Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet131/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: 
1. 
Hozirgi vaqtda ta'limni tashkil etishning qanday shakllari keng tarqalgan? 
2. 
Ta'limni tashkil etishning individual tizimiga izoh bering. 
3. 
Sinf-dars tizimining afzalligi va kamchiliklari nimalarda namoyon 
bo‘ladi? 
4. Ma'ruza-seminar tizimining o‘ziga xosligini izohlang. 
5. Dars deb nimaga aytiladi? 
6. Darsning qanday turlari mavjud? 
7. Darsga qo‘yiladigan talablarni tushuntirib bering. 
8. 
O‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rishi qanday bosqichlarni o‘z 
ichiga oladi? 
9. 
Ta'limni tashkil etishning yordamchi shakllariga nimalar kiradi? 


207 
 
 
 
ADABIYOTLAR: 
1. Селевко Г. К. Современные образовательные технологии.- М., 
Народное образование, 1998г. 
2. Qurbonov Sh, Seytxalilov E. Ta'lim sifatini boshqarish. -Toshkent: Turon-
Iqbol, 2006. -592 b. 
3. Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya . -M., «Logos»,2012.132-
186 betlar. 
4. Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006.-
296 bet. 
9-mavzu. TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI 
 
REJA:
1. Metod, usul, texnologiya va metodika haqida tushuncha 
2. Ta'lim metodlari tasnifi 
3. Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni 
Tayanch tushunchalar: metod, ta'lim metodi, ta'lim usuli, qoida, interfaol 
metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta'limning texnik vositalari
 
Metod, usul va texnologiya. Ta'lim metodi tushunchasi anchagina 
murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida 
munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan 
didaktlarning 
turli 
ta'riflariga 
qaramay, 
ularning 
nuqtai 
nazarlarini 
yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta'kidlash mumkin. Ko‘pchilik 


208 
mualliflar ta'lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish 
usuli, deb hisoblashga moyildir. 
Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil 
ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta'rifiga kelishga harakat qilamiz. 
Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. 
Metod – eng umumiy ma'noda – maqsadga erishish usuli, ma'lum tarzda tartibga 
solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va 
u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.
Didaktikada, shuningdek, ta'lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta'lim 
usuli – ta'lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan 
usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism 
sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv 
vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda 
foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘qituvchilar 
tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin. 
Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga 
ko‘ra amaliy metod hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning 
qoidasini o‘qib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-
usul), o‘qituvchining namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan mashqning 
bajarilishi (3-usul), o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va 
xatolarini tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling