Mirzayeva dinoraning botanika fanidan odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiladigan bir hujayralilar hamda ularn
Download 227.74 Kb.
|
MIRZAYEVA DINORA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanishi.
Ko'payishi. Monogenoidlar oraliq xo'jayinsiz rivojlanadi. Urchishda ikki individ jinsiy teshiklari tashqariga ochiladigan old tomoni bilan bir - biriga yopishadi va navbat bilan o'zaro spirallari bilan almashinadi. Bu jarayon ko'pi bilan 1-2 minut davom etadi. Ba'zan 1 ta individ o'zini - o'zi urug'lantirishi ham mumkin. Ayrim turlari, masalan karp baliqlarida parazitlik qiluvchi Diplozoon diplodiscus turi lichinkalik davridayoq ikkitasi bir - biri bilan juftlashib, doimo bir - birini urug'lantirib turadi.
Monogenoidlarning tuxumlari sharsimon, ovalsimon, ipsimon, ba'zan piramidasimon shakllarda bo'lib, qutblarida o'simtalari bo'ladi. Urug'langan tuxumlarini suvga chiqaradi. Ba'zan tuxumlarini xo'jayin gavda terisiga yelimsimon moddalar yordamida yopishtirib qo'yadi. Tuxum o'lchami 0,2 mmdan 0,18 mm gacha atrof-muhit haroratiga qarab tuxumni ko'p yoki oz qo'yishi mumkin. Harorat yuqori bo'lsa parazit ko'p tuxum qo'yadi. Masalan, baqa ko'p so'rg'ichlisi bahor oylari 2000 - 2500 ta tuxum qo'yadi. Ayrim turlari tirik lichinkalarni chiqaradi. Rivojlanishi. Monogenoidlarning deyarli hamma turlarida erkin yashovchi va turni tarqalishini ta'minlovchi lichinkalar bo'ladi. Lichinkalari shakl jihatdan cho'ziq, gavdasi ust tomonidan mirasidiy lichinkasinikiga o'xshash, tekis kipriklar bilan qoplangan. Ushbu kipriklar lichinkaning harakatlanishini ta'minlaydi. Lichinkalar ancha murakkab tuzilishga ega, ya'ni tananing orqa uchida disk va ilmoqlar, oldingi uchida esa ko'zlar, bezlar va og'iz teshigi joylashgan. Ularning nerv sistemasi va sezgi organlari ham yaxshi rivojlangan. Lichinkalarini tashqi muhitda yashash muddati ular tanasidagi glikogen moddasining miqdoriga bog'liq. Lekin tashqi muhitda uzoq yashamaydi. Lichinkaning teri rivojlanishi xo'jayin tanasida o'tadi. Avval uning kiprikli teri qoplami tushib ketadi. Keyin bir vaqtda yopishuv organlari, hazm qilish sistemasi va jinsiy organlari rivojlanadi. Lekin monogeniyalarning lichinkalarini jinsiy voyaga yetishi har xil turlarida turlicha vaqt oralig'ida amalga oshadi. Masalan, baliqlarning paraziti Dactylogyrus vastator ning lichinkasi baliq jabrasiga yopishib olgan kundan boshlab, 3-5 kun o'tgandan keyin kopulyativ (jinsiy qo'shilish) organi shakllanadi, 9 kundan keyin esa jinsiy sistemasi funksiyasini boshlab, tuxum qo'yadi. Baqa ko'p so'rg'ichlisi esa lichinka baqa tanasida kamida 19 oy deganda jinsiy voyaga yetadi va 2 yil o'tgach jinsiy ko'payishga kirishadi. Monogenoidlarning hayot sikli ham ancha murakkab o'tadi. Buni baqa ko'p so'rg'ichlisi misolida ko'rish mumkin. Baqa ko'p so'rg'ichlisi (Polystoma intigerrimum) voyaga yetgan davrda baqaning siydik pufagida parazitlik qiladi. Bahorda baqalar ko'payishi bilan birga parazit ham ko'paya boshlaydi. Parazit siydik pufagidan kloakaga chiqib, suvga bir qancha urug'langan tuxumlarini tashlaydi. Tuxumdan juda mayda kiprikli lichinka chiqadi. Ushbu lichankaning 16 ta mayda ilmoqchalari bo'ladi. Lichinka itbaliq jabralariga yopishib, kipriklarini tashlaydi. Lichinka tanasining keyingi qismida ikkita yirik ilmoq va so'rg'ich hosil bo'ladi. Lichinka voyaga yetib tuxum qo'ya boshlaydi. Bu tuxumlardan lichinkalarni ikkinchi avlodi rivojlanadi, lekin ular itbaliq metamorfozi tamom bo'lguncha rivojlanishini tugata olmaydi, chunki itbaliqning metamorfozi tufayli jabra yo'qolib ketadi. Parazit lichinka esa xo'jayin terisi orqali borib uning kloakasiga va undan siydik pufagiga kirib oladi. Bu lichinka endi ikki yildan so'ng xo'jayini (baqa) jinsiy voyaga yetishi bilan birga voyaga yetadi. Shunday qilib, parazitning rivojlanishi baqaning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. Chuchuk suv karpsimon baliqlari paraziti daktilogrus (Dactylogyrus vastator) rivojlanishi o'zgacha boradi. Shu parazitning uzunligi 1 - 3 mm ga teng. Baliqlarning jabrasida parazitlik qiladi va o'sha joyga tuxum qo'yadi. Tuxumdan chiqqan kiprikli lichinka tanasining old qismida ikki juft ko'zlari bor, orqa qismida ilmoqchalar bilan ta'minlangan diski - serkomerasi bo'ladi. Lichinka shu joyning o'zida yoki boshqa baliqning jabrasiga o'tib voyaga yetadi. Monogenoidlar baliqchilikka katta ziyon keltiradi. Ular orasida ayniqsa chuchuk suv baliqlari jabrasida parazitlik qiluvchi Dactylogyridae oilasi vakillari juda katta salbiy ahamiyatga ega. Daktilogirlar baliq jabralarida yashab, ko'payib jabraning epiteliy to'qimasi, ba'zan qon bilan oziqlanib, baliqlarni yoppasiga qirilib ketishiga sababchi bo'ladi. Gyrodactylus avlodining turlari ham baliqlarning xavfli parazitlari hisoblanib, girodaktiloz kasalligini qo'zg'atadi. Ushbu kasallik oqibatida baliqlarning ko'plab halok bo'lishi kuzatiladi. Girodaktilus tirik lichinka tug'adi. Download 227.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling