O’zbekiston maktakblarida geografiya ta’limini takomillashuvi.
1966 yil 10 noyabrda “O’rta umumiy ta’lim maktablarining ishini yanada
yaxshilash choralari to’g’risida” davlat qarori qabul qilindi. Qarorga
muofiq geografiya ta’limini yaxshilash bo’yicha komissiya tuzildi.
Mazkur komissiya tavsiyasiga binoan maktab geografiya kurslari sinflar
bo’yicha quyidagicha taqsimlangan: II sinfda tabiatshunoslik kursi‐35
soat; III‐sinfda tabiat shunoslik kursi‐70 soat; IV‐sinfda tabiatshunoslik
kursi 70‐soat; V‐ sinf da tabiiy geografiya boshlang’ich kursi‐70soat; VI‐
sinfda materiklar geografiyasi ‐105 soat; VII‐sinf SSR tabiiy geografiyasi ‐
70 soat; VIII‐sinf SSR iqtisodiy geografiyasi‐70 soat; IX‐sinfda chet
mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi‐70 soat;
O’zbekistonda geografiya o’qitish metodikasi soxasida XX‐arsning
oxiri va mustaqillik yillarida yirik olimlar yetishib chiqdi. Geografiya
o’qitish
metodikasi
sohasida
O.Mo’minov,
H.Vaxobov,
R.Qurbonniyozov, P.Musaev, P.G’ulomov, G’.Pardaev va boshqalar
katta ishlarni amalga oshirishgan.
Umumta’lim maktablari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari
tayyorlashda
N.Dolimov,
O.Mo’minov,
P.Musaev,
P.G’ulomov,
X.Vaxobov, A.Qayumov, P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Abdulqosimov,
R.Qurbonniyozov, A.Soatov va boshqalarning xizmati katta.
Oliy o’quv yurtlari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari P.Baratov,
X.Vaxobov, M.Mamatqulov, A.Rafikov, G.Asanov, M.Nabixonov,
I.Safarov, G’.Pardaev va boshqalar tomonidan yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |