Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
O’zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
2.3. O’zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng umumiy ta’lim‐tarbiya soxasini islox qilish zaruriyati tug’ildi. Ayrim o’quv fanlari dars tizimidan chiqarib tashlandi, ayrimlarining mazmuni o’zgartirildi, ayrim fanlar yangidan yaratilib o’quv tizimiga joriy qilindi. Maktab geografiya ta’limi sohasida ham muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Umumiy ta’lim maktablarida “SSR tabiiy geografiyasi” (8‐sinf) va “SSR iqtisodiy va sotsial geografiyasi” (9‐sinf) o’quv kurslari ta’lim dasturidan olib tashlandi. 30 Umumiy majburiy ta’lim 9‐yilga o’tkazilgani musosabati bilan ayrim o’quv kurslari o’rganiladigan sinflar o’zgardi. 5‐sinfga yangi “Tabiiyot” kursi kiritildi. Ammo mazkur kurs o’zlashtirish qiyin bo’lganligi, hamda unda tabiiy geografiya va biologiya va boshqa fanlardagi bilimlar qaytarilganligi tufayli 1999 yil o’quv dasturidan olib tashlandi. “Boshlang’ich tabiiy geografiya” kursi, “Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursi bilan qo’shib 6‐sinfda o’tiladigan bo’lgan edi. Bu xam o’zini oqlamadi. Yangi dastur (1999) bo’yicha yana 5‐sinfda boshlang’ich “Tabiiy geografiya” kursi o’tiladigan bo’ldi. Bundan tashqari O’zbekiston va Turkiston xududidan tashqari ilgari sobiq “SSR tabiiy geografiyasi”da o’rganiladigan tabiiy geografik o’lkalar “Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursida o’tiladigan bo’ldi. O’quv dasturiga tamoman yangi “Turkiston tabiiy geografiyasi” kursi kiritildi (7‐sinflar uchun). 9‐sinfda o’tiladigan “Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursida ham o’zgarishlar sodir bo’ldi. Endi O’zbekiston Respublikasidan tashqari xamma davlatlar shu kursda o’rganiladi. Yangi dasturga muofiq tayanch majburiy ta’limga moslangan geografiya kurslarining sinflar bo’yicha taqsimoti quyidagicha: ‐5‐sinfda “Tabiiy geografiya”, boshlang’ich kursi ; ‐6‐sinfda “Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi” ; ‐7‐sinfda: birinchi yarim yillikda “Turkiston tabiiy geografiyasi”, ikkinchi yarim yillikda “O’zbekiston tabiiy geografiyasi”; ‐8‐sinfda “O’zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi”; ‐ 9‐ sinfda “Jaxon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. Har qanday davlatning kelajaini, buyukligini va qudratini yuksak darajada bilimga ega bo’lgan kadrlar belgilab beradi. Bunday kadrlarning yetishtirish uchun esa davlatning ta’lim tizimi yuqori darajada takomillashgan va xalqaro standartlar talabiga javob beradigan darajada bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning 9‐sessiyasida (30.08.97) mazkur muammo to’g’risida shunday degan edi “Har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, xarbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir”. 31 1997 yil avgustda Oliy Majlisda ko’rilgan ta’lim qonuni O’zbekiston ta’lim tizimining takomillashtirish va barkomol avlodni tarbiyalash soxasidagi qo’ygan qadamlarining eng yirigidir. Prezidentimiz I.Karimovning ta’lim qonuni bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 9‐sesiyasida so’zlagan nutqini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: 1. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’rta va oliy ta’limda erishilgan yutuqlar tahlili. 2. Hozirgi ta’lim tizimining hayot talablariga javob bermasligining asosiy sabablarini tahlil i. 3. Oliy ta’lim isloxotining asosiy yo’nalishlari. 4. Ta’limdagi isloxotlarni bosqichma – bosqich amalga oshirilishi. 5. Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va faoliyat ko’rsati shining asosiy tamoyillari. 6. Umumta’lim dasturining tuzilishi. 7. Milliy dasturni amalga oshirishdagi murakkabliklar. Mazkur masalalarni alohida‐alohida ko’rib chiqamiz: Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling