Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m


VI-BOB. AMALIY GEOGRAFIYA DARSI TURLARI


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/169
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#244028
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169
Bog'liq
Амалий география ўқитиш усуллари

VI-BOB. AMALIY GEOGRAFIYA DARSI TURLARI 
 
Amaliy  geografiya  darslari  ta’limni  tashkil  qilishning  eng  asosiy 
turlardan  hisoblanadi.  Geografiya  darslari  didaktik  maqsadlarga  ko’ra 
quyidagi turlarga bo’linadi: kirish darsi; yangi mavzuni o’rganish darsi; 
aralash dars; ma’ruza darsi; takrarlash darsi.  
 
6.1. Kirish darsi. 
Kirish  darsi  umumta’lim  maktablarida  geografiya  predmetlarini  va 
yirik mavzularni o’rganishda yo’llanma vazifasini o’taydi. 
Kirish darsining asosiy maqsadi ma’lum bir kurs va mavzu bo’yicha 
bilim va ko’nikmalar berishdir. Kirish darsi quyidagi qismlardan iborat: 
o’quv  yilini  boshida  o’tkaziladigan  kirish  darslari;  yirik  mavzularni 
o’rga‐nishdan  olidin  tashkil  qilinadigan  kirish  darslari;  chorak 
boshlanishida o’tkaziladigan kirish darslari. 
O’quv  yilining  boshida  birinchi  darsda  o’qituvchi  quyidagi  ishlarni 
bajaradi: 
‐ darslik va uning mualliflari bilan tanishtirish; 
‐  darslikni  tuzilishi  bilan  tanishtirish  (qismlar,  boblar,  ilovalar, 
rasmlar, jadvallar); 
‐  darslikdan  foydalanish  tartibi  bilan  tanishtirish.  Toza  tutish 
yirtmaslik, chizmaslik, yozmaslik va h.k. 
Yirik  bo’limlarni  o’rganishda  ham  kirish  darslaridan  foydalanish 
mumkin.  “Boshlang’ich  tabiiy  geografiya”  kursida  Yer  qobiqlari 
bo’limini  o’rganishdan  oldin  kirish  darsi  o’tkazish  mumkin.  Unda 
quyidagii xolatlarga e’tibor bermoq lozim: 
‐  geografik  qobiqni  qatlamsimon  bo’lib  tuzilganligi,  ya’ni  litosfera, 
gidrosfera, atmosfera va biosferalardan iborat ekanligi; 
‐  har  bir  qobiq  alohida  moddalardan  tuzilganligi,  ya’ni  litosfera 
qattiq  moddalardan,  gidrosfera  suyuq  modalardan  (suv),  atmosfera 
gazsimon  moddalardan,  biosfera  esa  tirik  moddalardan  iborat  ekanligi 
xaqida  bilimlar  shakllantiriladi.  Shundan  so’ng  o’quvchilar  ongida  Yer 
qobiqlari haqida tushunchalar shakllanadi va umumiy tasavvurlar xosil 
bo’ladi. 
Iqtisodiy geografiya darslarida xam xuddi shunday kirish darslarini 
tashkil qilish mumkin. Masalan, “Jaxon iqtisodiy va ijtimoiy georafiyasi” 
kursida  jaxon  xo’jaligini  o’tishdan  oldin  kirish  darsi  o’tkazish  mumkin: 
unda quyidagi holatlarga o’quvchilar diqqati qaratiladi: 
‐ jahon xo’jaligi haqida tushuncha beriladi; 
‐ jahon xo’jaligining tarkibiy qismlari chizib ko’rsatiladi (2‐rasm); 


81 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Sanoat 
 
Qishloq 
xo’jaligi 
 
Transporti 
 
Xalqaro 
iqtisodiy 
aloqalar
 
2‐rasm. Jaxon xo’jaligi tarkibiy qismlari. 
 
‐  shundan  so’ng  sonoat,  qishloq  xo’jaligi,  transport  va  xalqaro 
iqtisodiy  aloqalarni  tuzilishi  alohida  tushuntriladi.  Masalan,  transport 
tarmog’i  quyidagi  qismlarga  bo’linadi:  quruqlik,  suv,  havo,  quvur, 
elektron. 
Amaliy geografiya darslarida xam xuddi shunday kirish darslarini 
tashkil  qilish  mumkin.  Masalan,  unda  quyidagi  holatlarga  o’quvchilar 
diqqati 
qaratiladi: 
Amaliy 
geografiyaning 
asosiy 
vazifalari, 
landshaftlarni      baholash  hamda  bashoratlashni  amalga  oshirishga, 
rayon  planirovkasi  va  shaharsozlik  haqida  umumiy  tushunchalar 
beriladi,  tabiiy  resurslarga  iqtisodiy  baho  berish,  geografik  ekspertiza, 
rayonlashtirish va iqtisodiy geografik bashoratlar ko`rib chiqiladi. 
Bundan  tashqri  kirish  darslarida  quyidagi  maqsadlar  ham  amalga 
oshiriladi;  bo’lajak  o’quv  ishlari  uchun  o’quvchilar  pisixalogik  jixatdan 
tayyorlanadi;  o’quvchilarga  geografiya  fani  va  geografik  bilimlariga 
nisbatan qiziqish uyg’otiladi. 
Kirish  darsida  bitta  mavzu  o’rganilganligi  uchun  unda  darsni 
barcha  elementlari  mavjud  emas.  Unda  tashkiliy  qism,  yangi  bilimlarni 
o’rganish,  ayrim  xollarda  vaqt  yetarli  bo’lsa  bilimlarni  mustahkamlash 
va  uyga  vazifa  berish  amalga  oshiriladi.  Ko’p  hollarda  kirish  darsida 
asosan yangi material o’tiladi, uyga vazifa berilmasligi ham mumkin. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling