirtmaslik, chizmaslik, yozmaslik va h.k. Yirik bo’limlarni o’rganishda ham kirish darslaridan foydalanish mumkin. “Boshlang’ich tabiiy geografiya” kursida Yer qobiqlari bo’limini o’rganishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin. Unda quyidagii xolatlarga e’tibor bermoq lozim: ‐ geografik qobiqni qatlamsimon bo’lib tuzilganligi, ya’ni litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalardan iborat ekanligi; ‐ har bir qobiq alohida moddalardan tuzilganligi, ya’ni litosfera qattiq moddalardan, gidrosfera suyuq modalardan (suv), atmosfera gazsimon moddalardan, biosfera esa tirik moddalardan iborat ekanligi xaqida bilimlar shakllantiriladi. Shundan so’ng o’quvchilar ongida Yer qobiqlari haqida tushunchalar shakllanadi va umumiy tasavvurlar xosil bo’ladi. Iqtisodiy geografiya darslarida xam xuddi shunday kirish darslarini tashkil qilish mumkin. Masalan, “Jaxon iqtisodiy va ijtimoiy georafiyasi” kursida jaxon xo’jaligini o’tishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin: unda quyidagi holatlarga o’quvchilar diqqati qaratiladi: ‐ jahon xo’jaligi haqida tushuncha beriladi; ‐ jahon xo’jaligining tarkibiy qismlari chizib ko’rsatiladi (2‐rasm); 81 Sanoat Qishloq xo’jaligi Transporti Xalqaro iqtisodiy aloqalar 2‐rasm. Jaxon xo’jaligi tarkibiy qismlari. ‐ shundan so’ng sonoat, qishloq xo’jaligi, transport va xalqaro iqtisodiy aloqalarni tuzilishi alohida tushuntriladi. Masalan, transport tarmog’i quyidagi qismlarga bo’linadi: quruqlik, suv, havo, quvur, elektron. Amaliy geografiya darslarida xam xuddi shunday kirish darslarini tashkil qilish mumkin. Masalan, unda quyidagi holatlarga o’quvchilar diqqati qaratiladi: Amaliy geografiyaning asosiy vazifalari, landshaftlarni baholash hamda bashoratlashni amalga oshirishga, rayon planirovkasi va shaharsozlik haqida umumiy tushunchalar beriladi, tabiiy resurslarga iqtisodiy baho berish, geografik ekspertiza, rayonlashtirish va iqtisodiy geografik bashoratlar ko`rib chiqiladi. Bundan tashqri kirish darslarida quyidagi maqsadlar ham amalga oshiriladi; bo’lajak o’quv ishlari uchun o’quvchilar pisixalogik jixatdan tayyorlanadi; o’quvchilarga geografiya fani va geografik bilimlariga nisbatan qiziqish uyg’otiladi. Kirish darsida bitta mavzu o’rganilganligi uchun unda darsni barcha elementlari mavjud emas. Unda tashkiliy qism, yangi bilimlarni o’rganish, ayrim xollarda vaqt yetarli bo’lsa bilimlarni mustahkamlash va uyga vazifa berish amalga oshiriladi. Ko’p hollarda kirish darsida asosan yangi material o’tiladi, uyga vazifa berilmasligi ham mumkin. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling