Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet116/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Kompetentsiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch 
elementi (triada) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka»ni oltita birlik 
(sikstet) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat 
tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik» tarzida tahlil etish 
talab etiladi.


187 
Umumiy o‘rta ta'limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap 
ketganda, kasbiy ta'limdan farqli ravishda «umumta'limiy kompetensiya» 
tushunchasini ta'lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki 
umumta'lim maktabi o‘quvchisi hali ma'lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks 
ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir.
«Kompetensiya» - muayyan muammo va masala, hodisa borasida shaxsning 
bilim, tajriba, mutasaddilikka ega bo‘lishi va ularni hal qilishga yetadigan 
salohiyati tushuniladi[ ] 
25

“Kompetentlik”- voqyea-hodisalar, masalalar yechimi to‘g‘risida xabardor 
bo‘lish, muayyan nufuzga ega bo‘lishni o‘zida ifoda etadi
26

Ilmiy tadqiqotlarda kompetensiya pedagogik hodisa sifatida XX asrning 70 
yillaridan e'tiboran tadqiq etila boshlandi. 
Pedagogik kompetentlik – yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning 
taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, 
uning tajribasi va kasbiy faoliyatidagi individuallikning yorqin ko‘rinishi 
sifatida tushuniladi. 
Umumta'limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv 
faoliyatni amalga oshirish zarur bo‘lgan real voqyelikning aniq belgilangan 
obektlariga munosabatini taqozo etuvchi o‘quvchining semantik (ma'no-mazmun) 
yo‘nalganligi, bilim, ko‘nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida 
aks etuvchi ta'limiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talabdir. 
O‘qituvchining didaktik kompetensiyasi – zamonaviy o‘qituvchining 
kasbiy kompetensiya asosini tashkil yetadi. Bular quyidagilarda namoyon 
bo‘ladi: 
-O‘qitish muhitini yaratish; 
-Mavzu mazmunini yoritishni rejalashtirish; 
-O‘quv jarayonini boshqarish; 
1
Педагогик атамалар луғати. -Тошкент:Меърос, 2014.-15-бет. 
2
Толковый словарь русского языка: В 4 т. Т. 1 / Под ред. Д.И. Ушакова. -Москва: Мысль, 2009. С.34. 


188 
-O‘quvchilarning yutuqlari va rivojlanishlarini baholash; 
-O‘quvchilarga motivatsiya berish va yordam ko‘rsatish; 
-O‘quvchilar bilimini rivojlantirish. 
O‘quvchi uchun kompetensiya – bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun 
aniq mo‘ljal (orientir). Biroq maktab ta'limi davrida o‘quvchida «yuksak» 
kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga 
tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur 
kompetensiyalarni umumta'limiy nuqtai nazardan o‘zlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy 
o‘rta ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni Davlat ta'lim standarti talablari asosida 
tashkil etiladi va uning bajarilishi yuqorida ko‘rsatilgan barcha muassasalar 
uchun majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy 
o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 martdagi 
140-son qarori, “Umumiy o‘rta
va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori asosida tuzilgan DTSda 
ko‘rsatilishicha umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari umumta'lim fanlari 
bo‘yicha ta'lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, 
o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta'lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat 
bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling