Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet158/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Interfaol metod– o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 
ham o‘qituvchi, ham tahsil oluvchini faollashtirishga yo‘naltirilgan o‘qitish 
usullari majmui. “Modellashtirish”, “Breynshtorming”, “Muzyorar” kabi turli 
interfaol metodlardan bugungi kunda ta'lim jarayonida foydalanilmoqda. 
Modellashtirish metodidan foydalanish mobaynida o‘qituvchi auditoriya 
xususiyatlarini bilishi lozim. Bunda yoshlarning bilim o‘zlashtirish xususiyatlari, 
uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar; ish dinamikasi, darsning tuzilishi, o‘zaro 
hamkorlikka asoslanganligi inobatga olinishi zarur. 
“Breynshtorming” metodi orqali tahsil oluvchilar bilan tezkor aloqa o‘rnatish, 
ular fikrini mustaqil ravishda izhor etishlariga imkoniyat yaratish, ularga dinamik 
ta'sir ko‘rsatish mumkin. “Breynshtorming” uch bosqich: motivatsiya, idrok, 
refleksiya (mushohada yuritish) dan iborat bo‘lganligi bois, har birida ham 
bahsga kirishuvchilar muloqat madaniyatini namoyish eta olishi lozim bo‘ladi
30

Demak, pedagogik muloqotda tahsil oluvchilar tashabbusi qullab- quvvatlanadi, 
dialog muloqotga zamin yaratiladi, yoshlarning o‘z fikrlarini real sharoitga 
moslay olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Tabiiyki, bunda o‘qituvchi pedagogik 
muloqotni tashkil qiluvchi, tashabbuskor va yetakchi shaxs sifatida maydonga 
chiqadi. 
“Breynshtorming” metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilarning 
barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta'lim oluvchilarda muloqot 
qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilar o‘z 
fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy 
va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi 
ta'lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta'lim 
oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda ta'lim jarayonida noan'anaviy metodlar -“Chalkashtirilgan 
mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi”, “Erkin yozish”,“Besh minutlik esse”, 
“Tushunchalar asosida matn tuzish” kabi metodlardan keng foydalanilmoqda. 
1
Қаранг: Педагогик технологиялар. Абдуллаева Ш.А., Ахатова Д.А.- Тошкент, 2003.- 56 –бет. 


250 
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR: 
1.  «Texnologiya» so’zining lug’aviy ma’nosi nimani anglatadi?
*А)“texne” –“san’at”, “mahorat” va “logos” -“ta’limot” 
Б) )“texne”-“техnika”, “logos” - “o’qish” 
С) )“texne”-“ техnika”, “logos” - “ta’lim” 
Д) “texne”-“ техnika”, “logos” - “ma’lumot” 
2. Innovatsion faoliyat bu— …. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling