Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
Darsning mazmunini aniqlash. Darsni mazmunini quyidagi bilim
manbalar asosida aniqlash mumkin: ‐darslik asosida. Darslikda har bir mavzu uchun alohida matn ajratilgan bo’ladi. Matn, rasmlar, chizmalar va jadvallar bilan jihozlangan bo’ladi. Matnni oldida o’tgan darsga doir yoki matnni mazmunini tushu‐nishni yengillashtiradigan savollar beriladi. Matnni oxirida esa olingan bilimlarni va ko’nikmalarni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar tizimi beriladi; ‐ mazkur kurs uchun nashr qilingan metodik qo’llanmalarda xar bir mavzu yoki bo’limni o’qitish metodikasi bo’yicha tavsiyalar berilgan. Demak, darslik bilan birga metodik qo’llanma ham dars mazmunini ishlab chiqishda asosiy manba bo’lishi mumkin; ‐ qo’shimcha adabiyotlar dars mavzusi mazmunini ishlab chiqishda muxim manba bo’lib hisoblanadi. Masalan, O’zbekiston iqtisodiy rayon‐ larini o’rganayotganda har bir viloyat bo’yicha chiqarilgan kitob va risolalardan foydalanish mumkin. Materiklar va okeanlar kursini o’rga‐ nayotganda har bir materik yoki okean tabiiy sharoitiga bag’ishlangan kitoblardan foydalanish mumkin; ‐ kundalik matbuot. Radio va tilevideniya ma’lumotlaridan ham dars mazmunini ishlab chiqishda foydalanish mumkin; 78 ‐ dars yanada qiziqarliroq o’tishini ta’minlash uchun sayyoxlar va olimlarning esdaliklari, turli xil xalqlarning urf‐odatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanish ham katta natija beradi. Dastlab darsni ta’limiy va g’oyaviy mazmuni ishlab chiqiladi. Dars nixoyatda murakkablashib, materiallar ko’payib ketmasligi uchun o’quv mavzusi mazmuni ishlab chiqilayotganda asosiy, ikkinchi darajali va qo’shimcha materiallar ajratiladi. Ikkinchi darajali va qo’shimcha mate‐ riallar darsni asosiy mazmunini oydinlashtirish va chuqurlashtirish maqsadida ishlatiladi. Ayrim xollarda darsda ko’zlangan materiallarni o’rganib bo’lmaydi, bunday xollarda qolgan material uyga vazifa sifatida beriladi va uni o’quvchilar mustaqil o’rganishadi. Dars mazmuni ishlab chiqilagandan so’ng o’qituvchi uni bayon qilish rejasini ishlab chiqadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling