Dars uchun o’quv vositalarini tanlash ham muhim ishlardan
hisoblanadi. O’quv vositalarini tanlash o’qituvchi uchun uncha
murakkab bo’lmagan ish hisoblanadi, chunki dasturda har bir mavzu
bo’yicha zarur bo’lgan o’quv vositalarining turlari berilgan bo’ladi.
O’qituvchini vazifasi ulardan darsning qaysi qismida va qanday
foydalanishni aniqlash hisoblanadi. O’quv vositalari bo’yicha savollar va
topshiriqlar ishlab chiqiladi. Bu esa o’quvchilarni bilim va
ko’nikmalarini
egallashlarini
osonlashtiradi.
O’quv
vositalarini
tanlaganda quyidagilarni hisobga olish zarur:
‐ o’quv vositalari darsni mazmuniga mos bo’lishi lozim;
79
‐ o’quv vositalari tanlangan o’quv metodi mazmunini to’ldirishi
zarur;
‐ o’quv vositalari o’quvchilarni yoshiga va qobiliyatlariga mos
tushishi lozim;
‐ o’quv vositlari amaliy va mustaqil ishlarni olib borish uchun
imkon yaratishi lozim;
‐o’quv vositalari o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini egallashlarini
osonlashtirishi lozim.
80
Do'stlaringiz bilan baham: |