Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti 70610301 - Kriptografiya va kritoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti M.M.Babajonovning “Assimetrik kriptotizmlarni modellashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Taqriz qilinayotgan magistrlik dissertatsiyasi Assimetrik kriptotizmlarni modellashtirish bag‘ishlangan. Shifrlash algoritmlari asoslarini ochiq ma‘lumotni ifodalovchi alfavit belgilarini yoki belgilar birikmalarini shifrma‘lumotni ifodalovchi alfavit belgilariga yoki belgilar birikmalariga akslantiruvchi matematik modellar tashkil etishi yuqorida ta‘kidlangan edi. Shuning uchun ham shifrlash algoritmlarini sinflarga ajratishning boshlang‘ich bosqichi, ular negizidagi akslantirish turlari asosida amalga oshiriladi. Agar shifrlash jarayonida ochiq ma‘lumot alfaviti belgilari shifr ma‘lumot alfaviti belgilariga almashtirilsa, bunday akslantirishga asoslangan shifrlash algoritmi o‘rniga qo‘yish shifrlash sinfiga kiradi. Agar shifrlash jarayonida ochiq ma‘lumot alfaviti belgilarining o‘rinlari almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi o‘rin almashtirish shifrlash sinfiga kiradi. Ko‘rinib turibdiki, o‘rin almashtirish shifrlash algoritmlarida ochiq ma‘lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilarining ma‘nosi shifrma‘lumotda ham o‘zgarmasdan qoladi. Aksincha, o‘rniga qo‘yish shifrlash algoritmlarida shifr ma‘lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilari ma‘nosi ochiq ma‘lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilarining ma‘nosi bilan bir xil bo‘lmaydi. Shifrlash jarayonida o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlarining kombinastiyalaridan birgalikda foydalanilsa, bunday shifrlash algoritmi kompozistion shifrlash turkumiga kiradi. Magistrlik dissertatsiyasining ikkinchi bobida elliptik egri chiziqlarga asoslangan el-gamal algoritmini matematika asosi ko‘rib chiqilgan. Uchinchi bobda Elliptik egri chiziqlarga asoslangan el-gamal algoritmi tahlili ko‘rib chiqilgan. El-gamal algoritmi va Elliptik egri chiziqlarga asoslangan el-gamal algoritmidan foydalanilib, Github dasturida dasturiy vosita yaratilgan.
Magistrlik dissertatsiyasining ayrim joylarida stilistik va orfografik xatolar ko‘zga tashlanadi. Ammo, ushbu kamchiliklar magistrlik dissertatsiyaning ahamiyatini pasaytirmaydi. Magistrlik dissertatsiyasi yuqori ilmiy saviyada yozilgan va unda ilmiy asoslangan natijalar olingan.
“Elliptik egri chiziqlarga asoslangan el-gamal algoritmi tahlili” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi 70610301 - Kriptografiya va kritoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha mavjud talablarga mos keladi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tavsiya qilib, muallif I.I.Shahriyorovga magistr akademik darajasini taqdim qilish mumkin.
Taqrizchi,
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU
“Sun’iy intellekt kafedrasi”
dotsenti f.-m.f.b.f.d. PhD Y.D.Saidov
Do'stlaringiz bilan baham: |