77
5.4. O’qituvchini darsga tayyorgarligi
O’qituvchi har bir darsga chuqur va to’la tayyorlanmog’i lozim.
O’qituvchini darsga tayyorgarligi quyidagi qismlardan iborat: darsni
maqsad va vazifalarini aniqlash; darsning mazmunini aniqlash;
o’qitishni metodlarni aniqlash; o’qitish vositalarini tanlash; darsni
tarkibiy tuzilishini aniqlash. Darsni maqsadi bu mazkur dars davomida
o’quvchilar o’qituvchi raxbarligida o’quv tarbiya va rivojlantirish
bo’yicha erishadigan oldindan rejalashtirilgan yakuniy natijadir.
Darsning maqsadi mazkur mavzu bo’yicha dasturdagi va darslikdagi
materiallar mazmunini ishlab chiqish asosida aniqlanadi. Darsning
maqsadini aniqlash uni mazmunini ishlab chiqishga, o’qitish materialini
tanlashga va darsni borishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Maqsad
aniqlangandan so’ng ushbu maqsadga erishish uchun darsning tuzilishi
ishlab chiqiladi. Darsning maqsadini aniqlash quyidagi talablarga javob
berishi mumkin:
‐ darsning maqsadi juda qisqa shaklda ifodalangan bo’lmog’i lozim;
‐ darsning maqsadida o’quvchilar qanday bilimlarni egallashlari,
qanday ko’nikmalar shakllantirilishi ifodalangan bo’lmog’i lozim;
‐darsda qanday bilim va ko’nikmalarni shakllantirilishi yoki ularni
chuqurlashtirish ko’rsatilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: