Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
6.2. Aralash dars Aralash darslarda bir necha didaktik maqsadlar amalga oshiriladi va ularda o’quv jarayonini barcha qismlari mavjud: yangi bilimlarni o’zlashtirish; olingan bilimlarni tahlil qilish va fikrlash; olingan bilimlarni mustahkamlash; olingan bilimlarni esda saqlab qolish; o’zlashtrilgan bilimlarni qo’llash. Jahon xo’jaligi 82 Mazkur darslarda quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi: yangi mav‐zuni o’rganish; geografik ko’nikmalarni shakillantirish; olingan bilim va ko’nikmalarni tekshirish. Aralash dars quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: tashkiliy qism. Ushbu qismda yo’qlama qilinadi, o’quvchilarni darsga tayyorgarligi ya’ni o’quv qurollari bor yo’qligi aniqlanadi; uyga berilgan vazifa tekshiriladi; yangi darsni maqsad va vazifalari tushuntiriladi, oldingi dars bilan yangi mavzu o’rtasida bog’liqlik aniqlanadi va tushuntiriladi; yangi mavzu o’rganiladi va umumlashtiriladi; olingan bilimlar mustahkamlanadi va darsda o’quvchilar faoliyati tekshiriladi; uyga vazifa beriladi va uni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi. ( I.V. Dushina, 1985). Aralash darsning har bir tarkibiy qismidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun alohida o’ziga xos metodlar tanlanadi, o’qituvchi va o’quv‐chilar birgalikda faoliyatini shakillari ishlab chiqiladi. Ammo shuni ham aytish mumkinki aralash darsni muntazam ravishda bir xil qolipda o’tishi o’quvchilarni darsga qiziquvchanligini va diqqatini pasaytirib yuboradi hamda ularni zeriktirib qo’yadi. Shuning uchun aralash darsni tarkibini, metodlari va faoliyat shakillarini tez‐tez almashtirib turish lozim bo’ladi. Aralash dars quyidagi hollarda o’tkaziladi: yirik, ko’p soatlarga mo’ljallangan mavzularni o’rganishda; o’tkaziladigan mavzu oldin o’tilgan dars mazmuni bilan bog’langan bo’lsa. Agar aralash dars mavzusi oldingi o’tilgan dars bilan bog’langan bo’lsa, darsni o’quvchilar o’tgan darsdla o’zlashtirilgan bilimlarni tekshi‐ rish va baxolashdan boshlanadi. Bunday hollarda uyga vazifa yangi mav‐zuni o’tishdan oldin yoki o’zlashttirilgan bilimlarni mustahkamlashdan oldin beriladi. Uyga vazifa berilganda uni bajarish bo’yicha metodik ko’r‐satmalar aniq va tushunarli bo’lishi lozim. Aralash darsda berilgan materialni mustahkamlashda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan eng muhim bilim va ko’nikmalar ajratilmog’i lozim. Xozirgi paytda Amaliy geografiya ta’limi mazmunida nazariy bilimlar miqyosini ortib borishini hisobga olib bilimlarni mustahkamlashni yangi mavzuni tushuntirayotganda amalga oshirish mumkin. masalan, tog’ jinslarini tushuntirishda magmatik, cho’kindi va metmorfik tog’ jinslarini xosil bo’lishi va tarqalishini tushuntirish davomida mazkur bilim va ko’nikmalarni birdaniga mustahkamlab va umumlashtirib ketish mumkin. 83 Bunda o’quv materiali ma’lum bir mantiqiy qismlarga bo’linadi va har bir mantiqiy qism bo’yicha bilim, ko’nikmalar mustahkamlanadi va umumlashtiriladi. Masalan, magmatik tog’ jinslarini tushuntirgandan so’ng olingan bilimlarni birdaniga mustahkamlab ketish mumkin. Bunda magmatik tog’ jinslarini xosil bo’lishi, turlari (intruziv, effuziv) va ularni xosaalariga urg’u beriladi. Demak, aralash darsni tarkibiy qismlari qotib qolgan narsa emas, uni doimo o’zgartirib turish lozim bo’ladi. Ba’zi xollarda avval yangi mavzuni o’tib, so’ngra uyga berilgan vazifani tekshirish mumkin, ayrim hollarda darsni uyga vazifa berish bilan ham boshlash mumkin. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling