Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet165/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish. Sifatning yalpi boshqaruvini 
joriy etish uchun rahbar quyidagilarni amalga oshirishi lozim: sifat menejmentini 
1
1
Юлдашев М.А.
 
Таълим сифати менежментига
инновацион ёндашувлар.-Тошкент: Молия,2017.- 122 -бет. 


273 
joriy etish, raqobat sharoitida ta'lim muassasasining maqsadi, umumiy mafkurasi, 
rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqish to‘g‘risida strategik qaror qabul qilishi; 
tashkilot maqsadlari tarkibiga sifatni ta'minlashni kiritish, uni ham ma'naviy, ham 
moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; tashkilot oliy boshqaruvi tarkibidan sifat 
uchun mas'ul vakilni tayinlash; jarayonlarni boshqarishning statistik usullari va 
sifat menejmenti sohalari bo‘yicha xodimlarni (shu jumladan, yuqori pog‘ona 
rahbarlar tarkibidan) tayyorlash; xodimlar bilan teskari aloqani tashkil qilish 
(ichki iste'molchilarning fikrlari va talablarini inobatga olish); ichki audit va 
tashkilotdagi kamchiliklar tahlilini muntazam o‘tkazib turish. 
Djuran va Deminglar ta'kidlashicha, sifat uchun mas'uliyatning salmoqli 
qismi (muammolarning 96 foizi) menejment tizimi va uning yaratuvchilari
qolganlari (muammolarning 4 foizi) bajaruvchilar zimmasiga yuklatiladi. 
TQM konsepsiyasida sifatni boshqarishga doir avvalgi konsepsiyalarga xos 
bo‘lgan barcha ijobiy jihatlar o‘z aksini topgan. U ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohasida ko‘pgina zamonaviy menejment tizimlarining asosini tashkil 
qiladi. TQMning ko‘pgina yondashuvlari ISO oilasiga kiruvchi xalqaro sifat 
standartlarining zamonaviy avlodi g‘oyalari tarkibiga kiritilgan. 
Standartlarning ahamiyati shundaki, ular korxona menejmentiga tizimli va 
jarayonli yondashuvni joriy etish, menejmentning e'tiborini iste'molchilarga va 
ularning manfaatlarini hisobga olishga qaratadi. Xalqaro standartlashtirish 
tashkilotining (ISO) 9000 raqamli standartlari sifat tizimlarini loyihalashtirish va 
qo‘llashning yagona, butun dunyoda tan olingan yondashuvini joriy qildi.
ISO 9000 standartlari turli soha tashkilotlari uchun universaldir. Ular ishlab 
chiqarish, aloqa, xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta'lim kabi faoliyat sohalarida faol 
qo‘llanilmoqda va dunyoda eng mashhur standartlar sifatida Ginnesning rekordlar 
kitobiga kiritilgan. 
Shunday qilib, ta'lim sifatini boshqarish bir-biri bilan bog‘langan va o‘zaro 
ta'sirda bo‘luvchi elementlardan iborat uzluksiz va yopiq kechadigan jarayondir (-
rasm). 


274 
 
 
- rasm. Sifatni boshqarish uchburchagi (sifat boshqaruvi modeli). 
Ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimini yaratishdan maqsad 
iste'molchilar talablariga mos keluvchi sifatli ta'lim xizmatlarini taqdim etish 
uchun zarur sharoitlarni ta'minlashdir. 
Bundan tashqari zamonaviy ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish 
tizimi quyidagilar uchun zarur: 

davlat ta'lim standartlari talablariga erishishda ta'lim jarayonlari 
samaradorligini oshirish; 

muassasada ijodiy va ishchan muhitni rivojlantirish, xodimlarning 
kasbiy faolligini oshirish; 

muassasada boshqaruv tizimini yaxshilash; 

ta'lim jarayonining moliyaviy, moddiy va kadrlar ta'minotini 
optimallashtirish; 

muassasaning raqobatbardoshligini oshirish; 

ta'lim faoliyati uchun zamonaviy xavfsiz sharoitlarni yaratish; 

boshqaruvda jamoatchilikning keng ishtirokini ta'minlash. 
Ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimining vazifalari 
quyidagilar: 

ta'lim jarayoni sub'ektlari o‘rtasidagi ijtimoiy shartnoma sifatida 
davlat standartlarining bajarilishini ta'minlash; 

ta'lim sifatining asosiy mezon ko‘rsatkichlarini belgilash; 

ta'lim sifati to‘g‘risida tahliliy hisobot va ma'ruzalar tayyorlash; 
Лойиҳалаштириш ва 
режалаштириш 
Сифатни бошқариш 
Жараёнлар 
мониторинги ва 
коррекция 


275 

ta'lim sifatini ta'minlash va doimiy yaxshilash uchun innovatsion 
jarayonlarni rag‘batlantirish; 

muassasasining rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash, pedagog 
xodimlar malakasini oshirish. 
Tadqiqotlar natijalariga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim muassasasida 
ta'lim sifati menejmenti, bu – ta'lim sifatini loyihalashtirish, ya'ni ta'lim 
maqsadlarini va ularga erishish yo‘llarini belgilash; ta'lim jarayonini tashkil etish 
va ishtirokchilarning sifatli mehnatga qiziqishini uyg‘otish; maqsadlardan 
chetlanishlarni aniqlash va rivojlanishdagi o‘zgarishlarni kuzatish (monitoring) 
tizimi; natijalarni boshqarish va tahlil qilish jarayonlaridir. 
Shunday qilib, ta'lim sifati menejmenti, bu – har qanday tasodifiy
oldingisidan ko‘ra yaxshiroq, o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan maqsadlarga emas, 
balki ta'limning oldindan bashoratlangan natijalariga, ya'ni muayyan ta'lim 
oluvchining eng yuqori imkoniyatlarga erishishi uchun tashkil qilingan va 
yo‘naltirilgan alohida boshqaruv bo‘lib, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish 
uchun boshqaruvning barcha funksiyalarini amalga oshirish, ham tor, ham keng 
ma'noda kafolatlangan natijaga erishishdir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling