Mirzayeva dinoraning botanika fanidan odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiladigan bir hujayralilar hamda ularn


Download 227.74 Kb.
bet6/13
Sana14.05.2023
Hajmi227.74 Kb.
#1460934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MIRZAYEVA DINORA

XIVCHINLILAR (MASTIGOPHORA) sinfiga 7000 dan ortiq tur kiradi.
Asosiy qismi erkin xolda yashaydi. Xivchinlilar sinfi 2 ta kenja sinfga bo’linadi: o’simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) va hayvonsimon xivchinlilar
(Zoomastigina). Parazitlik qilib hayot kechiradiganlari asosan hayvonsimon xivchinlilar kenja sinfiga kiradi.
Kinetoplastidalar (Kinetoplastida) turkumining ayrim turlarigina erkin xolda
yashaydi. Ko’pchilik turlari esa parazitlik qilib hayot kechiradi. Bu turkumning
tripanosomalar (Trypanosoma) urug’iga kiruvchi turlari odam va umurtqali hayvonlar
qonida, orqa miya suyuqligida va boshqa organlarida parazitlik qilib og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tripanosomalarning tasmaga o’xshash yassi tanasi 15-40 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo’naladi.
Xivchin yupqa to’lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal
tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan
PIROPLAZMIDALAR (PIROPLASMIDA) turkumi vakillari sutemizuvchilarning qonida parazitlik qiladi. Bu turkum vakillarining rivojlanishi 2 ta xo’jayinda, ya’ni asosiy xo’jayinlari qon so’ruvchi yaylov kanalari va oraliq xo’jayinlari turli uy va yovvoyi sutemizuvchilarda o’tadi. Bu turkumga 170 dan ortiq tur kiradi. Ikkita oilasi bor, ya’ni babezidlar (Babesidae) va teyleridlar (Theileridae). Babezid va teyleridlarning barcha vakillari eritrositlarda parazitlik qilib, qoramollar, otlar, tuyalar, cho’chqalar va itlarga katta zarar etkazadi. Kasallangan hayvon qonini so’rgan kana parazitni o’ziga yuqtiradi. Kanalar organizmida jinsiy gametalar etilib, ular o’zaro qo’shiladi va zigota-ookineta xosil bo’ladi. Ookineta kana tuxumdoniga va tuxumdonda rivojlanayotgan tuxumlarga o’tib sporosistaga aylanadi. Sporosista ichida esa sporozoitlar rivojlanadi. Sporozoitlar kanalarning so’lak bezlarida ham to’planadi. Bunday kanalar sog’lom hayvonlarga yopishib ularning qonini so’rganda sporozoitlar kana so’lagidan maxsuldor hayvonlar qoniga o’tadi.



Download 227.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling