Geografik bilimlarni hayot bilan bog’lash. Amaliy geografiya
darslariga qo’yiladimgan asosiy talablardan biri bo’lib hisoblanadi.
Geografiya predmetlarida beriladigan bilimlarning deyarli barchasi
xayot bilan bog’langan. Atrof muhitni muhofaza qilish, siyosiy, iqtisodiy
soha bo’yicha davlat qarorlari geografik bilimlarni hayotga bog’lash
uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Masalan, atmosfera mavzusida atmosfera xavosini muxofaza qilish
va qo’riqlash bo’yicha davlat qarorlariga suyanmoq lozim. O’zbekiston
iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o’rganishda mamlakatimiz
prezidenti asarlari, davlat qarorlariga asoslanmoq zarur. Mazkur
material‐lardan dars jarayonida foydalanish uchun mavzu mazmuniga
mos bo’lgan ma’lumotlarni topmoq lozim. Shundagina o’quvchilar olgan
bilim va ko’nikmalarni hayot bilan bog’lay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |