Mirzo Abdulqodir Bedilning falsafiy va ahloqiy qarashlari. I. Qism: Kirish. II. Asosiy qism
Download 203.34 Kb.
|
mirzo abdulqodir bedil
MIRZO BEDIL FALSAFASIDA
AXLOQIY TUSHUNCHALAR TALQINI SHarqning ulkan faylasuf-shoiri Mirzo Abdulqodir Bedil 1644 yil Hindistonning Azimobod shahrida tug’ilgan. Bedilning ismi Mirzo Abdulqodir, bahzi bir tazkirachilarning tahkidlashlariga qaraganda, CHig’atoy turklarining Barlos urug’idan ekanligi haqida ham mahlumotlar bor. Sadriddin Ayniyning yozishicha, Bedil va uning qarindoshlari nomlarining «Mirzo» unvoni bilan boshlanishi shuni ko’rsatadiki, bobolarining biri ulug’ boshliq «sardor» bo’lishi mumkin. CHunki Hindistonda atoqli boshliqlar avlodini «Mirzo» degan faxrli unvon bilan ataganlar va ular o’ziga xos bir tabaqa hisoblanar edi1. Mirzo Bedilning buyuk ajdodlarimizdan ekanligini isbotlovchi yana bir misolga diqqatni qaratadigan bo’lsak, «Mirzo» kalimasi haqida Miyon Buzrukning «Bedil» maqolasida qiziqarli mahlumot keltiriladi. «Bedilning ismidagi «Mirzo» kalimasi uning temuriy sulolasidan ekaniga ochiq dalildir, chunki «xon» kalimasi mo’g’ul sulolasiga qanday xos bo’lsa, «Mirzo» kalimasi ham temuriylarg’a shunday xosdir. Bedilning bobolari O’rta Osiyodan Hindustonga g’olib Bobir Mirzo zamonlaridan borib qolganlar va Bango’lsmitda Azimobod shahrida erlashganlar»2, - deb yozadi muallif. «Bedil» atamasini so’fiyona, oshiqona tahlil etadigan bo’lsak, dil, ko’ngil, qalb bilan bog’lanib kelayotgani kishini befarq qoldirmaydi. «Bedil» badiiy adabiyotda dilini qo’ldan bergan oshiqmahshuq mahnosini anglatadi. SHuningdek, o’z ishini qalbi bilan sevgan, ko’ngilni fan va adabiyotga bag’ishlaganini anglatishi haqida ham fikrlar bor3. Ushbu fikrni isboti o’laroq, yana shuni qo’shimcha qilishimiz mumkinki, «Bedil» deyishning mahnosi aniq: oshiq yorga shu qadar mahv bo’lganki, mahshuqa tajalli aylaydigan makoni - dilning o’zini ham olib qo’ygan, tamoman zabt etgan, shu sababdan u bedil (dilsizdir)1. Darhaqiqat, garchi «Bedil» taxallusi bir qarashda dilsiz, qalbsiz ko’rinsa-da, aslida butun qalbi va dilini Allohga bag’ishlagan mahshuq mahnosini uqib olishimiz mumkin. Faylasufshoir bu haqda shunday deydi: Bedil osudatar az mavchi guhar hok shudem, Raftan az xesh chi miqdor ba tamkin omad. «Gavharning sekin-sekin mavj urishi bilan uvadalanib, bedil bo’lib bordik, (endi) o’zlikdan qutulishning (voz kechishning) qay darajada imkoni qoldi ekan?»2. Bunda shu narsa mahlum bo’ladiki, «bedillik» ishqning mukammalligi, o’zlikdan kechish, Allohga bo’lgan cheksiz va barqaror muhabbatning chegara – darajasidir. Bir so’z bilan aytganda, Bedil o’z qalbini Allohga bag’ishlagan faylasuf-shoirdir. Bedil hikmat – falsafa hamda handasaga oid salaflarining asarlarini o’rgandiJadidchilikning G’arbdagi ayrim tadqiqotchilari, jumladan, Elen Karrere DoEnkous, A.Beningson, Xisao Komatsularning qaydlariga ko’ra, Buxoroda jadidchilikning vujudga kelishida dastlab Bedil falsafasining, so’ngra Ahmad Donish asarlarining muayyan o’rni bor. Yana shuni tahkidlash mumkinki, ma’rifatparvar shoir va olim Fitrat yoshligidanoq Bedil ruboiylarini o’qib, undan tahsirlangan va o’z ijodida Bedilni ustoz, deb bilgan. Fitratning ijtimoiy-siyosiy va badiiy qarashlarining shakllanishida Mirzo Abdulqodir Bedilning hayoti va ilmiy merosi, falsafiy qarashlari o’ziga xos bir maktab bo’lgan desak, mubolag’a bo’lmaydi. Mirzo Abdulqodir Bedil falsafasining muhim xususiyati undagi axloqiy tushunchalarning o’ziga xos talqinidir. Bedil o’z ijodi davomida asosiy e’tiborni axloq masalalariga qaratadi. Buning sababi esa, XVIII asrda Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy holat, adolatsizlik, insoniy qadriyatlarning to’talishi, milliy va diniy nizolar, uning oqibatida bu o’lkaning ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma’naviy inqirozidir. Bularning barchasi faylasuf-shoirni befarq qoldirmagan. Mirzo Bedil axloqiy qarashlarining muhim xususiyatlari shundan iboratki, unda axloqiy tushuncha va tamoyillarning mohiyati bir-biriga qarama-qarshi qo’yilgan holda yoritib berilgan. Masalan, yaxshilik-yomonlik bilan, muloyimlik – qattiqlik bilan, sabr-qanoat – nafs, hirs kabi illatlarga qarshi qo’yilgan holda, ularning afzalliklari, shuningdek, insonning hayoti, ruhiy kamolotiga tahsiri ochib berilgan. Mutafakkir-shoir Mirzo Bedil falsafasida yaxshilik va yomonlik, adolat, ishq-muhabbat kabi axloqiy tushuncha va tamoyillar katta o’rin egallagan. Bedil yaxshilik va yomonlik axloqiy tushunchasiga alohida e’tibor beradi. Insonning o’z baxtsaodati yo’lida mehnat qilishi, atrofdagilarga ezgu munosabatda bo’lishi, o’zgalar baxtini o’z baxti deb bilishi, o’zining va yon-atrofidagi insonlar muvaffaqiyatidan quvonishi, komillikning belgisi sanaladi. Bedil insonning fazilat va nuqsonlari borasida to’xtalar ekan, u fazilatni yaxshilik deb madh etadi, nuqsonlarni esa yomonlik deb qoralaydi. Zero «Inson faqat yaxshi qilmishi, ishi bilangina uzoq davr yashashi mumkin»1, - degan fikr ham Bedil qalamiga tegishlidir. Bedil jannat va do’zaxni insonning mehnati, fehl-atvori bilan belgilaydi. Haqiqatdan ham fehli yomon, janjalni yaxshi ko’radigan, yomonlikni kasb qilgan, dangasa odamlar davrasi do’zax bilan barobardir. Aksincha, yaxshi xulqli, mehnat bilan atrofni yashnatadigan, mehrini odamlardan ayamagan insonlar makoni bamisoli jannatdir. Insonning qo’li cho’lni gulistonga, bog’u-bo’stonga aylantirishini xalqimiz qadimdan biladi. Kelajagimiz ham o’z qo’limizda ekanligini president Islom Karimovning quyidagi fikri yana bir bor tasdiqlaydi: «Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, yahni bu narsa ularning sobitqadam g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab etishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir»2. Ko’rinib turibdiki, baxti-saodatimiz va farovon hayotimiz har birimizning g’ayrat-shijoatimizga mehnatsevarligimiz hamda fidokorligimizga bog’liq. Bu haqda Bedil shunday deydi: Qaydakim yomon fehl bo’ldi rahnamo Jahannam shundadir, bilib qo’y, ammo Yaxshilik urug’in se’sang har tomon Jannat mevasini beradi shu on. Mirzo Bedil insonning axloqiy qadriyatlarini sinchiklab o’rganar va tahlil qilar ekan, barchaning xulq-odobi bir xil emasligi, yaxshi xulq bor joyda yomon, yahni salbiy xislatlar ham borligiga o’z e’tiborini qaratadi. Kishilar orasida saxiylar va baxillar, yaxshiyu yomonlar, halol va no’oklar borligini ko’rib, insonda oliyjanob xislatlarni rivoj to’tirish yo’llarini izlaydi. Insonlar xulqidagi bu ikki xillik yahni ezgu, yaxshi va yomon xulqlarning mavjudligi borasida Bedil ilgari surgan g’oyalar Yusuf Xos Xojibning axloqiy qarashlari bilan uyg’un ekanligini ko’rishimiz mumkin. Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» asarida shunday deyiladi: «Ezgu odamlar ham ikki turli bo’ladilar - bulardan biri yaxshi va to’g’ri yo’ldan yuruvchilar. Bunday ezgu odamlar tug’ma yaxshi bo’ladilar, ular to’g’ri va rost yo’ldan yuradilar. Yana bir turli ezgular borki, ular o’tkinchi yaxshidirlar, yomonlarga qo’shilib qolsalar, yomon va yaramas ishlarga qo’l uradilar. SHuningdek, yomonlar ham ikki turli bo’ladilar, ikki toifasini bir xilda yomon demaslik kerak. Bulardan biri - tug’ma yomonlardir, ularning isqirtlari to o’lguncha arimaydi. Yana biri - o’tkinchi yomonlardir, undaylarning jo’ralari yaxshi bo’lsa, ular shu yaxshilarga ergashib yaxshi bo’ladilar. Tug’ma yaxshilardan doimo yaxshilik keladi. Olam xalqi ulardan faqat manfaat oladi»1. Yusuf Xos Xojibning yaxshilikni tug’ma bo’lishi haqidagi fikri, Sahdiy, Navoiy fikrlari bilan nihoyatda o’xshash. Jumladan, Sahdiy shunday deydi: Zoti har kimning yamondir, yaxshi hargiz bo’lmag’ay, Gumbaz uzra g’o’z qo’ymoq-tarbiyat qilmoq ango2. Bizga mahlumki, Mirzo Bedil Sahdiy ijodi bilan juda yaxshi tanish bo’lgan va uning «Guliston» va «Bo’ston»ini sevib o’qigan. Demak, Bedil axloqiy qarashlarining shakllanishida, shuningdek, yaxshilik axloqiy tushunchasida ham o’zaro yaqinlik bo’lgan, degan xulosaga kelamiz. Bedil yaxshilik haqida fikr bildirganda, Jaloliddin Rumiy ijodidan ham bahra olganligini ko’rishimiz mumkin. Bizga mahlumki, Mirzo Bedil Jaloliddin Rumiyning «Masnaviysi» bilan yaqindan tanish bo’lgan. SHu o’rinda Rumiyning quyidagi fikri diqqatga sazovordir: «Bahri on ast imtihoni neku bad, To bicho’shad bar sar orad zar zabad» Tarjimasi: Qaynasa zarning chiqar zangorlari, Imtihon - yaxshi-yomon kirdorlari. Ma’nosi: yaxshilik va yomonlikning imtihoni, tilla qaynatilgach, kir-chirlari sathga qalqib chiqqanga o’xshash bir holdir. Tillo ana shu zayl qaynab, riyozat chekib, ya’ni sof oltinga aylanadi2. Rumiy demoqchiki, inson o’z faoliyati jarayonida insonlarga yaxshi xulqi, munosabati, faoliyati jarayonida o’zida mujassamlashgan oliyjanob xislatlarini namoyon etadi. Boshqalar bilan bo’lgan axloqiy munosabatda o’zini ko’zguda ko’rgandek yaxshi va yomon jihatlarni anglab, ajratib oladi. Mirzo Bedil, albatta, Rumiy shehriyatidan ilhomlangan va o’z ijodida uni davom ettirgan. Yaxshilik qilsang o’z diling baxtga yor, Yomonlik ko’rguzsang ko’ngilda g’ubor. Hali qiyomat kun kelgani yo’q-ku, Yaxshilik qilaver, hisob ne darkor3. O’rta asrlar musulmon SHarq mutafakkirlari, jumladan, Sahdiy SHeroziy, Yusuf Xos Xojib, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabilarning asarlarida ham axloqiy qadriyatlar, pand-nasihatlar o’ziga xos tarzda aks etgan. Bedilning «Nuqot» (hikmatli so’z) asari ham bunga misol bo’ladi. Bedilning yaxshilik va yomonlik to’g’risidagi qarashlarini zamonaviy til bilan tahlil qilsak, odamlardagi loqaydlik, bemehrlik, farosatsizlik xuddi muzlagan chechakni eslatadi. Mutafakkir undaylardan yaxshilik kutish kerak emasligini alohida uqtiradi: Qaydaki mavjuddir lutf ila karam, Ul kishi tahbiga iliqlikdir zam. Yaxshilik istamang sovuq kishidan Muzlagan chechakning isi juda kam1. Qachonki, lutf va karam, yahni hayrixohlik, yaxshi munosabatlilik, muruvvatlilik kabi axloqiy tuyg’ular insonda mujassam bo’lsa, unday kishilar tabiatida doimo iliqlik, mehr-oqibat bo’lishi tahkidlanadi. O’simlik quyosh nuriga intilib yashaganidek, insonlar ham iliqlikka, yaxshilik nuriga talpinib yashaydi. Bedil yaxshilik va yomonlik haqida fikr bildirganida har ikki jihat ham insonning o’ziga bog’liq ekanligiga urg’u beradi. Bu fikrni mutafakkirning quyidagi bayti orqali yanada yaqqolroq bilib olishimiz mumkin: Yaxshilik-yomonlik mo’lu-ko’l bunda, Qilmishing holidan ogoh bo’l bunda, Qo’ling olur ulkim, qo’lini olding, Barchaning foydasi qo’lma-qo’l bunda2. Mirzo Bedil yaxshilik va yomonlik tushunchalarini har tomonlama chuqur tahlil etish bilan bir qatorda, insonlarning har bir qilmishi nafaqat o’zgalar uchun, balki o’zi uchun ham ahamiyatli ekanligini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Yuqoridagi fikrni davom ettirib, mutafakkir shunday deydi: In jahon ko’h astu fehli mo-nido, So’y mo oyad nidohiro sado1. Download 203.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling