Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

kun shogirdinikiga tashrif buyuribdi. Shogirdi fortopiano oldida o‘tirib, kuy 
bastalayotgan ekan. Shogirdining rafiqasi ilhom parisi kelganda, turmush 
o‘rtog‘iga halal bermaslik uchun ustozga bir pas o‘tirib turishni maslahat 
beribdi. Bir necha daqiqadan so‘ng shogird Muxtor Ashrafiy yoniga peshvoz 
chiqibdi. Salomlashgach, Muxtor Ashrafiy shogirdiga qarata:”Men bugun 
kechasi bir kuy bastaladim. Marhamat, tinglab ko‘r, debdi va fortopiano yoniga 
kelib, bir necha daqiqa oldin yangragan kuyni ijro etibdi. Shogird hangu-mang 
bo‘libdi. Qanday qilib, ikki kishi bitta kuyni bastalashsa?! Biron nota ham 
o‘zgarmasa? Bunaqa sira bo‘lishi mumkin emas-ku?!,-deb hayron qolibdi. 
Shunda Muxtor Ashrafiy xandon urib kulibdiyu, hazillashayotganini aytibdi. 
Muxtor Ashrafiydagi buyuk iste'dod, xotirlash qobiliyatining kuchliligiga shogird 
tasanno aytibdi. Shunday qilib, mashhur musiqachi, bastakor Muxtor Ashrafiy 
o‘zining buyuk iste'dod egasi ekanligini namoyon qilgan ekan. 


58 
Yoki yana bir iste'dod sohibi, birdaniga bir necha sohalarda faoliyatini 
namoyish qilgan buyuk rassom, arxitektor, matematik Leonardo Da Vinchi o‘z 
ustida tinmay izlangan, mashaqqat bilan mehnat qilganligi hyech kimga sir emas. 
Yoshligida juda qashshoq yashagan Leonardo kunlarning birida tabiat quynida 
rasm chizish uchun Florensiyaning chekka qishlog‘iga kelibdi va yashash uchun 
ijaraga kichik hujra tanlabdi. Vaqt o‘tibdi, ammo Leonardo hujra pulini to‘lay 
olmabdi. Hujra egasi xasis va qitmir ekan. U rassomni tanimabdi va undan ijara 
haqqini talab qilibdi. Rassom ikki soatlardan so‘ng pulni to‘lashga va'da beribdi. 
Oradan ikki soat o‘tgach Leonardo Da Vinchi mo‘jazgina tugunchasini ko‘tarib, 
hujradan chiqibdi va pulni stol ustida qoldirganligini aytib, hujra egasi bilan 
xayrlashibdi. Xasis hujra egasi xonaga kirsa, stol ustida yaraqlab turgan bir 
uyum tilla tangalarni ko‘ribdi va ochko‘zlik bilan ularga qo‘l cho‘zibdi, ammo 
qo‘li stolning ustida mohirlik bilan chizilgan rasm ustida qolganligini ko‘rib, 
hayratdan yoqa ushlabdi... Ancha vaqtdan keyin hujraning egasi ushbu stolni 
juda katta pulga sotishga muvaffaq bo‘lib, mislsiz darajada boyib ketibdi. 
Demak, qobiliyat tinimsiz mehnat va izlanish natijasida iste'dodga aylanishi, 
insonni kamolotga yetaklashi muqarrardir. 
«Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan 
chambarchas bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi»
20

Bola aynan turli faolliklar yordamida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi. 
Demak, tahsil oluvchilarning faoliyatlari passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda 
boshqariladigan faol jarayondir. Ya'ni, faoliyat-o'quvchi ongi va tafakkuri bilan 
boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi 
olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos 
faollik shaklidir. Bu-o'quvchining darslarda muayyan predmetlar mohiyatini o'z 
tasavvuri doirasida, malum bir echim orqali bilishga, yangi kashfiyotlar 
yaratishga qaratilgan faoliyatdir. 
1
1
1 Karimova V. Psixologiya.-Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2010.-97-бет. 


59 
O'quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik 
mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Bunday 
harakatlar doimo motor harakatlarni ham qamrab oladi. Bola shaxsining 
rivojlanishida harakatlar quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi: 
-pereptiv-bunda o'quvchi ongida jismlar va hodisalar to'grisidagi yaxlit siymo 
(obraz) shakllanadi; 
-mnemik faoliyat- narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador 
materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi va bog'liq murakkab faoliyat turi; 
-imajitiv faoliyat-(«imaje» -«obraz»)-ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya 
vositasida ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda 
saqlashni taqozo etadi. 
O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish yuz bergan 
bo'lsa, bunday jarayon pedagogika va psixologiyada interiorizaiya deb 
nomlanadi, aksincha, aqlda shakllangan g'oyalarni bevosita tashqi harakatlarga 
yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi ksteriorizaiya deb yuritiladi.
Faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko'ra ham farqlanadi. 
Ayrim xatti- harakatlar boshida har bir harakatni jiddiy ravishda, alohida-alohida 
bajarishini va bunga butun diqqat-e'tiborni, ongning yunalishini talab etadi. Lekin 
vaqt o'tgach, ongning ishtiroki kamayib, ko'pgina qismlar avtomatlashib boradi.
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy shaxs kamolotida faoliyatning mo'him 
o'rnini alohda qayd etib, uning turlarini bir necha bosqichlarga ajratadi va 
amalga oshirish usullari, vaqt va fazoviy ta'rifi, fiziologik mexanizmlari 
to'grisidagi g'oyani ilgari suradi. Bugungi kunda zamonaviy pedagogikada
insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash masalalari ustida 
tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu izlanishlar samarasi har tomonlama 
barkamol shaxsni shakllantirishga mo‘ljallangan strategiyalardan iborat bo‘lib, 
shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri - bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon 


60 
etish, aqliy jihatdan
rivojlanish, yoqtirgan kasbi bo'yicha mehnat qilish 
huquqini ro'yobga chiqarishga mo‘ljallangan.
Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga Davlat tomonidan
ta'lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko'rish kafolotlanadi. Ta'lim jarayonida 
shaxs Davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Ta'lim 
xizmatlarining amalga oshiruvchi sifatida shaxs munosib darajada malaka 
darajasini olgach, bilim va tajribalarni ta'lim jarayonida yosh avlodga o'rgatish, 
moddiy ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va maishiy xizmat sohalarida 
faoliyat ko'rsatish bilan shug'ullanadi. 
Har bir odam faqat ta'lim, ijtimoiy tarbiya va ma`naviy kamolot, kasb-
hunar o'rganish tizimi vositasidagina shaxs bo'lib shakllanadi.
Natijada shaxsning ijtimoiy kamol topishi- uning jamiyat uchun foydali 
funkiyalarni bajarishi, o'z vazifa va burchlarini puxta va ijodiy anglab, boshqalar 
bilan teng, mustaqill munosabatlarga kirishuvi yuz beradi. 
Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o'rni va roli, huquq va majburiyatlari
qonuniy himoyaga olingan va tegishli hujjatlarda batartib bayon etilgan.
Pedagogikadagi eng asosiy kategoriyalardan yana biri – tarbiyadir.
Tarbiya – uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling