Mirzayeva dinoraning botanika fanidan odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiladigan bir hujayralilar hamda ularn


Download 227.74 Kb.
bet4/13
Sana14.05.2023
Hajmi227.74 Kb.
#1460934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MIRZAYEVA DINORA

Hayot sikli. Cho'chqa solityorining ham hayot sikli asosiy (odam) va oraliq
(cho'chqa, qobon ba'zan it, mushuk, quyon kabilar) xo'jayinlarida o'tadi. Lekin tenioz bilan kasallangan odam ba'zan ko'ngli aynib qayd qilishi tufayli ichakdagi solityorning oxirgi yetilgan bo'g'imlari uzilib, og'iz bo'shlig'iga tushib, yorilib qayta yutilishi mumkin. Qayta yutilib ichakka tushgan tuxumlardan onkosfera lichinkasi chiqib ichak devori orqali qon va limfaga o'tib, ko'pgina ichki organlarga, jumladan, muskullarga, ko'z, bosh va orqa miya, yurak kabi organlarga borib, finna (sistiserk)ga aylanadi. Ushbu lichinka finna ichida 3-6 yilgacha yashashi mumkin. Sog'lom odam xom yoki chala pishirilgan cho'chqaning finnoz go'shtini iste'mol qilganda ham solityorning sistiserk lichinkasini o'ziga yuqtiradi. Cho'chqa solityori bilan zararlangan odam, ba'zan faqatgina asosiy xo'jayin bo'lib qolmasdan, oraliq xo'jayin bo'lib ham xizmat qilishi mumkin. Agarda ichagida cho'chqa solityori bor bo'lgan tasodifan oziq-ovqat yoki suv bilan solityor tuxumi bilan zararlansa yoki odam ko'ngli aynib qayt qilganida ichidagi parazitning tuxumlari oshqozonga qayta tushib, qon va limfa orqali organizmga tarqalishi mumkin. Odamning bunday zararlanishi autoinvaziya deyiladi.
Cho'chqa solityorining voyaga yetgan bosqichi keltirib chiqargan kasalligi tenioz,
lichinkalik (sistiserk) davrining keltirib chiqargan kasalligi sistiserkoz deb ataladi.
Cho'chqa solityorining yuqorida keltirilgan hayot siklini tahliliga binoan odam ham
tenioz, ham sistiserkoz bilan kasallanishi mumkin. Cho'chqa va boshqa hayvonlar esa
faqat sistiserkoz bilan kasallanadi. Teniozning oldini olishga qaratilgan profilaktik va sanitar-gigiyenik tadbirlar teniorinxoznikiga o'xshash.
Mamlakatimizda jigar qurtining 2 turi tarqalgan. Ulardan biri oddiy jigar qurti -
Fasciola hepatica. U asosan Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Farg'ona vodiysi viloyatlarida tarqalgan bo'lib, uning hayot siklida oraliq xo'jayin chuchuk suvda (hovuz,ko'l, soy va buloqlarda) yashovchi kichik qorinoyoqli mollyuska - Lymnea truncatula bo'lsa, respublikaning Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida tarqalgan yirik jigar qurti - Fasciola gigantica ning oraliq xo'jayini Lymnea bactriana qorinoyoqli chuchuk suv mollyuskasi hisoblanadi. Oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) bilan yirik jigar qurtlari (Fasciola gigantica) orasida bir qancha farq qiluvchi xususiyatlar mavjud. Oddiy jigar qurtining o'lchami 2-3sm; tuxumlarining o'lchami 125-150x62-81 mkm ga teng bo'lsa, yirik
jigar qurtining o'lchami 4-5 sm gacha, tuxumlarining o'lchami 137-162 x 87-112 mkm ga teng. Jigar qurtlari odatda sersuv to'qayzorlarda, chuchuk suvlari ko'p bo'lgan hududlarda ancha zich tarqalgan bo'ladi. Jigar qurtlarinining lichinkalarini umurtqali hayvonlarga (asosiy ho'jayinlarga) va odamlarga yuqishi yoz oylari ancha ko'payadi, chunki bunday kunlarda chorva hayvonlari boqiladigan yaylovlarda mollyuskalar ko'payib, invasion lichinkalar (serkariy va adoleskariylar) ko'plab rivojlanib yetiladi. Ayrim yillari yog'ingarchilik ko'p bo'lib, chuchuk suv havzalari bo'lmasa ham, u joylarda mavjud bo'lgan hayvonlar fassiolyozga chalinadi. Aksincha yog'ingarchilik kam bo'lgan yillari esa ko'pgina suv to'planadigan pastliklardagi o'tlar qurib ketadi. Bunday paytda fassiolyoz keskin kamayadi. Bundan tashqari yaylovlarni almashtirmasdan chorva mollari surunkasiga bir joyda boqilaversa ham jigar qurti bilan zararlanish darajasi ko'payib ketadi. Fassiolyoz bilan odamlar ham kasallanishi mumkin. Aslida fassiolyozning odamga yuqishi tasodifiy bo'lib, ko'zga ko'rinmas adoleskariylarni hovuz, ko'l, buloq suvini ichganda yoki har xil suv o'tlarini og'izga solganda yoki iste'mol qilganda invasion lichinkalarni yuqish imkoniyati katta bo'ladi. Shuning uchun odamning fassiolyoz bilan kasallanishini odini olish maqsadida oqmaydigan suv manbalaridagi suvni albatta qaynatib ichish lozim bo'ladi. Shuningdek suv havzasidan olingan suvo'tlarini iste'mol qilmaslik yoki uni yaxshilab yuvib iste'mol qilish lozim bo'ladi.Chorva hayvonlariga fassiolalar lichinkalarini yuqishini oldini olish uchun eng avvalo yaylov va suv manbalarida jigar qurti lichinkalarini tarqalishiga yo'l qo'ymaslik, tezaklarni zararsizlantirish, irrigasiya va meliorasiya tarmoqlarini tartibga solish, botqoqliklarni quritish mollyuskalarning biotoplarini mis kuporosi eritmasi bilan ishlov berish, vaqti-vaqti bilan yaylovlarni almashtirib turish kabi tadbirlarni o'tkazib turish lozim.


Download 227.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling