Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitet


Download 37.11 Kb.
bet6/7
Sana31.03.2023
Hajmi37.11 Kb.
#1310939
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Utayev Shahzodjon 1 (2)1 (1)

Buxoro viloyatining to’y marosimlari va Buxoro yahudiylari : Buxoro viloyatining ayrim tumanlari, xususan G’ijduvonda qadimgi

urf-odatga ko’ra to’y qizning ota uyida bo’ladi. Ammo deyarli barcha harajatlarni kuyov tomon o’z zimmasiga oladi. G’ijduvonliklar to’y kelinning uyida bo’lishini “qizni uyidan ayirib, olib ketishadi, shu bois ota-onasini ko’rib qolsin” degan ma’noda izohlashar ekan. Buxorolik kelin-kuyovlarning o’ziga xos odatlaridan biri

  • ularning to’y oxiriga qadar tik turishlaridir. Bu yoshlarning kelgan mehmonlarga nisbatan hurmatini bildiradi. Kelin esa to’y tugaguniga qadar har zamon tazimda bo’lib, salom berib turadi. Markaziy Osiyo xalqlarida milliy o‘yinlar nomini olgan o‘ziga xos musobaqalari, mardlik, jasurlikni namoyish qiluvchi bellashuvlar va Dune xalqlarida ko‘plab uchraydigan hayvonlar va parrandalarni urishtirishga qiziqish bo’ladi. Buxoroda kelin salom ayniqsa, juda qiziqarli bo’lib o’tadi. Kelin salom kelin tushgan kunning ertasiga ertalab, kelinni kuyovning ota-onasi va qarindoshlariga ko'rsatish, tanishtirish, salomlashish uchun o'tkaziladi. Kelinning yuziga parda yopib, ro'molcha to'sib xonadon ostonasiga olib chiqadilar va kelin salom aytadilar:


    • Assalomu alaykum kelin salom

    • Avvalambor ikki olam sarvari

    • Yaratgan egamga salom!!!

    • To 'rga gilam to 'shagan,

    • To'raday o'g'il o'stirgan .

    • Katta momoga bir salom.

    • To'badan choh kavlatgan,

    • Soydan tulki ovlatgan

    • Katta buvaga bir salom.

    • Ka'batillo yo'lida

    • Joynamozi go 'lida

    • Qayriotasiga salom.

    • Oyboltaday salmoqli

    • Eshonoyimday dimog'li

    • Qaynonalariga salom.

    • Qora qo’ying harrasi

    • Yigitlarning sarasi

    • Kuyov navkarlarga salom.

    • Uyida ko 'pdir teragi

    • Hammadan ham keragi

    • Salom-salom уor-yor

    • Amma-xolalariga salom.

    • Qora qo 'chqorni so 'ydirgan

    • Mahallani to 'ydirgan

    • Salom-salom yor-yor

    • Amaki-tog'alariga salom.

    • Pista, bodomni ko'p chaqqan

    • Akasi kelsa gap chaqqan

    • Salom-salom уor-yor

    • Qaynsinglisiga salom.

    • Yigitlarning sardori

    • Kelinimizning xaridori

    • Salom-salom yor-yor

    • Kuyov pochchaga salom.

    • Bo 'ynimdagi marjonim

    • Uzilib ado bo'ldi

    • Shuning bilan azizlar

    • Salomim tamom bo'ldi.

Shunday tarzda kelin salom bo’lib o’tadi va bu juda ajoyib tarzda bo’ladi. Endi esa to’ydan ota-ona farzandli bo’lgandan kegin bo’ladigan marosim "Beshik to'y" esa Unda asosan boshqa to'ylardan farqli erkaklar qatnashmaydi. Beshik to'yi kuni qizning onasi qarindoshlari, qo'ni-qo'shnilarini olib, yasatilgan beshikni qudanikiga olib boradi va kirilayotganda alla aytiladi. Ayrim taxminlarga ko'ra alla so'zi "Alloh" so'zidan kelib chiqib yaratgandan chaqaloqni o'z panohida saqlashni iltijo qilishga nisbatdur. Alla shunday bir qo'shiqki uni hech zamonda, hech bir shoir yozolmagan, baxshilar to'qib chiqarolmagan. Uni har bir yurak o'zicha kuylaydi. Alla farzand tarbiyasi uchun bitilgan shoh asardir! "Oltin to'y" bu boshqacha to’y. Bunday muborak to'ylar kishining 70-75 yoshlik davriga to'g'ri keladi. Ularning aksariyati to'g'ri yashab o'tgani, qobil farzandlarni tarbiyalagani uchun piru-badavlat kishilar sifatini olgan. Oltin to'ylar bizning xalqimiz uchun yangilik bo'lib, er bilan xotinining turmush qurganlariga 50 yil to'lishi bilan o'tkaziladigan marosim. Bu marosim dastlab shaharlarda ziyolilar orasida urf bo'lib, keyin tarqalgan. Agar qiz- yigitning to'yini ota-ona o'tkazsa, "oltin to'y" ni farzandlar o'tkazadilar. To'yda xalqimizning milliy xarakteri, o'zligi tor ma'noda aks etadi. Lekin to'ylar xalqimizninig ma'naviy yuksalishida qanchalik ijobiy rol o'ynamasin, uni o'tkazish bilan bog'liq ba'zi ortiqcha rasm-rusumlar, odat tusiga kirib borayotgan sun’iy udumlar jamiyatimizning rivojlanishiga, oila harqarorligini ta'minlashda salbiy ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Jumladan ba'zilarning mehnatsiz topgan boyliklari,ba'zilarning esa bola-chaqasini yaxshi yedirmaslik, kiyintirmaslik evaziga tejalgan mablag' hisobiga katta miqdorda qarz olishi, oila byudjetida mavjud mablag'ni to'liq sarf qilish hisobiga yoki ba'zi kimsalarning halol mehnatsiz qing'ir yo'llar bilan topilgan boyliklari evaziga yetti iqlimga nomi ketgan dabdabali to'y o'tkazishga intilishlari bozor munosabatlari sharoitida soxta boyvachchalikdan o'zga narsa emas. Soxta obro' orttirish uchun o'zini unutish hech kimga shon-shuhrat keltirmagan,
keltirmaydi ham9. Ko’p ming yillik tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi asrlar davomida o'ziga xos xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Ular doimiy takrorlanishi va xalqning ularga amal qilib kelishi natijasida umrboqiydir. Turmushga, zamonga qarab ularning ayrimlari unutiladi. Zamonga qarab, yangilari paydo bo'ladi, eng xalqchillari esa avloddan-avlodga o'tib keladi. O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari mehmondo’stlik va yoshi kattalarga an’anaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. O’zbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat bo’lgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular ko’proq hovlisi bo’lgan katta uylarni yoqtirishadi. Maishiy hayotida mehmondo’stlikning bir qismi bo’lgan choyxo’rlik marosimi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda choy damlash va uni mehmonlarga quyib berish faqat mezbonning mutlaq huquqi bo’ladi. Tushlik yoki kechki ovqatga takliflarni doimo qabul qilish va o’z vaqtida kelish qabul qilingan. Mehmonga kelayotganda o’zi bilan birga mezbonning bolalari uchun suvenirlar yoki shirinliklarni olgan yaxshi. Odatda faqat erkaklar bilan qo’l berib so’rashishadi. Ayollar hamda uzoqroq o’tirgan kishilar bilan o’ng qo’lini yuragiga qo’yib, boshini ohista egib salomlashish lozim. Qo’l berib so’rashish paytida an’anaga ko’ra kishining salomatligi, ishda va uydagi ishlari ahvoli to’g’risida so’raydilar. Qishloq joylarda mehmon kelgan paytda ayollar odatda erkaklarning suhbatiga xalal bermaslik uchun ular bilan bir dasturxonga o’qtirmaydilar. Ayollarning go’zalligiga qoyil qolish va ularga jiddiy e’tibor berish qabul qilinmagan. Turar joy xonasiga kirishda poyafzal yechiladi. Mezbon ko’rsatadigan o’ringa o’tirish kerak. Bunda ushbu joy kirishdan qanchalik uzoqda bo’lsa, shunchalik hurmatli bo’ladi.





9 https://uz.denemetr.com/docs/810/index-44128-1.html

Download 37.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling