O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA KAFEDRASI
5110400-Biologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi II kurs
203-guruh talabasi
MIRZAYEVA DINORANING
BOTANIKA FANIDAN
«ODAM VA MAHSULDOR HAYVONLARDA PARAZITLIK QILADIGAN BIR HUJAYRALILAR HAMDA ULARNI OLDINI OLISH CHORALARI»
Mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: D.Toshpo’latova
Qo’qon – 2023
MAVZU: «ODAM VA MAHSULDOR HAYVONLARDA PARAZITLIK QILADIGAN BIR HUJAYRALILAR HAMDA ULARNI OLDINI OLISH CHORALARI»
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM.
1.Kasallik qo'zg'atuvchi bir hujayralilar vakillarining qo’zg’atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari.
2.Odam va hayvonlarda tarqalgan germintlar.
3. Kasallik qo'zg'atuvchi bir hujayralilar vakillarining tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi.
4.Chorva mollari va odamlarda gelmintlarini oldini olish va qarshi kurashish choralari
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
ILOVALAR.
KIRISH.
Kurs ishi maqsadi: O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, xo’jaliklardagi chorva mollari xususiy tadbirkorlar qo’liga o’tdi, chorvachilik bilan shug’ullanadigan fermer xo’jaliklari tuzildi. Chorvachilik hayvonlarining ko’pchiligi xususiy xo’jaliklar qo’liga o’tdi. Chorvachilikning shaxsiy xo’jaliklarda va mayda fermer xo’jaliklarida
rivojlanishi veterinariya xizmatlarining o’z vaqtida qiyinlashtiradi.
Kurs ishi vazifasi: Odam va hayvonlarning parazit chuvalchanglarining bioekologik xususiyatlarini o'rganishda, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklarini asosiy va oraliq xo'jayinlari orasida tarqalishini kechkin kamaytirishda, hatto ayrim turlari va guruhlarini ma'lum hududlar yoki geografik orealda kamaytirishda Akademik K.I.Skryabin tomonidan ilmiy - nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqqan degelmintizasiya ta'limotining ahamiyati juda katta bo'ladi.
Mavzuni dolzarbligi: Kasalliklarning kelib chiqishini oldini olish, kasal hayvonlarni davolash, insonlarni kasalliklardan, tabiatni iflosliklardan saqlash, davlatimizga chetdan yuqumli kasalliklarni kelishini oldini olish veterinariya mutaxassislariniing vrachlik burchidir.
Kurs ishi predmeti: Yuqumli kasalliklar tabobatning dolzarb muammolaridan biridir. Yer yuzida hozirgi vaqtda milliardlab odamlar u yoki bu yuqumli kasallikni boshidan kechiradi. Tibbiyot xodimlarining sayi harakatlari natijasida ba’zi kasalliklar (poliomielit) butunlay bartaraf qilingan bo‘lsada, ba’zi kasalliklar bilan kasallanish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Bilamizki hayvonlarni tekshirish va kasalliklarni davolash insonlar hayvonlarni qo’lga o’rgatib, ulardan foydalana boshlagan davrdan boshlangan va bu insonning aql idroki, tushunchasi va fanning rivojlanishiga bog’liq bo’lgan.
Kurs ishi obyekti: Hayvonlarni davolash to’g’risidagi eng qadimgi qo’lyozma - bu Misrdagi Kaxun veterinar qo’lyozmasidir. Hozirgi davrda olimlarimiz tomonidan zamonaviy, yangi tekshirish usullari ishlab chiqilmoqda, eski tekshirish usullari
takomillashtirilmoqda, elektron asbob va uskunalar yaratilmoqda. Bu hayvonlar
kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olishda juda katta ahamiyatga ega.
Kurs ishi muammosi: Chorvachilikning shaxsiy xo’jaliklarda va mayda fermer xo’jaliklarida rivojlanishi veterinariya xizmatlarining o’z vaqtida sifatli o’tkazilishini qiyinlashtiradi. Bunday holda veterinariya xodimlaridan yanada ma’suliyatli, e’tiborli va kasbga mehr muhabbat bilan faoliyat yuritishni talab qiladi. Mazkur qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat ko‘rsatuvchi barcha turdagi korxonalar uchun taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |