Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ijtimoiy omillar 
Ijtimoiy munosabatlar, 
ijtimoiy tafakkur, turmush 
tarsi, shaxslararo, 
guruhlararo, millat va 
halqaro munosabatlarning 
muvofiqligi 
Biologic omillar 
Genlar, irsiy, anatomic, 
fiziologik, ruhiy tashkiliy 
jihatlar orqali o’tadigan 
birliklar 
Ruhiy omillar 
Inson psixikasidagi hissiy, 
aqliy faoliyat sohalaridagi 
o’zgarishlar 


55 
2-rasm. Shaxsning kamol topishidagi asosiy omillar
Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o'rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy 
belgilarning rivojlanishi insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga bog'liqligiga
ko'plab misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitda 
emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy 
belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr,
faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. (1920 yilda hindistonlik doktor Singx 
Midnapur shahri yaqinidagi bo'ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va 
Amola hayoti bunga misol bo'ladi)
18
. Yoki Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” 
asaridagi bosh qaxramon- Robinzon yashagan orol sohillariga uning xaloskor 
kemasi yelkan otmaganida edi, u shaxs sifatida degradatsiyaga
19
uchragan 
bo‘lardi. 
Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o'rni mo'him bo'lib, 
Alisher Navoiy - shoir, Eynshteyn- fizik, Ulug'bek-astronom, Ibn Sino-tabib 
bo'lib tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, 
iste'dodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta'lim -tarbiya mo'him o‘rin egallaydi. 
Davlatimizning barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatida ham shaxs 
shakllanishida muhitning o'rni muhimligi ko'rsatiladi. 
Ta'lim - tarbiya insonning shakllanishida etakchi o‘rin egallaydi.Ta'lim -tarbiya 
natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta'sirini o'qish, ¸zizish, mehnat qilish, 
musiqa bastalash va boshqa malaka va ko'nikmalar egallanishi evaziga 
o‘zgartirish, xatto tug'ma kamchiliklar(karlik, zaif ko‘rish, soqovlik)ni bartaraf 
etish mumkin. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda
qobiliyatli, iste'dodli va iqtidorli bolalarga aloqida e'tibor berila boshlandi, 
Pedagogika. O'quv қўлланма // A.Munavvarov taҳririda.- Toshkent: "O'qituvchi", 2006.- 29- bet. 
Degradatsiya – shaxsning rivojlanishida tubanlik holati, ya'ni insonning shaxs sifatida tanazzulga uchrashi 
(muallif) 


56 
ularning iqtidori yoshligidan aniqlanib rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda 
“Nihol”, Zulfiya nomidagi davlat mukofotlari, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon 
Beruniy nomidagi va Prezident stipendiyalarining ta'sis etilganligi ham yoshlarga 
berilayotgan e'tiborning timsolidir. 
Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma'naviy meros – ularning asarlarida komil 
insonni ma'naviy rivojlantirish g‘oyasi o‘z ifodasini topgan. Xususan, “Avesto”, 
Qur'oni Karim, Sharq mutafakkirlarining noyob asarlaridagi komil inson g‘oyasi, 
Sharqona axloq kodeksi va bugungi kundagi O'zbekiston Respublikasi Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturida sog‘lom avlod tarbiyasi haqida o'lmas g'oyalar 
keltirilgan. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'lar ekan, uning 
ijtimoiy voqyelikka, mehnatga, insonlar va jamiyatga bo'lgan munosabati, faollik 
darajasi, axloq-odob borasidagi etukligi turlicha bo‘ladi. Shaxs qaysi jamiyatda 
yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga amal qiladi va voyaga yetadi. 
Pedagogikada shaxsning kamolotga etishishi murakkab va ziddiyatli jarayon 
sifatida qaraladi. Shaxsning kamolotga erishishida irsiyat, muhit, maqsadga 
muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim -tarbiya va albatta o‘zining mustaqil 
faoliyati, iroda safarbarligi mo'him ahamiyat kasb etadi. 
Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob'ektiv omillariga kiradi. 
Inson organizmidagi anatomik tuzilish, fiziologik harakat, asab tipi, asosiy 
shartsiz reflekslarni ota-onasidan meros qilib oladi. Zamonaviy pedagogika va 
psixologiya fanlarida odam shaxsi va xulqi rivojlanishida biologik omillarning 
rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi bixeviorizm, 
progmatizm, biogenetik oqimlar mavjud bo'lib, ularning ayrim vakillari 
(E.Torndayk ) odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos barcha 
xususiyatlarga ega bo'ladi, degan fikrni ilgari surishsa, ayrimlari ong va aqliy 
qobiliyat ham nasldan-naslga o'tadi,- degan g‘oyani ma'qullaydilar. Ba'zi ( ) 
olimlar shaxsning axloqiy jihatdan
o'sishini ham irsiyatga bog'laydi.Shunday 
qilib, irsiylik shaxsning o‘ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik, 


57 
psixologik, tashkiliy jixatlar, ota-ona tomonidan irsiy o‘zgaruvchilar orqali 
o‘tadigan birliklardir. 
Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni mo'him va o'ziga xos, albatta, 
irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar - aqliy va 
jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkinligi, lekin 
bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar 
orasida yashashi, jamiyatda munosabatlar o‘rnatishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi 
va ma'lum xulq- odob qoidalariga amal qilishi lozimdir. Insonning shaxs sifatida 
shakllanishida muhit (geografik, ekologik, axborot vositalarining uzoq-yaqinligi, 
ota-ona, bobo-buvilar tarbiyasining to‘laqonligi, tashqi muhit va h.k) beqiyos 
amiyat kasb etadi.
Shaxsning rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining o'rni beqiyos.
Buyuk insonlar o'z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay mehnat 
qilganlar. Inson o'z intilishi va faolligi bilan yuksak natijalarga erishishi 
mumkin, qobiliyat va iste'dodni ro‘yobga chiqarish uchun ham o'z ustida 
ishlanishi zarurdir. Masalan, buyuk iste'dod sohibi Muxtor Ashrafiy kunlardan bir 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling