O’qitish metodini tanlash. O’qitish metodlarini tanlash darsni
maqsadi va o’quv materiallari mazmuniga bog’liq.
O’qitish metodini tanlash o’rganiladigan mavzuni mazkur kursda
tutgan o’rniga bog’liq. Ma’lum bir kursni o’rgangan sari o’quvchilarni
bilimlari ortib boradi, shundan so’ng reproduktiv usulni qo’llash
mumkin. Bundan tashqari ijodiy usullarni ham qo’llash mumkin.
Masalan, O’zbekiston tabiiy geografiyasini ikkinchi regional qismini
o’quvchilar kartalar yordamida mustaqil o’rganishlari mumkin. Xuddi
shunday ishlarni o’quvchilar jaxonnning iqtisoditsy va ijtimoiy
geografiyasini alohida davlatga bag’ishlangan qismini o’rganishda ham
amalga
oshirishlari
mumkin.
O’qitish
metodlarini
tanlashda
o’quvchilarni yoshlari ham hisobga olinmog’i lozim. Quyi sinf
o’quvchilari uzoq vaqt diqqat bilan eshita olishmaydi, tez toliqishadi va
zerikishadi. Shuning uchun quyi sinflarda o’qituvchi o’qitish metodlarini
tez‐tez o’zgartirib turishi zarur. Bunda o’yinlardan foydalanish katta
samara beradi, chunki bunday sharoitda o’quvchilar toliqmaydi va
kerakli bilim va ko’nikmalarni tez o’zlashtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |