Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet157/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

masofaviy o‘qitish ta'lim tizimi 
ishtirokchilarining 
innovatsion 
pedagogik 
faoliyatini 
tashkil 
qilishga 
mo‘ljallangan. Aynan: 
-doimiy va muntazam ravishda o‘z malakalarini oshirib borish, bilim, 
ko‘nikma va malakalarini doimiy yangilab borish; 
-mamlakatimizning va xattoki yer kurrasining qaysi burchagida bo‘lishi va 
qaysi vaqt oralig‘ida topshiriq berish va ularni bajarishdan qat'iy nazar, tahsil 
oluvchi va o‘qituvchi o‘rtasida interfaol aloqa o‘rnatishga imkoniyat mavjudligi, 
ta'lim mazmunining xalqaro talablarga monand bo‘lishi, milliy va umumbashariy 
qadriyatlar uyg‘unligi asosida tashkil qilish; 
-o‘qitish jarayonida erkin muloqot qilish talablarini bajarish, o‘quvchining
vizual, eshitish, so‘zlashish, fikr almashish kabi layoqat va malakalarining teng 
ravishda shaklantirilishi zarurligini inobatga olish va buning uchun zarur bo‘lgan 
shart-sharoitlar yaratish; 
-o‘qitish jarayonida insoniylik (gumanizm) talablariga rioya etish, ta'limning 
uzviyligi, uzluksizligi, bosqichma-bosqichliligi, demokratlashuvi va xalqchilligini 
ta'minlash; 
-davlatlararo xalqaro va mintaqaviy hamkorlik o‘sayotganligini inobatga 
olgan holda istiqbol kadrlarning milliy manfaatlar asosida shunday xalqaro 
muloqotga tayyorligini ta'minlash; 


248 
-ta'lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishda pedagogik motivatsiya, 
realizatsiya va refleksiya talablariga to‘liq rioya etishga qaratilgan.
masofaviy ta'limda internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik 
tola, sun'iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan 
telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, 
ya'ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur aess, Dial-ur) ko‘rinishida amalga 
oshiriladi. 
Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem 
qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga 
ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham 
foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon 
liniyasi band qilinadi, seans tugagandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va 
unda boshqa foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Internetga ulanishni amalga 
oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
ulanishga imkon beradi. 
Telefon liniyasi orqali «Chaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘lanish Internet 
xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga oshiriladi. 
Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida 
Internetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.Internet tarmog‘iga nafaqat kabel yoki 
telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari 
yordamida simsiz ulanish ham mumkin. 
Interaktiv so‘zi inglizcha “inter” – “birgalikdagi” va “akt” – 
“harakatlanish” so‘zlaridan olingan. Interaktivlik birgalikda harakatlanish yoki 
suhbat, dialog rejimida nimadir (masalan, kompyuter) yoki kimdir (o‘qituvchi) 
bilan bo‘lish demakdir. Bundan kelib chiqadiki, interaktiv ta'lim – avvalo dialogli 
ta'lim bo‘lib uning davomida o‘qituvchi va tinglovchi, tinglovchi va kompyuter 
o‘zaro hamkorligi amalga oshiriladi. 
Interfaol ta'limning asosini interfaol metodlar asosida darsni olib borish tashkil 
etadi. 


249 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling