Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Umumiy pedagogika oquv qollanma2
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Kompetensiya»
- O‘qituvchining didaktik kompetensiyasi
Kompetentsiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch
elementi (triada) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka»ni oltita birlik (sikstet) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab etiladi. 187 Umumiy o‘rta ta'limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, kasbiy ta'limdan farqli ravishda «umumta'limiy kompetensiya» tushunchasini ta'lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta'lim maktabi o‘quvchisi hali ma'lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir. «Kompetensiya» - muayyan muammo va masala, hodisa borasida shaxsning bilim, tajriba, mutasaddilikka ega bo‘lishi va ularni hal qilishga yetadigan salohiyati tushuniladi[ ] 25 . “Kompetentlik”- voqyea-hodisalar, masalalar yechimi to‘g‘risida xabardor bo‘lish, muayyan nufuzga ega bo‘lishni o‘zida ifoda etadi 26 . Ilmiy tadqiqotlarda kompetensiya pedagogik hodisa sifatida XX asrning 70 yillaridan e'tiboran tadqiq etila boshlandi. Pedagogik kompetentlik – yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi va kasbiy faoliyatidagi individuallikning yorqin ko‘rinishi sifatida tushuniladi. Umumta'limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni amalga oshirish zarur bo‘lgan real voqyelikning aniq belgilangan obektlariga munosabatini taqozo etuvchi o‘quvchining semantik (ma'no-mazmun) yo‘nalganligi, bilim, ko‘nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida aks etuvchi ta'limiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talabdir. O‘qituvchining didaktik kompetensiyasi – zamonaviy o‘qituvchining kasbiy kompetensiya asosini tashkil yetadi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: -O‘qitish muhitini yaratish; -Mavzu mazmunini yoritishni rejalashtirish; -O‘quv jarayonini boshqarish; 1 Педагогик атамалар луғати. -Тошкент:Меърос, 2014.-15-бет. 2 Толковый словарь русского языка: В 4 т. Т. 1 / Под ред. Д.И. Ушакова. -Москва: Мысль, 2009. С.34. 188 -O‘quvchilarning yutuqlari va rivojlanishlarini baholash; -O‘quvchilarga motivatsiya berish va yordam ko‘rsatish; -O‘quvchilar bilimini rivojlantirish. O‘quvchi uchun kompetensiya – bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun aniq mo‘ljal (orientir). Biroq maktab ta'limi davrida o‘quvchida «yuksak» kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur kompetensiyalarni umumta'limiy nuqtai nazardan o‘zlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni Davlat ta'lim standarti talablari asosida tashkil etiladi va uning bajarilishi yuqorida ko‘rsatilgan barcha muassasalar uchun majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori, “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori asosida tuzilgan DTSda ko‘rsatilishicha umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari umumta'lim fanlari bo‘yicha ta'lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta'lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling