Mirzo Abdulqodir Bedilning falsafiy va ahloqiy qarashlari. I. Qism: Kirish. II. Asosiy qism
MIRZO BEDIL AXLOQIY QARASHLARINING
Download 203.34 Kb.
|
mirzo abdulqodir bedil
MIRZO BEDIL AXLOQIY QARASHLARINING
ASOSIY TAMOYILLARI. Mirzo Bedil hayotning mazmun-mohiyatini inson manfaatlari uchun xizmat qilish va o’zidan yodgorlik qoldirish belgilaydi, degan g’oyani ilgari suradi. Mutafakkirning tahkidlashicha, bu dunyo go’zallik va ezgulik namunalariga to’la. SHuning uchun ham unga befarqlik yotdir. Bedil insonning hayotini doimiy harakatda, izlanishda, o’qish-o’rganish va ilm-hunarni egallashda, deb biladi. Inson hayotining mahnosini axloqiy go’zallikda ko’radi. Axloqan go’zal insongina o’zidan yaxshi nom qoldirib, mazmunli hayotga musharraf bo’la oladi. SHu o’rinda tahkidlash joizki, bugungi kunda «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egotsenirizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi. Ularga qarshi kurashishda ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, axloqiy go’zallik haqidagi qarashlari muhim omildir. Prezidentimiz o’zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida bu masalaga alohida to’xtalganligi ham fikrimizning dalilidir. Unda tahkidlanishicha, hozirgi vaqtda ahloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko’pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanligini anglab olmoqda. Bu haqda fikr yuritganda, bizning ulug’ ajdodlarimiz o’z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o’rinli. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan nomus, uyat va andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg’u va tushunchalar bu kodeksning asosiy mahno-mazmunini tashkil etadi. Bedil falsafasida ham, mutafakkir idealidagi insonlarning axloqiy go’zallligi ham yuqorida qayd etilgan fazilatlar muhim o’rin tutadi. Mirzo Bedil inson hayotining mahnosini axloqiy go’zallikda deb bilar ekan, o’zining hayotini ham shu asosda qurishga intilgan. Bu o’rinda mutafakkir-shoirning quyidagi bayti diqqatga sazovordir: Bedil, o’zni qancha tanlab ko’rmadim, Lek kamol afsuni damin urmadim. Yuz shukurki, odob iqboli kulib, Hech kimdan ortiqman, deya yurmadim1. Faylasuf o’z qarashlarini shehriy misralarda ifodalab, barcha kishilarni go’zal xulqqa oshno bo’lishga chaqiradi. Bunda asosan kamtarlik, oliyjanoblik, himmat va g’ayrat kabi axloqiy fazilatlarni madh etishni o’zining maqsadi, deb biladi: Osmon bo’lsang yerga egilmoq yaxshi, Tuproq bo’lsang ko’kka intilmoq yaxshi. Notavon, bechora bo’lmagil zinhor, G’ayratda, himmatda bo’l porloq, yaxshi2. Bedil tahlimotidagi hayo, uyat, andisha kabi axloqiy qadriyatlarni tahlil etganimizda, ularni O’rta Osiyo mutafakkirlari ijodi bilan hamohangligini ko’ramiz. Masalan, Yusuf Xos Xojibda ushbu tushunchalar haqida shunday deyiladi: «Ikki olamda ham odamga kerakli narsa yaxshi fehl va xushxulqdir. Ikkinchidan sharm-hayo, andisha, uchinchidan rostlik-to’g’rilik ham zarur narsadir. Mana shu fazilatlar tufayli odam baxt topadi. Uyat, andisha kishini yaramas ishlardan tiyadi, hayosizlik odam uchun o’xshashi yo’q illatdir. To’g’rilik, hayo va xushfehllik jam bo’lsa olam-olam sevinch demakdir»1. Bu kabi fikrlar Alisher Navoiyning axloqiy qarashlarida ham mavjud. Masalan, «Vafosizda hayo yo’q; hayosizda vafo yo’q. Agar kimda bu ikki sifat bo’lmasa - unda imon ham yo’q»2. Bedil bu g’oyalarni davom ettirar ekan, uyat, hayo kabi axloqiy tushunchalarning inson hayotidagi ahamiyatini ochib beradi. Bu tushunchalarning mohiyatini inson ongiga yetib borishi uchun ularni xolisona tasvirlashga harakat qiladi: Yo’lbars ila sherni yengan mard kishi, Bo’yin egib tursa, bu hayo ishi3. SHarqda mardlik bu faqatgina jangda qahramonlik ko’rsatish, o’zini xavf-xatarga solish emas, balki oriyatli, hayoli bo’lish bilan belgilanishi Bedil satrlarida ham o’z aksini topgan. Kimniki rahbari bo’libdi hayo, Uni mahv etolmas ofat va balo... Fitratingdan judo bo’lmasin hayo Oyoq ostingga boq, bo’lma beparvo... Bo’lmasa sharmu hayodan ter, tarovatsiz husn, SHabnami yo’q toza guldin yaxshidir qog’oz gul4. Yuqoridagi baytlardan ko’rinib turibdiki, hayo, uyat insonning bezagi. Inson o’zining axloqiy fazilati orqali haqiqiy o’zligini anglaydi. Hayoli insonda tarovat va go’zallik mavjuddir. Bedil hayo bilan mardlikni uyg’unlikda ko’radi. U quyidagi rubboiysida shunday deydi: Hayo tuxmin qo’ldan bersa gar odam, G’ayrat binosining qaddi bo’lur xam. Soqoldan lof ursa ishonma unga, Nomus qo’ldan ketgach, qolmas mardlik ham1. Hayoli kishi diyonatli, oriyatli, samimiylikni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishini Bedil atroflicha ifodalab bergan. Inson hayosiz bo’lsa, u qadr-qimmatini yo’qotgan, nafs balosiga duchor bo’lgan inson qiyofasidagi maxluqdir. Or-nomusni ardoqlash, unga amal qilish zaruratini anglagan Mirzo Bedil hayo axloqiy tushunchasi orqali sharqona axloqiy go’zallikni yana bir pog’ona yuqoriga ko’taradi. SHoir axloqiy qadriyatlar haqida fikr bildirganida, mardlik, sharmu-hayo, odob, fidoyilik bobida o’rnak bo’luvchi insonlarni qadrlaydi. Bedilning zamondoshi bo’lgan Zebunniso ushbu sifatni o’zida jo etgan holda quyidagi baytni yozadi: Layli zotidan esam-da, dilda Majnuncha havo, Tog’u-tosh kezgum kelur, lekin yo’lim to’sgay hayo2. Ayniqsa, bugungi milliy qadriyatlarimizga e’tibor kuchaygan bir vaqtda, yoshlarimiz ongiga hayo tushunchasini chuqurroq singdirish nihoyatda muhimdir, chunki mutafakkirlar tahkidlab o’tishganidek, hayo qo’ldan ketsa mardlik ham, ezgulik ham, insoniy hayot go’zalligi ham yo’qoladi. Axloqiy go’zallikning muhim qirralaridan biri, hayo ekanligi Bedil tahlimotida o’zining yorqin ifodasini topgan. Bedil go’zal axloqqa erishishning yo’l-yo’riqlarini ko’rsatish bilan bir qatorda, umuman go’zal axloqning o’zi nima? - degan savolga ham javob beradi. Mutafakkir ilgari surgan g’oyaga ko’ra, har kim engiltaklik qilib yomon hislatlarni oshkor etsa, u xoh bilimdon bo’lsin, xoh nodon bo’lsin xalq nafratiga duchor bo’ladi. Olamni zabt etuvchi yaxshi va ezgu narsa axloq go’zalligi sanalib, buni barcha mahqul ko’rishi tahkidlanadi: Olamni zabt etar go’zallik bilsang, Axloqiy husndir, shuni de har on. Bedil ilgari surgan axloqiy qadriyatlar orasida «karam» tushunchasi muhim o’rin egallagan. «Karam» axloqiy tushunchasi mutafakkir tomonidan inson kamolotida, uning mukammallikka erishishda ustuvor qadriyatlardan biri sifatida talqin etiladi. Mutafakkir «karam» tushunchasi haqida fikr bildirganda, o’zidan oldin yashab o’tgan allomalarning qarashlariga tayanib, ularni yangi mazmun bilan boyitadi. Masalan, mutafakkirlarning asarlarida ilgari surilgan «karam» tushunchasi, Bedil tahlimotida yanada rivojlantirilganligini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarida karam tushunchasiga to’xtalib, shunday degan edi: «Karam - bir jafokashning og’ir yukini ko’tarmoq va o’sha yukning mashaqqatidan uni qutqarmoqdir. Karam - birovning tikanli mashaqqat yukini ko’tarmoq va tikan sanchilishidan guldek ochilmoq va shu qilgan ishi haqida og’iz ochmaslik. Hech minnat qilmaslik, aslo yuziga solmaslikdir. Karam va muruvvat - ota - onadirlar»2. Mirzo Bedil esa, yaxshilik karamdan iborat, deb hisoblaydi. Ul zot o’z fikrini davom ettirib, shunday deydi: Karam dasturxoni yoyilgan nafas, Baxillik dilingdan yiroq bo’lsa bas1. Mutafakkir ezgulik, saxiylik, ulug’vorlik, yaratish, obodonlashtirish, dehqonchilik kabi barcha hislatlarni «karam» tushunchasi orqali ifodalaydi. Bedil ilgari surgan «karam» tasavvuf ahli tavsifida ham «ulkanlik», «buzrugvorlik», «mardlik», «yaxshilik» mahnosida ishlatiladi: Borliq o’zgarishi derlar o’limni, Yo’qolmasligimiz asosi Karam2. Bedilning yuqorida keltirilgan fikridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, insonning o’tkinchi umrini abadiylikka aylantiradigan vosita karamdir. Bedil ilgari surgan axloqiy qadriyatlar orasida mehnatsevarlik ham o’ziga xos tarzda talqin etilgan. Uningcha, Allohni rozi qilmoqchi bo’lgan inson xalq farovonligi yo’lida mehnat qilishi va zahmat chekishi zarur. Mirzo Bedil kishilarning qadr-qimmati va afzalligini mehnatda, deb biladi. Xalqqa xizmat ayla uni o’yla doimo, Bu tomosha olamida o’zingga qo’yma bino3. Bedil hunarsiz, biror-bir mehnat bilan shug’ullanmaydigan kishilarni qattiq qoralagan. O’zining «Irfon» asarida ul zot «Ish qilmasdan mukofot izlash uyatsizlikdir. Ey, tadbir ishi izlashga, istashga eringanlar. Bekordan bekor xohlash uyatdir. Dangasalikni tavakkul deb atab, xom tasavvur qilibsan»4 - deydi. SHoirning tahkidlashicha, mehnat qilish, muayyan kasb-hunar bilan mashg’ul bo’lish insonni kamolot sari yetaklaydi, uni baxtli-saodatli qiladi. Bedil dehqonchilik, hunarmandchilik va ilmning rivojlanishi xalq turmushini yaxshilashini, davlatning mustahkamlashini mahlum darajada anglab yetgan. Bedil inson qadr-qimmati, axloqiy go’zalligi molu-dunyo bilan emas, balki mehnat, ilm-hunar bilan belgilanadi, degan fikrda qathiy turadi. «Hunar egallamaguncha kishi yuziga iqbol eshigi ochilmaydi»1. Uningcha, mehnat bilan band bo’lmagan odam marvaridsiz chig’anoqdek befoydadir. Bedilning tahkidlashicha, ipak yoki oddiy matodan tikilgan ust-bosh odamning xulq-atvori, haqiqiy qiyofasini belgilashda asosiy omil bo’la olmaydi, balki insonning axloqiy qiyofasi mehnatda, savobli ishlarida bilinadi. Mutafakkir mehnat to’g’risida gapirib quyidagi fikrni aytadi: Joma xoh atlas, xoh palos, SHaxs botil nameshavad zi libos. Mahniash ravshanu taqaddusi rang, Az siyohi xat nadorad nang2. Download 203.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling