28
‐V sinfda asosan tabiiy geografiya bo’yicha berilgan bilimlar
berilishi va dastur o’quvchilarning yoshini hisobga olgan holda
soddalashtirilishi ko’rsatilgan;
‐VI sinf o’quv dasturida qit’alar tabiiy geografik sharoitini
o’rganishga e’tibor kuchaytirilgan;
‐VII sinf dasturida mamlakatning umumiy tabiiy geografik tavsifi
qoldirilishi va o’quv materialining osonlashtirilish, har bir ittifoq
Respublikasining geografik tavsifi kiritilishi ko’rsatilgan. Mazkur
qarordan so’ng geografiya predmetiga ajratilgan soatlar xajmi 15 soatga
yetkazildi.
Ushbu bosqichda yangi dastur asosida qator o’quv qo’llanmalari va
darsliklar tayyorlandi va nashr qilindi. 1936 yili 5‐sinf uchun A.S.Barkov
va
A.A.Polovinkinlarning
“Tabiiy
geografiya”,
6‐sinf
uchun.
G.I.Ivanovning “Dunyo qit’alari tabiiy geografiyasi”, 7‐sinf uchun
N.A.Baranskiyning
“SSR
tabiiy
geografiyasi”
(1‐qism),
S.V.
Chefranovning “SSR tabiiy geografiyasi” (2‐qism), 8‐sinf uchun
N.N.Baranskiyning “SSR iqtisodiy geografiyasi”, I.A.Vitverning 9‐sinflar
uchun “Kapitalistik mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi” darsliklari
nashr qilindi.
Ushbu bosqichda maktablar uchun atlaslar va metodik qo’llanmalar
nashr qilindi va ular o’zbek tiliga tarjima qilindi. 1939 yili
N.P.Arxangelskiy tomonidan “Boshlang’ich maktablarda jug’rofiyadan
ko’rsatmalar” va F.A Ushinov tomonidan “Geografik materiallar” nomli
metodik ishlari nashr qilindi.
Geografik atamalar sohasida ham qator qo’llanmalar nashr qilindi:
1935 yil O.Ibroximov “Geografiya atamalari”, 1940 yili M.X.Bektemirov
va S.Sayidrasulovlar tomonidan “qisqacha ruscha‐o’zbekcha geografiya
terminlari lug’ati” nashr qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: